319
10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KO‘RGAZMALI QUROLLAR VA MULTIMEDIALI
ILOVALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Abdullayeva Mohira Madiyarovna
Xorazm viloyat Gurlan tuman 8-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+998 942335377
Mohira.abdullayeva@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda darslarda ko‘rgazmalilik tamoyili asosida
sifat va samaraga erishish, yangi ped-texnologiyalardan foydalanish, multimediali ilovalar asosida
dars jarayonini olib borishda erishiladigan natijalar o‘z aksini topgan.
Kalit so‘zlar: ko‘rgazmalilik tamoyili, ko‘rgazmali
qurollar, multimediali ilova, mavzuni
o‘zlashtirish, samarali metod.
Har bir kasb egasining o‘z ish quroli bo‘ladi. Tikuvchiga igna –ip, mato va qaychi qanchalik
zarur bo‘lsa, duradgor-ustaga arra-yu randa, taxta-yu mix shunchalik
zarur. O‘qituvchining
ham bu borada o‘z “hamrohlari” bor. Bular metodik qo‘llanmalar, multimediali dasturlar va
albatta, ko‘rgazmali qurollardir.
Ko‘rgazmalilik - ta’limda onglilikni ta’minlash vositasidir. K.D.Ushinskiy “Ko‘rgazmali
o‘qitish haqida” nomli maqolasida “ko‘rgazmali o‘qitishning o‘zi nima?” degan savolga shunday
javob beradi: “Ko‘rgazmalilik bu shunday o‘qituvki, u mavhum tasavvur va so‘zlarga emas, balki
bolalar bevosita idrok qilgan yaxlit obrazlarga asoslanadi, bu obrazlarni
bolalar muallimning
rahbarligi ostida o‘qish jarayonining o‘zida bilib olishganmi, yoxud ilgari mustaqil kuzatish
natijasida bilib olishganmi, baribir. Xullas, murabbiy bolaning qalbidan tayyor obrazlar topib,
o‘z ta’limini ana shu obrazlar bilan asoslaydi.”
Bola ko‘rish, qo‘l bilan ushlash, eshtish va his qilish orqali materialni o‘ziga
qabul qilar
ekan, bu esa o‘qituvchining oddiy tushuntirishlaridan ko‘proq samara bera oladi. Hozirgi kunda
o‘qituvchilarning darslarda foydalanishi uchun yaratilgan multimediali ilovalar ham mavjud
bo‘lib, bu ilovalarning rang-barangligi, musiqiyligi, o‘yinli texnologiyalarning mavjudligi darsni
“jonli” tashkil qilishga qo‘l kelmoqda. Multimediali ilova bu o‘qituvchilarning ishlarini bir
tomonlama yengillashtirgan bo‘lsa, yana bir tomondan ularga katta mas’uliyat yuklaydi. Sababi,
multimediali ilova darslarni to‘liq qamrab olmagan bo‘lib, qolgan darslarda o‘qituvchi o‘zi ijod
qilishi, kompyuter dasturlarida ishlab yangiliklar yaratishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘qituvchini
yanada izlanishga va o‘z ustida ishlashga undaydi. Multimediali ilovalardagi tushuntirishlar,
videolavhalar, qo‘shiq va she’rlar o‘quvchi ongida ko‘p vaqt saqlanib, xotirasidan chiqmaydigan
darajada yodda qolishiga imkon bermoqda. Ularda o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirib,
bolalarni turli ma’lumotlar bilan ishlashga, asosiy matematik amallarni puxta
bilishga, mantiqiy
va ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishda asqotadi. Bir vaqtning o‘zida ham ko‘rib, ham eshtib
o‘rganishlariga, kompyuter savodxonligining shakllanishiga ko‘maklashmoqda. Masalan, 1-sinf
matematika fani uchun mo‘ljallangan multimediali ilovada raqamlarni o‘rganish davomida
ularning yozilishidan tortib, raqamlarning nimalarga o‘xshatilishi va qaysi sonlar yig‘indisi
orqali ifodalanishi-yu, hatto raqamlarga bag‘ishlangan she’rlar ham mavjud bo‘lib bu o‘quvchi
mavzuni yanayam chuqurroq tushunishiga yordam beradi.
Bundan tashqari darslar davomida qo‘l mehnati bilan yasalgan ko‘rgazmali vositalarning
ham ahamiyati juda katta. Faqat multimediali
ilovalarga suyanib qolmasdan, qo‘l mehnati
bilan yasalgan ko‘rgazmali vositalardan ham foydalanib turish zarur. Bu esa darsda o‘qish
samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. To‘gri va samarali tashkil etilgan darslar
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. O‘quvchilarning o‘rgangan bilimlari
uzoq vaqt xotirasida saqlanib qolishida esa ko‘rgazmali qurollarning ahamiyati katta. Nafis did
bilan yasalgan ko‘rgazmali qurol o‘quvchilarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir
qatorda ularni beixtiyor o‘z faolligini namoyon etishga undaydi. Shu sababdan,
darslarda,
asosan qo‘l mehnati bilan yasalgan ko‘rgazmali qurollardan ham foydalanish maqsadga muofiq.
Ta’limda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, o‘quvchining tafakkur darajasiga ko‘ra
belgilanadi. Kichik maktab yoshidagi (7-11 yosh) bolalarda yaxlit fikrlash ustun bo‘lib, ular
rasm, jadvallar asosida narsa-voqealarning mohiyatini chuqurroq anglaydi. Kichik maktab
yoshidagi bolalarda aniq-obrazli, harakatchan-obrazli, fikrlash shakllarini
taraqqiy etganligi
320
10
ta’limda ko‘rgazmali qurollardan ko‘proq foydalanishni taqozo etadi. Bolaning yoshi ulg‘ayib,
ijtimoiy tajribasi osha brogan sari, unda tafakkurning abstraksiyalash, umumlashtirish, ajratish
kabi sifatlari rivojlanadi, bola induktiv va deduktiv xulosalar chiqarishni o‘rganib oladi.
Ko‘rgazmalilik qoidasiga ko‘ra narsa, hodisalarni o‘rganish,
ularni kuzatish, sezishdan
boshlanadi. Kuzatish, sezish, ongda ma’lumotlarni to‘plash, narsa-hodisalar to‘g‘risidagi hissiy
yaxlit tasavvurlarni shakllantirishga olib keladi. Bundan tashqari ta’lim manbalari – ko‘rgazmali
qurol, darslik va o‘qituvchi nutqi uyg‘unlashuvini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur.
O‘qituvchilar darslar davomida turli usul va metodlar tanlab, turli media va ko‘rgazmalardan
foydalanib dars o‘tar ekan, ularning eng asosiy pirovard maqsadi bir ekanligini yana bir bor
chuqur anglaymiz. Maqsad barkamol avlodni voyaga yetkazishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.Ataeva,F.Rasulov,S.Hasanov “ Umumiy pedagogika” Toshkent-2011,
2. O‘.M. Asqarova, M.
Xayitbayev, M.S.Nishonov “Pedagogika” “Talqin”-2008; 64-bet
3. B.Otajonova “ O‘qituvchining kundalik hamrohi” // Boshlang‘ich ta’lim jurnal 12-son
2017-yil