10
Hikoyani izohli o‘qish darsini quyidagicha reja asosida olib borish mumkin:
1. Hikoyani o‘qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga xarakteristika berish
va boshqa.).
2. Hikoyani o‘qish (bunda to‘liq va ma’no jihatdan tugal qismni o‘qituvchi yoki oldindan tayyor-
langan o‘quvchi ifodali o‘qishi mumkin)
3. Lug‘at ustida ishlash.
4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar va voqealar o‘rtasidagi
munosabatlar, badiiy vositalar yuzasidan qisqacha suhbat).
5. Hikoyani qayta o‘qish (qismlarga bo‘lib, rollarga bo‘lib o‘quvchilarga o‘qitish).
6. Hikoyaning har bir bo‘limi (qismi) yuzasidan suhbat uyushtirish, hikoya rejasini tuzish.
7.Hikoyani ifodali o‘qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki uyda).
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karima Qosimova|, Safo Matchonov,Xolida G ‘ulomova, Sharofat Yo‘ldosheva,Sharoljon
Sariyev “Ona tili o‘qitish metodikasi” Toshkent«NOSIR» nashriyoti2009
2. Sulton Adabiyot nazariyasi. - Toshkent: „ o‘qituvchi”, 1980. 245-bet.
3, www.ziyouz.com kutubxonasi
316
10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUV XUSUSIYATLARI
Abdullayeva Dilnoza Namangan viloyati Pop tumani
1-umumtalim maktabi boshlangich sinf oqituvchisi
Annotatsiya:Ushbu maqolada motivlar asosida o‘quvchilarda o‘quv mustaqilligining
shakllanishi hamda uning rivojlantiruvchi ta’lim shartlariga bog‘liqligi yoritib berilgan.
Shunindek, muallif kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi xususiyatlarini,
ichki yoki tashqi motivatsiyaning ustunligini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tgan.
Kalit so‘zlar: Ijtimoiy motiv, faoliyat maqsadi, o‘quvchi faoliyati, o‘quv motivatsiyasi.
Kichik maktab yoshi davrida bolada mustaqil ta’lim olish motivlari yuzaga kelib, ular eng
oddiy shaklda bilimlarni olish bilan birgalikda qo‘shimcha manbalarga va turli mavzulardagi
kitoblarni o‘qishga qiziqishi bilan yuzaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelgan bolaning
differensial bo‘lmagan, umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurligi sabablarini
anglashda, «o‘zi uchun» o‘qish mazmunini anglab yetishda ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter
kasb etishiga sababchi bo‘ladi.
Pedagog tomonidan beriladigan bilimlarni emas, balki o‘quvchining o‘zi tomonidan
mustaqil izlaydigan va egallaydigan bilimlarni taqdim etish. Turli aqliy harakatlarni talab etuvchi
topshiriqlar o‘quvchilar bilimlarining rivojlanishiga olib keladi. O‘quvchi murakkabtopshiriqni
o‘zi mustaqil rejalashtirib bajarishi yoki pedagogning ko‘rsatmasiga ko‘ra bajarishi mumkin,
bunda asosan, o‘quvchidan mavzuni diqqat bilan eshitishni va uni aniq bajarishni talab etadi.
Lekin murakkab topshiriqlarni mustaqil bajarish, undan mustaqil harakat qilishni, topshiriqni
bajarishni yo‘llari va uslublarini mustaqil topishni talab etadi.
Har qanday sharoitda baho o‘quvchini kelgusidagi murakkab va qiziqarli faoliyatga undovchi
stimulyator vazifasini o‘tashi lozim. Ko‘rsatib o‘tilganlar kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarning
motivatsion sohasi o‘zgarib, ularni, «o‘quvchi mavqei»ni egallashiga, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim
maskaniga borishga bo‘lgan intilishi, qondirilganidan so‘ng, yangi munosabatlarning — o‘quv
motivlari va bir qancha murakkab shaklda bo‘lgan ijtimoiy motivlarning yuzaga kelishidan
dalolat beradi. Kichik maktab davrining oxirlariga kelib o‘quvchilarda o‘quv bilish motivlari,
ya’ni faqat yangi bilimlarni va umumiy qonuniyatlarni emas, balki yangi bilimlarni topishning
aynan biror bir yo‘llarini egallashga qiziqish shakllantirilgan bo‘lishi lozim.
Foydalanilgan adabiyot:
1. Маркова А.К. Формирование мотивации учения в школьном возрасте: Пособие для
учителя. — М.: Просвещение, 1983. — С. 96
2. Матюхина М.В. Мотивация учения младших школьников. — М.: Педагогика, 1984. —
С.144.3. Щукина Г.И. Познавательный интерес в учебной деятельности школьника. — М.:
«Знание», 1972. — С.
3. Овчарова Р.В. Практическая психология в начальной школе. — М.: ТЦ Сфера,1998. —
С. 240.
317
Do'stlaringiz bilan baham: |