Make sure that students know what your rules mean Just because you’ve stated them, shared
them, and posted them, doesn’t mean students know what they mean.
Be prepared Even if you aren’t required to submit lesson plans, it doesn’t mean you shouldn’t
do them. There’s a lot to manage throughout the day, and not knowing what you are supposed
to be teaching can easily destroy a good day. Develop plans that work for your teaching style,
accommodate all learners, go along with curriculum standards, and pique the curiosity of your
students.
A well-planned day can make the difference between tired and flat-out exhausted. Start
Managing Your Classroom Today.
References:
1. Loan words, Modern Language Journal, 65
2. Banta F.G. The use of English cognates and common
3. Palmberg, R. On lexical inferencing and the young foreign language learner
324
10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILARGA INSHO VA BAYON YOZISHNI
O‘RGATISH
Adilova Elyanora Zaytboyeva
30-son maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Qoraqalmog‘iston Respublikasi
+99899 384 83 35
Annotatsiya: Maqola boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida inshi va bayon yozishni o‘rgatish
metodikasi va texnikasi haqida bo‘lib, ko‘rsatilgan mavzuga asosan orgatishning uslublari va
yangicha usullari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: Insho, bayon, diktant, dars jarayoni, ta’lim.
Ona tili-nutq o‘qish va yozish sohasidagi ko‘nikma va malakalar o‘quvchilar o‘quv
mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o‘qish ko‘nikmalarini egallash bilan,
birinchi navbatda o‘z ona tilisini o‘rganishi zarur. Chunki ona tili bilimdonlik, aql-idrokning
kalitidir. Ona tili boshqa fanlarning vositasi hamdir, jamiyat tarixiham, tabiiy fanlar ham, ona
tili fani orqali o‘rganiladi, demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va
mehnatga havasini uyg‘otishda ham alohida rol o‘ynaydi.
Bolalarning nutq madaniyati ustida ishlash ularning og‘zaki va yozma nutqidagi kamchiliklarni
o‘z vaqtida aniqlash va to‘la savodxonlik uchun kurashning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Shuning uchun ham davlat ta’lim standartlari talabiga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda yozma
ishning bayon turidan foydalanish, o‘quvchilarning fikrini keng ko‘lamda ifoda etish qobiliyatini
o‘stirishda kata yordam beradi.
Insho o‘quvchining shaxsiy nutqiy va lingvistik malakasini shakllantirish va rivoj lantirishga
xizmat qiladi. Bu ikki yo‘nalishdagi ish nutqiy faoliyatni takomillashtirish hamda nutqiy
ko‘nikmalarning har birini shakllantirishni o‘zida mujassamlashtirgan ijodiy ishlarning bir ko‘ri-
nishi sanaladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun o‘qituvchi quyidagi vazifalarni bajarishi
kerak:
1. Mavzu bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
2. O‘quvchining yoshiga, dunyoqa rashiga mos mavzular tanlay olish.
3. Mavzuni to‘laqonli yoritish uchun bir emas, bir necha manba (ommaviy axborot vositalari,
badiiy kitoblar, internet va h.k.)ga murojaat qilishni o‘rgatish.
4. Mavzuni bugungi kun bilan bog‘lay olish ko‘nikmasini shakllantirish.
5. Savodxonlik me’yorlariga qat’iy amal qilishni nazorat qilish.
Bayon yozishga o‘rgatishda esa quyidagi uslublardan foydalanishni samarali deyish mukin:
• Matnni ifodali, tasvirli qilib berish va so‘zlatish
• Bayon rejasi ustida ishlash
• Matnda uchragan qiyin so‘zlarning ma’nosini va imlosini tushuntirish
• Matnni qayta o‘qib berish va 3-4 o‘quvchiga raja asosida hikoya qildirish
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, o‘quvchilarda mustaqil fikrlab, mustaqil topshiriqlarni
bajara olish qobiliyatini shakllantirsakkina, oldimizga qo‘yilgan yuksak vazifani uddalay olgan
bo‘lamiz. Zero, bugungi kun o‘quvchisining ijod mahsuli kelajakda yurtimiz ma’naviy olamining
ko‘zgusidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Buxolida SO‘PIYEVA, Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTMOHM kata
o‘qituvchisi
http://marifat.uz/2.https://www.dissercat.com/content/sistema-rabot-po-razvitiyu-
ustnoi-monologicheskoi-rechi-uchashchikhsya-1-klassa-na-urokakh-a
2. Karima Qosim ova|, Safo M atchonov, X olida G ‘ulom ova, Sharofat Y o‘ldosheva,
Sharoljon Sariyev ONA TILI 0‘QITISH METODIKASI BoshIang‘ich ta’lim fa k u lte ti ta la
b a la r i u c h u n d a r slik О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta m axsus ta ’lim vazirligi
tasdiqlagan
325
Do'stlaringiz bilan baham: |