Ogohlantirish xati Hurmatli ota-ona!
Namangan shaxar 27-sonli umumta’lim maktabi shuni ma’lum qiladiki, ayni vaqtda pandemiya munosabati bilan barcha maktablar gibrid usulda faoliyat olib bormoqda. Ya’ni faqat ma’lum bir hudud, maktab holatidan kelib chiqib, o‘quvchilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olishi davom ettirilyapti. Lekin, bu ta’lim olishdan bo‘yin tovlash kerak degani emas.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 51-moddasiga muvofiq voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolalarining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim olishini ta’minlashi, bolalarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini ta’minlash va o‘zlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari shart.
Farzandingiz ___ sinf o‘quvchisi _____________________________________bir necha bor ogoxlantirishga qaramasdan an’anaviy va onlayn darslarda ishtirok etmasdan kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunining 30 moddasiga asosan farzandingizni muntazam ravishda o‘quvchi libosida maktabga kelishini ta’minlashingizni so‘raymiz. “Ma’muriy javobgarik to‘g‘risida” gi qonunning 47 moddasida farzandning majburiy ta’lim olishi javobgarligi ota-ona zammasida ekanligi va farzandning sababsiz maktabga kelmasligi ota-onaga eng kam ish xaqqining 5 borobaridan 10 barobarigacha jarima solinishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.
Aks xolda xuquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz.
Eslatib o‘tamiz:
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi 137500 so‘mdan 2750000 so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 1100000 so‘mdan 1 mln 375 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish 1 mln 375 ming so‘mdan 2 mln 750 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 2 mln 750 ming so‘mdan 5 mln 500 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. Maktab direktori: D.Sultanova