Mashinalarni traktorga ulash usullari va qurilmalari, ularni tuzilishi va ishlashi


Tirmalashga qo’yiladigan agrotexnik talablar



Download 108,5 Kb.
bet36/46
Sana23.07.2022
Hajmi108,5 Kb.
#844446
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
Bog'liq
Mashinalarni traktorga

Tirmalashga qo’yiladigan agrotexnik talablar: ishlov berish chuqurligi, 6-10 sm gacha; yumshatilgan qatlamdagi tuproqning uvalanish sifati: o‘lchami 25 mm dan kichik fraksiyalar miqdori, kamida 80%; o‘lchami 50 mm dan katta fraksiyalar miqdori,ko‘pi bilan5%; unib chiqayotgan begona o‘tlarning yo‘qotilish darajasi, kamida 95%; tishlar qoldirgan izlarning chuqurligi, ko‘pi bilan 5 sm tashkil etishi kerak.
Tirmalarni ishga tayyorlash. Tuproq ortiqcha zichlanmasligi hamda ish unumdorligi yuqori bo‘lishi uchun tirmalash agregatlari zanjirli traktorlar va keng qamrovli tirkamalar asosida tuziladi.
Ish jarayonida tirmalarning hamma tishlari tuproqqa bir xil chuqurlikda botishi, har bir tish mustaqil iz qoldirishi va ular orasidagi masofa bir xil bo‘lishi kerak.
Sho‘ri yuvilgan va yaxob suvi berilgan maydonlarda oldin dalaning yetilgan qismlari oralatib, so‘ngra esa butun dala tirmalanadi. Shunda tuproqning mayin bo‘lishi va butun dalani birday yetilishi ta’minlanadi. Agar dastlabki tirmalashdan keyin yoqqan yomg‘irlar qalin qatqaloq bo‘lishiga olib kelsa, mazkur tadbir takrorlanadi.
Qaytish joylarida va daladan chiqib ketilayotganda agregat to‘xtatilib, yig‘ilib qolgan o‘simlik qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalanishi hamda ular dala chetiga chiqarib tashlanishi darkor.

62.TUPROQQA YOPPASIGA ISHLOV BERISH MASHINALARI,(KULTIVATORLAR) VA ULARNI ISH.TAYY.
Tuproqqa yoppasiga ishlov berish- tuproqning yuqori qatlamini 12-16 sm chuqurlikda yumshatish, begona o‘tlar ildizlarini qirqish va dala yuzasini tekislashdan iborat.
Asosiy agrotexnik talablar: ishlov berish chuqurligi, 12-16 sm; yumshatilgan qatlamdagi tuproqning uvalanish sifati: o‘lchami 50 mm dan kichik fraksiyalar miqdori, kamida 70%; o‘lchami 100 mm dan katta fraksiyalar bo‘lmasligi; begona o‘tlarning yo‘qotilish darajasi, kamida 95%; dala yuzasida hosil bo‘ladigan noteskisliklar balandligi, ko‘pi bilan 5 sm ni tashkil etishi kerak.
Yoppasiga ishlov berish ishlari traktorlarga tirkama va osma holatda ishlatiladigan turli hildagi kultivatorlar (ChKU-4A chizel kultivatori, KSM-5 va KLV-1,7 bog‘-o‘rmon kultivatorlari, KPK-4 kombinatsiyalashgan kultivator) bilan amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligida yerlarni yoppasiga kultivatsiya qilishda asosan paxtachilikda ishlatiladigan ChKU-4A chizel-kultivatorlari (17 -rasm) keng qo‘llaniladi. Uning asosiy qismlariga rama 5, ishchi qismlari 9, 10 va 12, g‘ildiraklar 11, gidrosilindr 4, o‘g‘it solish apparati 6 va tirkagich 1 kiradi.
O‘t bosmagan dalalarga ishlov berishda chizel-kultivator yumshatgich panjalar (18 -rasm), o‘t bosgan dalalarga ishlov berishda esa o‘qyoysimon panjalar (18b-rasm) bilan jihozlanadi. Agarda yerlarga ishlov berish bilan birga o‘g‘itlash ham nazarda tutilgan bo‘lsa, oldingi ikki qatorga yumshatgich panjalar, oxirgi uchinchi qatorga esa o‘g‘it solgichlar bilan jihozlangan o‘qyoysimon panjalar (18 v-rasm) o‘rnatiladi.
Mevali daraxtlar qator orasiga yoppasiga ishlov berishda KLV-1,7 rusumli bog‘-o‘rmon kultivatoridan foydalaniladi (19 -rasm). Uning ramasi 1 ga uning hamma qismlari o‘rnatilgan bo‘lib,rama ikkita tayanch g‘ildiraklarga 8 tayanib turadi. Ramaga bikr holatda begona o‘t ildizlarini kesadigan, tuproqni qisman yumshatadigan tig‘lari deyarli yotiq bo‘lgan o‘q-yoysimon tishlar 7 ikki qatorlab o‘rnatilgan. Ramaning ikki chetiga tuproqni deyarli yumshatmaydigan, ammo begona o‘t ildizlarini yotiq tig‘lari bilan to‘liq kesib ketadigan o‘toqlovchi tishlar 9 qo‘yilgan. Ramaga nisbatan tishlarni ko‘tarib-tushirib, ishlov berish chuqurligini o‘zgartiradigan mexanizm vintlari 2 mavjud. Rama orqasiga tuproqni yumshatib ketadigan prujinasimon tirma ramasi 4 joylashtirilgan. O‘toqlovchi tishlarning 9 holatini o‘zgartiradigan mexanizm 5 yordamida ularning ishlov berish chuqurligi hamda kengligi sozlanadi.Agar bir qatordagi ko‘chatlar oralig‘i keng bo‘lsa, kultivatorni ikkinchi marta ham yuritib, u yerdagi begona o‘tlar yo‘qotiladi. Kultivatorga o‘g‘itlash apparatini 10 o‘rnatib, mevazorga mineral o‘g‘itlar solish mumkin.

Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish