70. Kartoshkani dastlabki tozalash va saralash mashinalari va ularni ishjarayonlari
Kombaynlar yordamidaterib olingan kartoshka tarkibida 20% gacha chiqindilar, shundan 15% kesaklardan iborat bo‘ladi.Shuning uchun kartoshka tuganaklarini turli hil chiqindilardan tozalash, kesak, tosh va zahalangan tuganaklardan ajratish ishlari bajariladi. Kartoshkani chiqindilardan tozalashda mexanik, gidravlik, elektrik, elektromagnit, aerodinamik,ishqalanish kuchidan foydalanish usullardan foydalaniladi:Mexanik usulda ishlov berish mashinalari ishchi qismlarining turiga qarab kuyidagicha:aylanadigan valikli (rolikli); transporterli (tasmali, to‘rli); tekis g‘alvirli; silindrsimon g‘alvirli (barabanli); aralashgan turlarga bo‘linadi.
Agrotexnik talablar: o‘rnatilgan to‘plamlardagi tuganaklar massasini o‘zgarish chegarasi har bir to‘plamda boshqa to‘plamga kiradigan o‘lchamdagi tuganaklar miqdori 10% kam, zahalangan tuganaklar miqdori 1% oshmasligi kerak. Fermer xo‘jalik lari sharoitida kartoshka tugunaklarini tozalash va saralashda asosan mexanik usulda ishlaydigan KSE-15B rusumli rolikli tozalagich-saralagichlardan (32 -rasm) foydalaniladi. Ularni tozalash-saralash yuzasi rezinasimon turli shakldagi roliklardan iborat bo‘lib, birlamchi roliklar 3 orasining kengligi 35 mm.gacha, A kenglikdagi ikkilamchi roliklar 4 orasi 45 mm.gacha va B kenglikdagi uchlamchi roliklar 5 orasiesa 55 mm.gacha qilib o‘rnatiladi.Saralagichning ishlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi.Kartoshka tugunaklari bunkerga 1 solinadi va transporter 2 orqali saralovchi 3 roliklar ustiga kelib tushadi. Bunda tugunaklar roliklar 3 bilankeyingi roliklarga 4 o‘tkaziladi, mayda chiqindilar roliklar 3 orasidan o‘tib maxsus transporterga to‘kiladi. So‘ngra roliklar 4 ularni keyingi roliklar 5 ga o‘tkazadi. Bunda roliklar 4 orasidan mayda tugunaklar va roliklar 5 orasidan esa o‘rta tugunaklar ajratilib, mos holda tuganak yig‘gichlar 5 orqali transporterlarga 6 tushadi.Katta o‘lchamdagi tugunaklar roliklaryordamida surib chiqariladi va transporter 6 ga uzatiladi. Saralash talablariga mos holda A va B masofadagiroliklar orasining kengligi ularni o‘nga yoki chapga surib rostlanadi.Sifatsiz tuganaklar, kesaklar va toshlar esa qo‘l yordamida terib olinadi va chiqindiga chiqariladi.Gidrodinamik usulda tugunaklarni zichligi bo‘yicha suyuq suspenziyadatosh va kesaklardan ajratish mumkin. Tozalash jarayoni (33 -rasm) quyidagicha amalga oshiriladi. Katta idisn 1 ichiga suspenziya (zichligi) suv zichligidan ortiqroq bo‘lgan, kartoshka cho‘kmaydigan aralashma) quyilgan bo‘lib, uning ichiga transporter 2 tozalanadigan mahsulotni keltirib tashlaydi.
Idishdagi suyuqlik vintsimon 3 moslama yordamida soat mili bo‘yicha doimiy xarakatga keltiriladi, suspenziyaga tushgan mahsulotdagi tugunaklar suyuqlik betiga qalqib chiqadi va toza kartoshka transporterga 4 qarab suzadi.Transporter 4 esa o‘z navbatida tugunaklarni maxsus idishga yetkazitashlaydi. Mahsulotdagi mayda tuproq pastki transporter 6 ustiga cho‘kindi bo‘lib tushadi, keyin chiqarib tashlanadi. Kartoshkadan og‘ir bo‘lgan toshlar suspenziyaga cho‘kayotib, transporter 5 ustiga tushadi va alohida idishga chiqarib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |