Mashinalarni traktorga ulash usullari va qurilmalari, ularni tuzilishi va ishlashi



Download 108,5 Kb.
bet1/46
Sana23.07.2022
Hajmi108,5 Kb.
#844446
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Mashinalarni traktorga



22. Mashinalarni traktorga ulash usullari va qurilmalari, ularni tuzilishi va ishlashi
Ma’lumki mashinalarni traktorga o‘rnatish usuli bo‘yicha agregatlar tirkalma, osma va yarim osma turlarga bo‘linadi
Mashinani traktorga to‘g‘ri ulash katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki noto‘g‘ri ulangan mashinaning bajargan ishi sifatsiz bo‘lib, ish unumi keskin pasayib ketadi.
Masalan, agar plugning bo‘ylama holati bo‘yicha old tarafi ko‘tarilgan bo‘lsa (1.22-rasm), uning oxirgi korpusi tuproqni chuqurroq va oldingi korpuslar bir-biriga nisbatan sayozroq haydaydi yoki teskarisi. Xuddi shunday ko‘ndalang holati bo‘yicha uning o‘ng tarafi past bo‘lsa, birinchi korpus tuproqni chuqurroq, keyingi korpuslar bir-biriga nisbatan sayozroq haydaydi yoki teskarisi1.
Tirkalma mashinalarni traktorga ulash usuli. Bunda traktorning o‘rnatish qurilmasiga (1.23 -rasm) ko‘p teshikli ko‘ndalang to‘sin ko‘rinishidagi shataklagich 2 o‘rnatilgan bo‘ladi.
Bu usulning afzalligi shundaki, dalaning notekisligi sababli traktorda vujudga kelgan tebranishlar tirkalma qishloq xo‘jaligi mashinalariga uzatilmaydi. Natijada ishning sifati yuqori bo‘ladi. Kamchiligi agregatning dala boshi va oxirida orqaga burilishi birmuncha murakkab bo‘lib, salt yurishlar ko‘payadi, bu holat ish unumini pasayishiga olib keladi.
Osma mashinalarni traktorga ulash usullari. Ma’lumki, zamonaviy qishloq xo‘jaligi traktorlari osma mashinalarni agregatlash uchun gidravlik boshqariladigan osish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘ladi. Ushbu qurilmalar uch va ikki nuqtali osish ko‘rinishida ishlatiladi.Bu usullarning afzalligi agregatning yuqori darajada harakatchanligi (manevrchanlik) ni ta’minlashi hamda salt yurishlar kamligi hisobiga, uning ish unumi yuqori bo‘lishi bilan belgilanadi.
23. . Quvvat olish valining turlari, tuzilishi va ishlashi


Traktorning quvvat olish vali traktor bilan agregatlangan ko‘chib yuradigan yoki muqim ishlaydigan qishloq xo‘jalik mashinalarining ishchi qismlariga harakat berish uchun xizmat qiladi.Quvvat olish vali orqali harakatga keltiriladigan mashinalar bajaradigan texnologik jarayonlarning turiga hamda traktorga nisbatan o‘rnatilishiga qarab farq qilganligi tufayli ko‘plab turlarga bo‘linadi.Traktorlar turli ko‘rinishdagi quvvat olish vallari bilan jihozlangan bo‘lib, ular quyidagicha: quvvat olish valini traktorga o‘rnatilgan joyiga qarab: traktorning oldiga (o‘t o‘radigan jatkalar, g‘o‘zani chilpish qurilmasi), yoniga (qator orasiga o‘g‘it soladigan kultivator) va orqa tarafiga (o‘t o‘rgich, o‘g‘it sepgich, purkagich va hokazolar) o‘rnatilgan bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan turi asosan traktorlarning orqasiga o‘rnatilgan turi hisoblanadi.Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan traktorlarning quvvat olish vallarining aylanishlar sonini o‘zgarishiga qarab asosan: doimiy yoki o‘zgaruvchan aylanishli turlarga bo‘linadi.Quvvat olish valining doimiy aylanadigan turida harakat bevosita traktor dvigatelidan olinadi. Shuning uchun ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi mashinalariga (paxta terish mashinasi, paxta tozalash mashinasi, o‘t o‘rish mashinasi, suv nasosi va hokazolar) doimiy aylanishli harakat talab etiladi. Traktorlarga standart holatda 540 yoki 1000 ayl/min aylanishga ega bo‘lgan quvvat olish vallari o‘rnatiladi. Bunday quvvat olish vallari deyarli barcha turdagi traktorlarda o‘rnatilgan bo‘lib, ularning harakat yo‘nalishi hamma vaqt soat strelkasi harakati yo‘nalishida bo‘ladi. Ammo doimiy aylanishli quvvat olish vali hamma vaqt ham traktorga tirkalgan mashinaning talabini qondira olmasligi mumkin. Ayniqsa kultivator-o‘g‘itlagich, maxsus urug‘ ekish seyalalarining ekish apparatini aylanishlar soni traktorning harakat tezligiga mos holda o‘zgarishi talab etiladi. Bu holda quvvat olish vali harakatni traktorning g‘ildiragiga harakat beradigan valdan oladi.Quvvat olish valining harakati traktorning harakatiga bog‘liq bo‘lishiga qarab: bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan turlarga bo‘linadi.Agar quvvat olish vali harakatni traktor transmissiyadan olsa (1.25a -rasm), uning harakati traktor harakatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni traktor to‘xtasa, quvvat olish valining harakati ham to‘xtaydi. Bunday harakat berish turi kultivator-o‘g‘itlagich, ma’danli va mahalliy o‘g‘it sepgichlar kabi qishloq xo‘jaligi mashinalarida qo‘llaniladi.Bunda harakat berish quyidagicha amalga oshiriladi: harakat dvigatel tishlashish muftasining 5 yetaklanuvchi diskasi validan shesternalar 3 orqali tishli mufta 2 qo‘shilganda traktorning quvvat olish vali 4 ga uzatiladi. Agar dvigatelning tishlashish muftasi 5 harakatni uzgan taqdirda bir paytning o‘zida quvvat olish vali va traktor g‘ildiragining harakatlanishi (traktorning o‘zi ham) to‘xtaydi.Ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi mashinalariga (paxta terish mashinasi, paxta tozalash mashinasi, o‘t o‘rish mashinasi, suv nasosi va hokazolar) doimiy aylanishli harakat talab etiladi. Buning uchun quvvat olish vali doimiy aylanadigan (1.25b-rasm) harakatni bevosita traktor dvigatelidan oladi.

24. Tuproqqa o‘g‘it solishning o‘ziga xos xususiyatlari


Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning eng muhim vositalaridan biri - uni har tomonlama kimyolashtirish va birinchi navbatda paxta, boshoqli don va boshqa ekinlar hosildorligini tobora o‘sishini ta’minlovchi o‘g‘itlardan foydalanish hisoblanadi.Sug‘oriladigan yerlarda o‘g‘itlardan samarali foydalanish ekinlar hosildorligini 1,5-2,0 barobarga oshirishi mumkin. Bunda o‘g‘it solish muddatlariga rioya qilish, turli o‘g‘itlar (fosforli, azotli va kaliyli) nisbatini to‘g‘ri tanlash, tuproq sharoitlarini hisobga olish va boshqa t Tuproqqa mineral va mahalliy o‘g‘itlar solishda quyidagi texnologiyalarga amal qilinishi ulardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi:
a) sho‘rlanmagan kuchli tuproqlarda fosforli o‘g‘itlarni yillik me’yorining 60-70%, kaliyli o‘g‘itlarning 50% va azotli o‘g‘itlarning 25-35% hamda, mahalliy o‘g‘itlarni barchasi haydashdan oldin solinadi;
b) shag‘alli (toshli) qatlam va sizot suvlar chuqur joylashmagan yerlarga kuzgi shudgordan oldin azotli o‘g‘itlar solish mumkin emas;
v) katta me’yorlarda suv berib, ikki va undan ko‘p marta yuviladigan juda sho‘r yerlarga ma’danli o‘g‘itlar sho‘ri yuvilgandan keyin ekish oldidan sho‘rlanmagan yerlardagi kabi me’yorlarda solinadi, qolgan qismi ekinlarni parvarishlash davrida oziqlantirish uchun berilishi kerak;
d) o‘simliklarni parvarishlash davridagi barcha oziqlantirishlar, ekinlarni sug‘orishlar bilan birga o‘tkazilishi zarur, shunda o‘simliklarni suv-oziq rejimi uchun yaxshi sharoit yaratiladi hamda ulardan samarali foydalanish darajasi yuqori bo‘ladi2.
avsiyalarga amal qilish kerak.O‘g‘itlar faqatgina ekinlar hosildorligini oshiribgina qolmay, balki olingan mahsulotlar sifatini ham yuqori bo‘lishiga imkon beradi. Shuning uchun ularni ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari hamda viloyatlardagi agrotexnika laboratoriyalari mutaxassislarining tavsiyalariga qat’iy amal qilgan holda to‘g‘ri ishlatish zarur.
Chunki me’yordan oshiqcha solingan mineral o‘g‘itlar o‘simliklarni tez o‘sishiga, ya’ni ularni g‘ovlab ketishiga olib keladi, natijada ekinlar hosildorligi pasayib ketishi mumkin.

25. O‘g‘itlarning turlari, tuproqqa solish usullar va agrotexnik talablar


Ekilgan ekinlarni oziqlantirib, hosildorligini oshirish maqsadida yerga turli hil o‘g‘itlar solinadi.
O‘g‘itlar mahalliy, ma’danli va bakterial turlarga bo‘linadi.

Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish