Pluglarni ishga tayyorlash va sozlash. Dalalarni sifatli hamda kam harajat sarflab haydash uchun har bir bir plug tekis maydonchaga o‘rnatilib, ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda uning barcha ish organlarining mavjudligi, lemexlar tig‘larining o‘tkirlanganligi va maydoncha yuziga paralelligini, ularning uchi maydoncha yuzasiga birdek tegib turishi, korpuslarning balandliklari, ular orasidagi masofalar bir hilligi hamda dala taxtalarining harakat yo‘nalishiga paralelligi tekshirib ko‘riladi.
Ikki yarusli pluglarda (PYA-3-35, PD-4-45, PNYA-4+1-45) ularning yuqorigi yarus korpuslari pastki yarus korpuslariga nisbatan 45-55sm oldinga va plug ramasi bo‘ylama bruslarining chap tomoniga joylashtirilishi darkor.
Chimqirqarli pluglarda (PN-4-35,PLN-5-35, LD-100) chimqirqar asosiy korpusdan 20-25 sm oldinda turishi hamda uning haydash chuqurligi 10-12 sm oraliqda bo‘lishi kerak. Yuqoridagi ishlar bajarilgandan keyin haydash chuqurligi sozlanadi. Tirkama pluglarda (PYA-3-35) haydash chuqurligi ularning dala mexanizmi shturvalini aylantirib, o‘rnatma pluglarda esa tayanch g‘ildiragi 6 ni (14-rasm) balandlik bo‘yicha siljitib sozlanadi. Agar o‘rnatma pluglar ramasi bo‘ylama yo‘nalish bo‘yicha oldinga og‘gan bo‘lsa, traktor o‘rnatish qurilmasi markaziy tortqisi 3 (14-rasm) uzaytiriladi, aks holda- qisqartiriladi. Ramaning 4 ko‘ndalang yo‘nalishi bo‘yicha og‘ishi traktorning o‘rnatish qurilmasi pastki tortqilari 1 kashaklarini 2 qisqartirish yoki uzaytirish yo‘li bilan sozlanadi.
Tirkama pluglarda ramaning oldinga og‘ishi uning tortqisini pasaytirgichda pastga tushirib,orqaga og‘ishi esa ko‘tarib to‘g‘rilanadi. Rama ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha o‘ngga og‘sa plug egat g‘ildiragini pastga tushirish, chapga oqqanda esa ko‘tarish kerak bo‘ladi.Plug birinchi korpusining qamrov kengligi boshqa korpuslarga nisbatan ko‘p bo‘lsa, plug traktorga nisbatan chap tomonga, kam bo‘lganda esa o‘ng tomonga suriladi.
Tirmalashga qo’yiladigan agrotexnik talablar: ishlov berish chuqurligi, 6-10 sm gacha; yumshatilgan qatlamdagi tuproqning uvalanish sifati: o‘lchami 25 mm dan kichik fraksiyalar miqdori, kamida 80%; o‘lchami 50 mm dan katta fraksiyalar miqdori,ko‘pi bilan5%; unib chiqayotgan begona o‘tlarning yo‘qotilish darajasi, kamida 95%; tishlar qoldirgan izlarning chuqurligi, ko‘pi bilan 5 sm tashkil etishi kerak.
Tirmalar tuproqning yuza qismini yumshatish, tekislash, qatqaloq va begona o‘tlarni yo‘qotish, kesaklarni maydalash, urug‘ va o‘g‘itlarni ko‘mish uchun qo‘llaniladi. Ular ishchi qismlarining shakliga qarab tishli va diskli turlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |