57.Mineral o‘g‘it solish mashinalari va ularni ishga tayyorlash
Ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida tuproqqa turli hil o‘g‘itlar solinadi. Yerga solingan o‘g‘itlar samarasini oshirish uchun belgilangan muddatlarda – ya’ni kuzgi shudgorlashdan oldin yoppasiga o‘g‘itlar solish - asosiy o‘g‘itlash, bevosita ekishdan oldin o‘g‘it solish –ekish oldidan o‘g‘itlash va o‘simliklar qator orasiga o‘g‘it solish– parvarishlash davrida oziqlantirishusullari qo‘llaniladi.
Qotib qolgan o‘g‘itlar tuproqqa solish oldidan maydalanadi va elanadi.Maydalangan zarralarning o‘lchami 5 mm dan, o‘lchami 1 mm dan kam zarrachalarning miqdori 6% dan oshmasligi kerak.
Agrotexnik talablar: sepilgan o‘g‘itning belgilangan me’yordanfarqi, ko‘pi bilan 5%; agregat harakat yo‘nalishi va qamrash kengligi bo‘yicha o‘g‘it sepilishining notekisligi, ko‘pi bilan 25%; yonma-yon o‘tishlardagi bir-birini qoplash ( agregat ish qarovi bo‘yicha ), ko‘pi bilan5%; mashina ish jarayonida kuzovdagi o‘g‘it miqdorining kamayishi natijasida yuz beradigan o‘g‘it sepish notekisligi, ko‘pi bilan 10% oshmasligi kerak.
NRU-0,5 rusumli o‘g‘it sochgichning umumiy tuzilishi va texnologich ish jarayoni 10 -rasmda ko‘rsatilgan.Uning o‘g‘it sepuvchi diski 1traktorning quvvat olish vali orqali aylanma harakatga keltiriladi.Sepiladigan o‘g‘it miqdori dastak 2 yordamida sepish tirqishi hamda sepish plankasi 7 amplitudasini o‘zgartirish yo‘li bilan sozlanadi.Diskka tushgan o‘g‘it uning kurakchalari va markazdan qochma kuch ta’sirida 10-12 m kenglikda yer betiga sochiladi. Agrotexnik talablarni to‘liq bajarilishi hamda mashinalarning bir maromda ishlashi uchun dalalarda har hil baland-pastliklar uchramasligi, ular o‘simlik qoldiqlaridan tozalangan bo‘lishi hamda chuqur sug‘orish ariqlari va suv yuvib ketgan joylar tekislangan bo‘lishi lozim.
Mashinani ishga tayyorlash. O’g’it sochuvchi mashinalarni ishga tayyorlash jarayoni ularning butligi, uzellarining to’g’ri yig’ilganligi, o’g’it sochuvchi ishchi qismlarini va harakat uzatuvchi qurilmalarining texnik holati ko’rib chiqish, uni traktorning quvvat olish valiga ulash hamda texnologik sozlashlarni bajarishdan iborat.
Yerga solinadigan ma’danli o’g’itlar bir jinsli madda zarrali, lekin kukunga aylanmagan, qumoqlashib qolmagan va sochiluvchan bo’lmog’i lozim. Shunga ko’ra, nam tortib, mushtdek qotib qolgan o’g’itlarni mavjud ish uskunalari yordamida maydalash lozim. O’g’itlarni faqat sepish oldidan maydalash va aralashtirish tavsiya etiladi.
Sochiladigan o’g’it miqdori dastak orqali sochish tirqishi hamda sochish plankasi amplitudasini o’zgartirish yoli bilan sozlanadi. Mashinaning ishchi qismini (disk) yer yuzasiga nisbatan 70-75 sm balandlikda o’rnatilsa, yaxshi natijalarga erishiladi.
58. Mahalliy o‘g‘it sepish mashinalari va
Do'stlaringiz bilan baham: |