Mashinalarni traktorga ulash usullari va qurilmalari, ularni tuzilishi va ishlashi



Download 108,5 Kb.
bet30/46
Sana23.07.2022
Hajmi108,5 Kb.
#844446
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
Bog'liq
Mashinalarni traktorga

O‘t oldirish tizimi – benzinli, gazli dvigatellarda silindr ichidagi ishchi aralashmani elektr uchquni yordamida yoqish uchun xizmat qiladi.
Yurgazib yuborish tizimi – dvigatel ishlamay (turg‘un holatda)turganda, tirsak valni aylantirish hisobiga silindrdagi ishchi siklni boshlanishini ta’minlovchi tizimdir.
Ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. O‘rnatilishiga qarab - ko‘chma va muqim o‘rnatilgan dvigatellar.

  2. Ish sikliga qarab - to‘rt va ikki taktli dvigatellar.

  3. Ishchi aralashmasini hosil qilishga qarab – aralashmani silindrdan tashqarida (benzinli va gazli) va silindr ichida (dizelli) hosil qilish.

  4. Ishchi aralashmani yoqish usuliga qarab – elektr uchquni yordamida (benzinli) va aralashmani yuqori bosimda siqish (dizelli) yordamida.

  5. Qo‘llanadigan yoqilg‘i turiga qarab – benzin, gaz vadizel yoqilg‘isi

  6. Silindrlar soniga qarab- bir, ikki va h. silindrli dvigatellar.

  7. Silindrlarni joylashishiga qarab – vertikal (tik), gorizontal (yotiq)va V-simon o‘rnatilgan

  8. Aralashmani silindrga to‘ldirish usuliga qarab-oddiy (porshen yordamida), qo‘shimcha kuch ostida to‘ldirish (kompressor yordamida)

  9. Sovutish usuliga qarab-suyuqlik va havo yordamida sovutiladigan turlarga bo‘linadi.

54. Traktor transmissiyasining tuzilishi va ishlash
jarayoni.
Traktor transmissiyasining vazifasi dvigatelningtirsakli valida hosil qilingan burovchi momentni traktorni yetakchi g’ildiraklariga (yulduzchalariga) o’zgartirib yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy traktorlarning transmissiyalari quyidagicha tasniflanadi:
A) Uzatish sonini o‘zgartirish usuli bo‘yicha pog‘onali, pog‘onasiz va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi.Pog‘onali transmissiyalar belgilangan uzatish sonlari intervaliga ega bo‘lib, ushbu cheklangan chegarada agregatning ishlashi nisbatan samarador va tejamkor bo‘ladi. Bunday turdagi transmissiyalar asosan mexanik transmissiya bo‘lib, bunda burovchi momentni o‘zgartirish shesternyali reduktorlarda tishli juftliklar orqali xaydovchi tomonidan o‘zgartiriladi.Pog‘onasiz transmissiyalar berilgan uzatish soni intervalida istagan qiymatni olishga imkon beradi, buning natijasida mashina-traktor agregatining (MTA) ishlatish ko‘rsatkichlari hamma vakt tejamkor va yuqori unumli bo‘ladi.Kombinatsiyalangan transmissiyalar cheklangan uzatma intervalida uzatish sonlarini pog‘onasiz o‘zgartirishga imkon beradi.B) Burovchi momentni o‘zgartirish usuli bo‘yicha transmissiyalar mexanik, gidravlik, elektrik va kombinatsiyalashgan bo‘lishi mumkin.Ushbu xususiyat bo‘yicha pog‘onasiz transmissiyalar mexanik (friksion, ponasimon tasmali), gidravlik (gidrodinamik va gidroxajmli),elektromexanik turlarga bo‘linadi.Gʻildirakli va zanjirli traktorlar transmissiyasining umumiy ko‘rinishi 5-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, g‘ildirakli traktorlarda (5a-rasm)uning asosiy qismlariga quyidagilar: ilashish muftasi 2, uzatmalar qutisi 3 hamda bosh uzatma 4, o‘ng va chap oxirgi uzatmalar 5 dan iborat orqa ko‘prik kiradi. Zanjirli traktorlarda (5b-rasm) esailashish muftasi 2, uzatmalar qutisi 3 hamda bosh uzatma 4, burilish mexanizmlari 5 vaoxirgi uzatmalar 6 dan iborat orqa ko‘prikdan tuzilgan. Ilashish muftasi- traktor dvigateli bilan uzatmalar qutisi orasida joylashgan bo‘lib, odatda dvigatel maxovigiga o‘rnatiladi.Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan traktorlarda asosan friksion ilashish muftalari qo‘llaniladi.
Ilashish muftasi quyidagi vazifalarni bajaradi. Mashina traktor agregati ishlayotganda dvigatelning tirsakli valida hosil qilingan burovchi momentni transmissiya valiga ishonchli uzatilishini ta’minlaydi hamda yuklanishlar keskin oshib ketganda transmissiya detallarini shikastlanishdan saqlaydi. Shu bilan birga ehtiyoj bo‘lganda dvigatelning tirsakli valini transmissiya validan ajratish yoki ularni bir-biriga ravon qo‘shishni ta’minlaydi.
Ilashish muftalari asosan quyidagicha tafsiflanadi:
1. Burovchi momentni uzatish usuliga qarab- friksion (ishqalanish kuchi), gidravlik (ishchi suyuqlikni dinamik yoki statik bosimi) va elektromagnit (magnit maydoni kuchi) turlarga bo‘linadi.
2. Ishqalanish yuzalarni shakliga qarab – diskli, konussimon o‘qli va tasmali.
3. Yetaklanuvchi disklar soniga qarab - bir, ikki va ko‘p diskli.
4. Boshqarish mexanizmining konstruksiyasiga qarab – doimiy qo‘shilgan,hamma vakt qo‘shilmagan.
5. Ilashish muftasi detallari orqali uzatilayotgan quvvat kuchi oqimlari soni bo‘yicha - quvvatni bir oqimli, ya’ni dvigateldan kelayotgan barcha quvvat transmissiyaga uzatiladi hamda ikki oqimli – dvigateldan keltirilayotgan quvvatni bir qismi transmissiyaga, qolganqismi esa quvvat olish vali yuritmasiga uzatiladigan turlarga bo‘linadi.
Traktorlarda asosan bir yoki ikki diskli, friksion, doimiy qo‘shilgan, ikki oqimli ilashish muftalari qo‘llaniladi .Uzatmalar qutisi transmissiyaning umumiy uzatmalar sonini o‘zgartirishga imkon beradigan agregat hisoblanib, u odatda traktorlarda tishlashish muftasi va markaziy uzatmalar orasida joylashadi.Uzatmalar qutisining vazifasi uzatmalar sonini o‘zgartirish hisobiga traktorning tezligini o‘zgartirish, oldinga yoki orqa tomonga yurishini ta’minlash hamda uni harakatga keltirish va to‘xtatishdan iborat. Uzatmalar qutisi uzatish sonini o‘zgartirish usuli qarab pog‘onali, pog‘onasiz va kombinatsiyalangan ko‘rinishda bo‘ladi.

Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish