2.3.KULTIVATOR OZIQLANTIRGICHLARNING VAZIFASI, TUZILISHI VA ISHLASHI
KPH-4,2, KOP-4,2 kultivator-o’simlik oziqlantirgichlari asosan KON-2.8 PM kultivatori kabi tuzilgan.
KON-2,8PM kultivatorini ishga tayyorlashda u o’simlik qatorlari va himoya zonasining kengligi chizilgan (10-rasm) tekis maydonchaga o’rnatiladi. Traktorda talab qilingan koleya kengligi o’rnatiladi. So’ngra kultivator traktorga o’rnatiladi va qalinligi tuproqni yumshatish chuqurligiga teng bo’lgan brusga chiqariladi. Traktorning o’rnatma sistemasi markaziy tortqisi va o’ng kashagi uzunligini o’zgartirib kultivator brusiyiyg yuqorigi tokchasi gorizoital vaziyatga keltiriladi. Kultivatorning seksiyalari va ularning ish organlari belgiga muvofiq o’rnatib chiqiladi.
Tayanch va moslanuvchan gildiraklar ostiga qalinligi yumshatish chuqurligiga teng bo’lgai g’ildiraklarni. tuproqqa botishini hisobga olib 20...30 mm kamaytirilgan yog’och bruschalar qo’yiladi. Taranglash gaykasiii aylantirmb seksiyaning yuqorigi zvenosi uzunligini o’zgartirish yo’li bilan gryadillar gorizontal vaziyatga o’rnatiladi. Ish organlari ularning chekka nuqtalari himoya zonasi chegarasidan chetga chiqmaydigan qilib mahkamlanadi. Begona o’tlarni to’la-to’kis qirqish uchun tig’li panjalar va o’q-yoysimon panjalar qator oralarida 30...60 mm chiqarib o’rnatiladi.
Ish organlarini gryadil uzunligi bo’ylab joylashtirishda o’toq qiluvchi panjalar o’simlik qoldiqlarn va tuproqqa erkin kirishi uchun ularning qanotlari orasi kamida 30 mm qilib o’riatiladi. Tuproqqa yaxshi moslanishi uchun okuchnik seksiyaning g’ildiragiga yaqinroq joylashtiriladi.
§2.4.G’O’ZA QATOR ORALARIGA ISHLOV BERISH MASHINALARI
G’o’za qator oralariga ishlov berishda chopiq traktorlariga o’rnatiladigan kultivator-oziqlantirgichdan foydalaniladi. Chigit to’rt qatorli seyalka bilan kengligi 60 sm li kilib ekilgan dalalarda T-28x4M markali (ketingi g’ildiraklar orasi 2400 mm) chopiq traktoriga o’rnatiladigan KRX-4 kultivatori, qator orala-rining kengligi 90 sm bo’lgan dalalarda T-28x4M (ketingi g’ildiraklar orasi 1800 mm) traktoriga o’rnatiladigan KRX-3,6 kultivatori va MTZ-80X traktoriga o’rnatiladigan KRT-4 kultivatori ishlatiladi. Sanoatimiz 1984 yildan boshlab KXU-4 markali universal kultivator-oziqlantirgich ishlab chiqarmoqda. Universal kultivtor g’o’za qatorlari orasiga ishlov berishga mo’ljallangan; uni qanday traktorga o’rnatilganligiga qarab, to’rt qatorli chigit seyalkasi bilan ekilgan 90 sm li qatorlar orasida qam, 60 sm li qatorlar orasida ham ishlatish mumkin. G’o’zalarni parvarish qilishda kultivator-oziqlantirgich quyidagi ishlarni bajaradi: qatorlarning himoya zonasidagi qatqaloqni yumshatadi; qatorlar tuprog’ini yumshatadi; begona o’tlarni yo’kotadi (ildizni kirkadi); g’o’zalar vegetasiya davrida sug’orilgandan keyin qatorlar orasiga ishlov beradi; qator (pushta) larning yon tomonlariga va qatorlar orasidagi egatchaning o’rtasiga mineral o’g’it sepadi; sug’orish egatlari ochadi. Kultivatorning turli ish organlarini baravar ishlatish yo’li bilan bir kancha texnologik operasiyalarni bir yo’la bajarish, masalan, sug’orish egatlari ochish vaktida o’g’it solib ketish, tuproq, yuzidagi katkalok bilan birga qatorlar orasini ham yumshatib ketish mumkin va xokazo.
KRX-4 markali kultivator-oziqlantirgich. KRX-4 markali kultivator-oziqlantirgichdan to’rt qatorli seyalkalar bilan kengligi 60 sm qilib ekilgan g’o’za qatorlari orasiga va boshqa chopiq talab ekinlarga ishlov berish, shuningdek, tuproqqa mineral o’g’itlar va ularning ara-lashmasini sepish maksadida, foy-dalaniladi. KRX-4 kultivatori T-28X4M markali traktorlarga ayrim uzellarini, detallarini o’rnatib ishlatiladi. KRX-4 kultivatoriga tuproqqa mineral o’g’itlar va ularning aralashmalarini sepadigan moslama o’rnatilgan. Bu moslama o’g’itlash apparatlari, yuritish mexanizmi, o’g’it o’tkazgichlar va o’g’itni tuproqqa ko’madigan ish organlaridan iborat. O’g’itlash apparatlarini traktorning yon tomondagi kuvvat olish vali harakatlantiradi. Gryadillarning hammasi parallel vaziyatda ko’tariladigan kilib to’rt zvenoli osmaga o’rnatilgan hamda gryadillarni ko’taradigan povodokli sistemasi va tayanch g’ildiragi bor; povodoklar sistemasidagi prujina ish organlarini tuproqqa botirish uchun xizmat qiladi, tayanch g’ildirak esa ish organlarining tuproqqa botish chuqurligini cheklaydi. Kultivator ish organlarining stoykalari gryadilga tutkichlar va kulflar yordamida mahkamlanadi. Kultivator har xil ishlarni bajara olishi uchun almashma ish organlari bilan ta’minlangan
KRX-3,6 markali kultivator-oziqlantirgich. KRX-3,6 kultivatoridan to’rt qatorli seyalka bilan ekilgan kengligi 90 sm li g’o’za qator oralariga va boshqa chopiq talab ekinlarga ishlov berish, shuningdek, oziqlantirish davrida tuproqqa mineral o’g’itlar va organikmineral o’g’itlar aralashmalari solish maksadida foydalaniladi. Bu kultivator T-28X4M markali (еtakchi g’ildiraklarining orasi 1800 mm) traktorga ayrim uzellar, detallar yordamida o’rnatiladi. Ish organlari chiqarma gidravlik silindrlar yordamida tuproqqa botiriladi va transport holatiga ko’tariladi. O’g’itlash apparatlarini traktorning yon tomonidagi kuvvat olish vali aylantiradi. KRX-3,6 markali kultivator-oziqlantirgich tuzilishi jihatidan KRX-4 kultivatoriga o’xshaydi.
KRT-4 markali kultivator-oziqlantirgich. Bu kultivator ham to’rt qatorli seyalkada ekilgan kengligi 90 sm li g’o’za qatorlari orasiga va boshqa chopiq talab ekinlarga ishlov berishga mo’ljallangan. KRT-4 markali kultivatorning KRX-3,6 kultivatoridan farqi shuki, u 1,4 t.k. klassiga mansub bo’lgan MTZ-80X markali traktorga o’rnatiladi. Kultivator-oziqlantirgich traktor ramasiga bikr o’rnatilgan osma agregat kuroldir. U oldingi va ketingi seksiyalar, ular biriktiriladigan kronshteynlar, to’rtta o’g’itlash apparati, ish organlari joylanadigan gryadillar, traktor g’ildirak va gryadillarning himoya to’siqlari (obtekatellar) almashma ish organlari va ularni gryadillarga biriktiradigan qulflardan tashkil topgan. Hamma gryadillar ish organlarini parallel ko’tarish sistemasi, tayanch g’ildiraklar (ish organlarining tuproqqa botish chuqurligini cheklaydi) va olinadigan shtangalar bilan jihozlangan. Oldingi seksiyaga marzalarni tutashtiradigan ish qismi biriktiriladigan ikkita g’ildirakoldi gryadili va to’rtta (qo’shaloq) g’ildirakoldi gryadili, ketingi seksiyaga esa to’rtta (qo’shaloq) markaziy gryadil va еtakchi g’ildiraklar izini yumshatuvchi ikkita gryadil o’rnatilgan. Ish organlarini tuproqqa botirish va transport xolatga ko’tarib qo’yish vazifasini traktorning gidronasosi bilan bog’liq bo’lgan ikkita chiqarma gidravlik silindri bilan bitta asosiy gidravlik silindri bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |