Savollar
1. Uch fazali elektr zanjirlar sistemasini tushintiring.
2. Uch fazali EYUK lar sistemasini olishni tushintiring.
3. Uch fazali zanjirning qanday ulanish usullari mavjud.
Generator chulg’amlarini va iste’molchi fazalarini yulduz ulash
Uch fazali generatorning har bir fazasi bir fazali iste’molchi uchun energiya manbasi bo’lishi mumkin. Bu holatda elektr zanjirining sxemasi 8.1-rasmda tasvirlangandek bo’ladi. Ya’ni butun holda zanjir uch fazali bo’lsada, har bir faza bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda ishlaydi. Bu uch fazali bog’lanmagan sistemadir.
8.1-rasm. Bog’lanmagan uch fazali elektr zanjirining sxemasi
Generator istalgan chulg’amining EYUKi shu chulg’am boshlanishi bilan tugashi orasidagi potensiallar farqidir. Buda qaysidir nuqtaning potensialini nol deb olishi mumkin(yoki chulg’am boshlanishi yoki tugashini ). U vaqtda boshqa nuqtani sistemalashtirish aniq qiymatga ega bo’ladi. Generator chulg’amlarining tugashlarini (X,Y,Z) potensiallari tengligini e’tiborga olib ularni umumiy bir N nuqtaga birlashtirish mumkin (8.2-rasm).
Iste’molchi (ZA ZB ZC) fazalarini oxirlarini xuddi shunday n nuqtaga ulaymiz va bir nomli nuqtalarni tutashtiramiz. Generator chulg’amlarini bunday ulashga yulduz ulash deyiladi. Bunday ulash “” belgisi bilan ifodalanadi. N va N' nuqtalar neytral nuqtalar deyiladi. Generatorning N nuqtasi bilan iste’molchining N' nuqtasini birlashtiruvchi simga neytral sim deyiladi.
Manba va iste’molchi bir nomli fazalarining bosh uchlarini birlashtiruvchi (A-A/, B-B/ va C-C/) simlar liniya simlari deyiladi. Ana shu simlardan oqadigan IA, IB, IC toklar liniya toklari deyiladi va umumiy holda IL deb belgilanadi. Yulduz usulida ulanganda manba va iste’molchining bir nomli fazalari ketma-ket ulanganligii uchun liniya va faza toklari o’zaro teng bo’ladi:
IL=IF (8.1)
Ixtiyoriy liniya simi bilan (manba yoki iste’molchining bosh uchi) nolinchi sim (nolinchi nuqta) orasidagi kuchlanish faza kuchlanishi deyiladi va -UF kabi belgilanadi.
8.2-rasm. Bog’langan uch fazali to’rt simlik elektr zanjirining sxemasi
Shunday qilib, uchta faza kuchlanishlari UA, UB va UC lar bo’ladi. Generator EYUKining musbat yunalishi shartli ravishda faza oxiridan boshlanishiga qarab qabul qilinadi (8.1, 8.2-rasmlar). Fazalardagi toklarning shartli musbat yunalishlari EYUKlarining shartli musbat yo’nalishlari bilan kuchlanish (kuchlanish tushuvining) shartli musbat yo’nalishlari iste’molchi fazalarida fazalaridagi toklarni shartli musbat yo’nalishlariga mos tushadi. Kuchlanishlarning shartli musbat yunalishlari generator va iste’molchi fazalarida fazalar boshlanishidan oxirlariga qarab yo’nalgan bo’ladi, ya’ni EYUKlar shartli musbat yunalishiga qarama-qarshi bo’ladi. Istalgan ikkita liniya simlari orasidagi kuchlanishga - liniya kuchlanishi UL deyiladi. Shunday qilib, uchta liniya kuchlanishlari–UAB, UBC va UCA bo’ladi. Ularning shartli musbat yunalishlariga mos holda birinchi indeksdan ikkinchi indeksga qarab yo’nalgan bo’ladi.
.
8.3-rasm. Nosimmetrik yuklamada faza kuchlanishi va toklarining vektor diagrammasi
Neytral simdan oqadigan tok I0 tarzida belgilanadi. Kirxgofning birinchi qonuniga asosan neytral simdagi tok faza (liniya) toklarining geometrik yig’indisiga teng.
(8.2)
8.2-rasmdagi sxema to’rt simli sistema (yoki neytral simli yulduz usulida ulash) deyiladi. Bunday sistema iste’molchi qarshiligi nosimmetrik bo’lganda qo’llaniladi. 8.3-rasmda aktiv-induktiv xarakterdagi nosimmetrik iste’molchi uchun qurilgan faza kuchlanishlari va toklarining vektor diagrammasi ko’rsatilgan. Bunda netral simdagi tokning qiymati (8.2) ifodadan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |