Uch fazali sistemaning quvvati Har bir fazaning oniy quvvatining qiymati yoki faza quvvatlari bir fazalik zanjirni quvvati kabi aniqlanib, faza kuchlanishi va toklari oniy qiymatlari kattaliklarining kupaytmasiga teng bo’ladi.
pA = uA iA pB =uB iB pC =uC iC (8.7)
Faza kuchlanishlarining simmetrik sistemasida
uA=UFm sin t uB =UFm sin (t-2 / 3) uC=UFm sin (t -4/3)
Umuman nosimmetrik yuklamada faza toklari mos holda quyidagicha bo’ladi.
iA = IAm sin (t - A) iB = IBm sin [t – (2 / 3) - B] iC = ICm sin [t- (4 / 3) - C] Faza kuchlanishlari va toklarini ifodalanishi (8.7) formulaga quysak har bir faza uchun faza quvvatini qiymatini hosil qilamiz.
PA =UAIA [cosA - cos (2t - A)] PB =UBIB [cos B - cos(2t –(2 / 3) - B) ] PC =UCIC [cos C - cos (2t- (4 / 3) - C) ]
Faza quvvatlari oniy qiymatlarining doimiy tashkil etuvchilari aktiv faza quvvatlari
PA = UAIA cosA , PB = UBIB cosB, PC = UCIC cos C Uch fazali iste’molchini aktiv quvvati alohida fazalar aktiv quvvatlarining yig’indisiga teng. P=PA+PB+PC
va simmetrik yuklamada (IA=IB=IC=IF A=B=C=) faza quvvatlari teng
PF=PA =PB=PC=UF IF cos
Bu holda uch fazali iste’molchini aktiv quvvati
P=3PF= 3 UF IF cos Uch fazalik iste’molchini quvvatini har doim liniya kuchlanishlari va toklari orqali hisoblash qulay, chunki liniya kuchlanishlarini o’lchash oson. Iste’molchilarni yulduz usulida ulaganda UF=UL / uchburchak ulaganda UF=UL, IF =IL / ekanligini e’tiborga olsak
P= UL IL cos Bu formula agar iste’molchi simmetrik bo’lsa yulduz usulida ham uchburchak usulida ham urinlidir. Shuni esda saqlash kerakki, burchak faza kuchlanishi va tok orasidagi fazalar siljish burchagidir. Iste’molchi simmetrik bo’lganda uch fazaning to’la quvvati
S = UL IL reaktiv quvvati Q = UL IL sin Simmetrik iste’molchida faza quvvatlari oniy qiymatlarining o’zgaruvchan tashkil etuvchilarining yig’indisi nolga teng. Chunki ular bir xil amplituda qiymatlariga ega bo’lib, bir-biriga nisbatan faza jihatidan 2 /3 ga siljigan.
Shuning uchun faza quvvatlari oniy qiymatlari yig’indisi bu holatda doimiy tashkil etuvchilarning yig’indisiga teng bo’lib, har doim o’zgarmasdan qolib uch fazali iste’molchi aktiv quvvatlarining yig’indisiga teng bo’ladi.
Savollar
Yulduz usulida ulashni tushuntiring.
Yulduz usulida ulangan zanjarning faza va liniya kuchlanishlari orasidagi munosabatni tushuntiring.
Faza va liniya toklari orasidagi munosabat
Neytral simning ahamiyati nimada
5. Generator chulg’amlarini va iste’molchi fazalarini uchburchak ulashni tushintiring 6. Nosimmetrik uch fazali zanjirlar qanday tushinasiz? 7. Uch fazali sistemaning quvvatini tushintiring.