Uch fazali EYUK sistemalarini hosil qilish. Uch fazali generatorning ishlash prinsipi.
Uch fazali EYUKlar sistemasi uch fazali generatorlar yordamida hosil qilinadi.
Generatorning qo’zg’almas qismida bir-biridan 1200 farq qiladigan uchta chulg’am joylashtiriladi. Lotin alifbosining bosh harflari A, B, C bilan generator fazalari chulg’amlarining boshlanishlari belgilanadi. Chulg’amlarni tugashlari ham mos holda X, Y, Z harflari bilan belgilanadi. Har bir cho’lg’am uch fazali sistemaning alohida fazalari hisoblanadi. 7.2 b,c-rasmlardagi sxemalarda generator faza chulg’amlarining EYUK shartli musbat yunalishlarining belgilanishlari ko’rsatilgan. Generator faza chulg’ami 7.2-rasmda bitta uramdan iborat qilib ko’rsatilgan (real generatorlarda har bir chulg’am bir necha uramlardan iborat bo’lib, stator ichki silindrining ariqchalari yonma-yon joylashtiriladi).
7.2-rasm. Uch fazali generatorning prinsipial sxemasi.
Generatorning aylanuvchan qismida qo’zg’atish chulg’ami joylashtiriladi va o’zgarmas tok manbasiga ulanadi. Qo’zg’atish chulg’amining toki rotorga nisbatan qo’zg’almas bo’lgan magnit oqimini hosil qiladi va rotor tezligi bilan bir xil chastotada aylanadi. Rotorni aylantirish boshqa dvigatel yordamida amalga oshiriladi. magnit oqimi konstruktiv jihatdan shunday joylashadiki, bunda u stator va rotorni havo oralig’ida aylana bo’ylab sinusoidal qonun buyicha taqsimlanadi. Shuning uchun rotor aylanganda magnit oqimi ham birgalikda aylanadi va stator chulg’ami o’tkazgichlarini ( A-X, B-Y va C-Z) kesib utib sinusoidal EYUK induksiyalaydi.
Rotor o’zgarmas magnit (elektromagnit) dan yasalgan bo’lib, mashinaning asosiy magnit maydonini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Unga o’ralgan “uyg’otish chulg’ami” dan o’tadigan tok yordamida rotorning magnit maydonini boshqarish mumkin.
Rotor o’zgarmas ω burchak tezlik bilan aylanganda uning magnit kuch chiziqlari statorning har bir chulg’amida (fazasida) elektromagnit induksiya qonuniga ko’ra, amplituda va chastotalari bir xil bo’lgan, ammo bir-birlaridan faza buyicha 2π/3 ga farqlanuvchi quyidagi sinusoidal o’zgaruvchan EYUK larni induksiyalaydi:
eA=Emsin t
eB=Emsin (t -2/3)
eC=Emsin (t -4/3)
Barcha EYUKlarning maksimal (amplituda) qiymatlari va chastotalari teng, chunki fazalar chulg’amlari bir xil va bir magnit oqimi tomonidan induksiyalanadi. Faza eA, eB va eC EYUKlarning o’zgarishi 7.3-rasmda tasvirlangan.
Yuqoridagi yo’l bilan uch fazali kuchlanish va tok sistemasi uchun quyidagilarni yozish mumkin.
uA=Umsin t
uB=Umsin (t -2/3)
uC=Umsin (t -4/3)
hamda
iA=Imsin t
iB=Imsin (t -2/3)
iC=Imsin (t -4/3)
7.3-rasm. Uch fazali EYUK sistemasida oniy qiymatlarni o’zgarishi
Uch fazali sistemada fazalar EYUKlarining haqiqiy qiymatlari E=Em/ =0,707 Em formula bilan aniqlanadi. Teng amplitudalarda barcha fazalar EYUK larining haqiqiy qiymatlari o’zaro teng va faza jihatidan 2/3 burchakka siljishi hisobidan simmetrik sistemasini hosil qiladi. Agar vektorlarning shartli musbat yunalishida aylanishi (soat strelkasiga teskari) EB EYUK vektori faza jihatdan EA EYUK dan, EC EYUK vektori esa faza jihatidan EB EYUK vektoridan orqada qolsa, u vaqtda bunday EYUKlar vektorlari sistemasi tug’ri faza almashinuvini hosil qiladi (7.4a-rasm). Agar EA EYUK vektoridan keyin EC EYUK vektori, undan keyin EB EYUK vektori kelsa, u vaqtda bunday EYUK vektorlar sistemasi teskari faza almashinuvini tashkil qiladi (7.4b-rasm )
7.4-rasm. Uch fazali EYUK sistemasi vektorlari.
a) to’g’ri va b) teskari faza ketma-ketliklarida
Do'stlaringiz bilan baham: |