Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
Tayyorgar
lik bosqichi.
|
1. Mavzu bo’yicha o’quv materiallarni, ya’ni taqdimot va tarqatma materiallarni tayyorlash.
2. Talabalarni jonlantirish uchun mavzu doirasida savollarni, ko’rgazmali sxemalarni yaratish.
3. Talabalar o’quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish.
4. Yangi mavzuni o’rganishda foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxatini tartiblashtirish.
|
|
1-bosqich.
Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
|
1.1. Mavzuning nomini ekranga chiqaradi va mazkur mavzuni yoritishdan kutilayotgan asosiy natijalar to’g’risida axborot beradi.
1.2. Mavzuni yoritish bo’yicha tuzilgan reja savollarini namoyishga uzatadi.
1.3. Bugungi o’tilishi kutilayotgan dars axborot-ma’ruza tarzida bo’lishi ta’kidlanadi.
1.4. Savollar berish orqali talabalarni faollashtiradi.
|
Tinglaydilar
berilgan savollarga javob beradilar.
|
2-bosqich
Asosiy bosqich
(55 daqiqa)
|
2.1. Power Point dasturi asosida ko’rgazmali materiallar bo’yicha ma’ruza o’qiydi (ilovalar).
Ma’ruza davomida asosiy tushunchalarni qayd etish lozimligini uqtiradi. Talabalarning yozib olishlarini ta’kidlaydi.
2.2. Uch fazali elektr zanjirlari sistemasining bir fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari sistemasiga nisbatan asosiy afzalliklari to’g’risida ma’lumot beradi .
2.3. Uch fazali elektr sistemasini hosil bo’lish jarayoni va uch fazali generatorlar to’g’risida ma’lumot beradi
2.4. Uch fazali elektr sistemasining simmetrik va nosimmetrik turlari orasidagi farqni tushuntiradi
2.5. Talabalar bilimlarini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida quyidagi savollarni beradi:
Uch fazali zanjirlar sistemasini yaratilish sanoat rivojlanishi uchun qanday hissa qo’shdi?
Uch fazali sistemada elektr energiyasini o’zoq masofalarga uzatganda rangli metall bir fazaliga nisbatan tejaladi. Xush bu qanday amalga oshiriladi?
Odatda uch fazali sistema fazalarini tashqi ko’rinishidan bir-biridan farqlash maqsadida ular turli ranglarga buyab quyiladi. Ular qaysi ranglar?
2.6. Talabalarga uch fazali zanjirlarning ulanish usullari tug’risida qisqa ma’lumot beriladi va urganib kelish topshiriladi.
|
Tinglaydilar, yozadilar.
Talabalar berilgan savollarga javob beradilar.
|
3.
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
3.1. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi.
3.2. Mustaqil ishlash uchun “Ko’p fazali elektr zanjirlari” mavzusini taqdim etadi nazorat savollarga javob tayyorlab kelishni topshiradi
|
Savollar beradilar.
Vazifani yozib oladilar.
|
B ir fazali o’zgaruvchan tok barcha afzalliklarga ega bo’lishiga qaramasdan ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Bir fazali o’zgaruvchan tok yordamida aylanuvchan magnit maydoni hosil qilib bo’lmaydi. Aylanuvchan magnit maydoni elektr dvigatellarini harakatga keltirish uchun nihoyatda zarur. Aylanuvchan magnit maydoni faqat ko’p fazali tok orqali amalga oshiriladi.