MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3 I-bob. Antibiotiklar haqida umumiy tushuncha………………………………...5 1.1. Antibiotiklar va ularning tarixi……………………………………………..5 1.2. Antibiotiklarning kimyoviy jihatdan guruhlari………………………...….8 II-bob.Antibiotik sintezlovchi mikroorganizmlar…………………………..…10 2.1. Aktinomitsitlar sintez qiladigan antibiotiklar…………………………….10 2.2. Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklar……………………………..…13 III-bob. Antibiotiklar olish texnologiyasi……………………………………...14 3.1. Sanoatda antibiotiklar ishlab chiqarish………………………………..….14 3.2. Ultrasonik yordam bilan antibiotiklarni ishlab chiqarish……………25
XULOSA……………………………………………………………………........28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….29
KIRISH Kurs ishining dolzarbligi. Bugungi kunga kelib antibiotiklar hayotimizdagi eng ko’p qo’llaniladigan dori vositasi sifatida ajralmas qismiga aylanib bormoqda Antibiotiklarlardan to’g’ri foydalanish butun jahon haftaligiga bag’ishlangan matbuot anjumanida e’lon qilinishicha har yili 700 ming kishi turli xil infeksion kasalliklardan halok bo’layotgani aytib o’tilgan. Bu ko’rsatkichda ham antibiotiklar ishlab chiqarish hayotimizdagi dolzarb muammolardan biri ekanligini ko’rsatmoqda. Antibiotiklar faqat tibbiyot va farmasevtika sohalarida qo’llanib qolmasdan , balki qishloq xo’jaligi, veterinariyada ham keng qo’llanib kelinmoqda. Antibiotiklarga bo’lgan ehtiyoj samarali va arzon antibiotiklar ishlab chiqarish usullarni qidirishga asos bo’lib kelmoqda. Hozirda yuzlab antibiotiklar aniqlanganligiga qaramasdan ularning juda kam qismi ishlab chiqarilmoqda. Antibiotiklarni o’simlik , hayvon va mikroorganizmlardan ajratib olish mumkin va hozirda mikroorganizmlardan ajratib olish eng samarali yo’l hisoblanadi. Mikroorganizmlarda gen muhandisligini qo’llash orqali bu samaradorlikni yana ham oshirish mumkin. Bugungi kunga kelib antibiotiklar turli bakterial va virusli kasalliklarga qarshi kurashishda foydalaniladigan asosiy usuli hisoblanadi. Antibiotiklarni qo’llash orqali kasalliklarni tez davolash va yoppasiga tarqalishini oldi olib kelinmoqda. Antibiotiklar yem ozuqasiga qo’shish orqali hayvonlar biomassasi orttirilmoqda.O’simliklarga qo’llash orqali ularni turli kasalliklardan himoya vositasi sifatida qo’llanilmoqda. Antibiotiklarni qo’llash har qancha samarali bo’lmasdan ularni ko’p miqdorda qo’llash zararli ta’sirlarga olib keladi. Shu sababli antibiotiklarni qo’llashda eng yaxshi usullarni ishlab chiqish zarur