Mashg‘ulot uchun tayyorlangan vositalarni



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana14.06.2022
Hajmi0,95 Mb.
#670712
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
13 mavzu (2)

texnologiyalaridan
yoki 
interfaol
uslublardan foydalanish oʻquvchida oʻz yurtiga 
mehr – muhabbat, oilaparvarlik, kasbiy fidoiylikni shakllantirishga yordam beradi. 
Tarbiyaviy jarayon umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va kasb-hunar, oliy ta’lim 
muassasalarida oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Pedagog xodimlar, tarbiyachilar va 
guruh rahbarlari milliy g‘oya bilan ham qurollangan boʻlib, uni har bir fuqaro ongiga 
etkazish malakalariga ega boʻlishlari ularning tarbiya jarayoni, tarbiyaviy ishlar va 
ularning uslubiyoti haqidagi bilim, koʻnikma va malakalariga, pedagogik 
mahoratlariga koʻp jihatdan bog‘liqdir. 
Tarbiya jarayoni
– tarbiyaviy ishlar, 
tadbirlarning doimiy harakatdagi zanjiridan iborat. 
Tarbiyaviy tadbirlar
– turli xil 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob beruvchi, tarbiyaviy maqsadlarning yagona 
majmuasiga boʻysindirilgan, bir-biri bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi, oʻzida bir butun 
ta’limni koʻzda tutgan tarbiyaviy ta’sir majmuidir. Ta’lim jarayoni alohida darslardan 
tashkil topgan kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, 
tarbiyaviy ishlar – tarbiya jarayonining bir boʻlagidir. 
Tarbiyaviy ish (TI) – 
bu tarbiyaning tizimliligi, toʻlaligi, uzviyligi va 
uzluksizligidir. Tarbiyaviy ish – tarbiyalanuvchilarning muayyan faoliyatini tashkil 
etuvchi va amalga oshiruvchi shakldir. TIning asosiy xususiyati – zaruriylik, 
foydalilik va tatbiq etish imkoniyatidan iborat.
 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da yozilishicha, “Xalqning boy intellektual 
merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, 
texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal 
tizimini shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”. 
SHu sababli ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va 


341 
muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarur boʻlgan tarbiyaviy ishlar uslublari, 
bilimlar, malaka va maxoratlar tizimi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni 
tarbiyaviy ishlar amaliyotida qoʻllash masalalari pedagogik jamoalarning eng 
muhim muammosi boʻlib qolmoqda. 
Talim muassasalarida oʻquvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning 
samaradorligini oshirish tarbiyaviy ishlar texnologiyasini toʻg‘ri tashkil qilish va
qoʻllashga bog‘liq. Bu esa, oʻz navbatida talim muassasalari uchun tarbiyaviy ishlarni 
amalga oshirish uslubiyoti zamonaviy pedagogik texnologiyalar ishlanmalari asosida 
yaratishni talab etadi.
Fikrimizcha, talim muassasalarining tarbiyaviy ishlar texnologiyasi ijodiy 
faollik, mustakil fikrlash va mohirona harakatlarga yunaltirilgan boʻlishi va 
tarbiyachi hamda oʻquvchilar tomonidan minimal kuch sarflagan holda tarbiyaviy 
ishlar boʻyicha qoʻyilgan maksadlarni egallashda eng faol shakl, usul va uslublardan 
foydalanish tarbiyaviy jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etuvchilarning doimiy va 
majmuaviy faoliyatining asosiy qismidan iborat boʻlishi kerak. 
Talim muassasalarida tarbiyaviy ishlar uslubiyotini amalga oshirishning 
pedagogik texnologiyasi: loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat va tahlil qilish 
kabi ish harakatlari ketma-ketligidan iborat. (chizmaga qarang). 
MAQSAD 
JARAYONNI LOYIHALASHTIRISH
TARBIYACHI JARAYONNI AMALGA OSHIRISH NATIJA 
JARAYONNI NAZORAT VA TAHLIL 
QILISH 
CHizmada koʻrsatilganidek, barcha yoʻnalishdagi tarbiyaviy ishlarning
texnologiyasi va har bir aniq ishlarni oʻtkazish, tashkil qilish uslubiyoti 
pedagogik 
maqsad
tushunchasidan boshlanadi, ya’ni pedagogik maqsadga muvofiqlik (ushbu 


342 
ish nima uchun tashkil qilingan va oʻtkazilmoqda, shuningdek, tarbiyachi va oʻquvchi 
nimaga erishishi kerak?) va 
pedagogik mahorat 
(aniq ishlarni oʻtkazish, tarbiyaviy 
jarayonni tashkil qilish, oʻquvchilarni qiziqtirish, jarayonda mustaqil qatnashish va 
ijodiy ishlashga istak uyg‘otish uchun turli usul va uslublardan foydalanish) va 
ularning 
natijalarini nazorat va tahlil qilish, umumlashtirish
(oʻquvchilar nimalarga 
oʻrgandilar?).
Tarbiya jarayonini loyihalashtirish davrida tarbiyachi oʻquvchilar bilan 
oʻtkazilishi lozim boʻlgan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish chog‘ida 
qoʻllaniladigan uslub, shakl va usullarni tanlaydi. Soʻngra, aniq tarbiyaviy ishlarga 
qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshiradilar. Keyinchalik, ular ishni nazorat qilish 
mexanizmini aniqlaydilar (Nima ma’qul keldi? Nima ma’qul kelmadi? Nega? Nima 
yaxshi edi-yu, nimadan voz kechish kerak? Kim ajralib turdi? ) va hokazo. 
Bu ishlarning hamasini umumlashtirib ta’lim muassasalarining tarbiyaviy 
ishlar texnologiyasi – ta’lim muassasasi sharoitida qoʻyilgan maqsadlarni amalga 
oshirishda har bir aniq tarbiyaviy ishni oʻtkazish va tahlil qilish uchun qoʻllaniladigan 
uslub va shakllar yig‘indisidan iborat ekanligini aniqladik. Masalan, ta’lim 
muassasasida oʻquvchilarning oʻqishi va tarbiyasi davrida guruhlarda, fakultetlarda, 
universitetlarda, institutlarda turli xil qiziqarli tadbirlar, bayramlar, tanlovlar, 
shuningdek, sportga, mehnatga, ijodiy ishga, badiiy mavzuga bag‘ishlangan tadbirlar, 
mashg‘ulotlar, oʻyinlar, sayllar, lineykalar, va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi. Har bir 
tarbiyaviy ish va tadbirga mos uni tayyorlash va oʻtkazish uslubi mavjud. Lekin, 
mazmunsiz uslubiyot ham oʻz-oʻzidan mavjud boʻlmaydi, chunki tarbiya jarayonini, 
eng avvalo, tarbiyaviy ishning aniq mazmuni va shakli orqali amalga oshirish 
moʻljallanadi. SHunday ekan, aniq tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi va samaradorligi 
- ularni tayyorlash va oʻtkazish, tarbiyachilarning oʻquvchilar bilan jamoaviy 
faoliyatini tashkil qilishi tarbiyaviy ishlar texnologiyasi tizimiga bog‘liq. 
Odatda tarbiyaviy ishlar jamoaviy va ijodiy tabiatiga ega boʻladi va mos 
ravishda jamoaviy tarbiyaviy ishlar (JTI) yoki jamoaviy ijodiy ishlar (JII) deb 
nomlanadi. JII – ish va oʻyin, ijod va oʻrtoqlik, hayotiy umid va xursandlik bilan 


343 
toʻldirilgan va ayni paytda, asosiy tarbiyaviy vosita boʻlgan jarayonni tashkil etish 
usulidir. Tarbiyaviy ishlarda tarbiyachilar va oʻquvchilar oʻzaro hamkorligining 
shakllari, vositalari va usullari uyg‘unlashib ketadi. 
Tarbiyaviy ishlar asosida ikkita: faol va majmuaviy yondashuvlar yotadi. 
YOndashuvlarning 
birinchisi, 
faoliyatning bilish, mehnat, ijtimoiy, badiiy, sport va 
erkin muloqot kabi turli koʻrinishlarnitashkil etishni talab etadi. 
Ikkinchi
majmuaviy 
yondashuv esa, faoliyatning barcha koʻrinishlarining yagona jarayonga ta’siri bilan 
tabiiy “qoʻshilib” ketishida namoyon boʻladi. Tarbiyaviy ishlar, ayni paytda, oʻziga
axloqiy, estetik, siyosiy va aqliy (intellektual) ta’sirlarni qamrab oladi. Faoliyatga oid 
yondashuv tarbiya yoʻnalishiga ishora qilsa, majmuaviy yondashuv - uning mazmun 
tabiatini (pedagogik maqsad (vaziyat, tarbiyaviy maqsadning asosiy va bog‘liq 
tomonlarini shakllantirish) ni; rejalashtirish; tashkil etish va tayyorlashni; ishni 
bevosita amalga oshirishni; erishilgan natijalar tahlilini) belgilaydi. 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish