344
baholash, oʻzining tarbiyaviy faoliyatini asosiy maqsadga boʻysundirish,
tarbiyalanuvchilarning kelajakda muayyan tarbiyaviy ta’sirlarni qabul qilishga
tayyorlik darajasiga tashxis qoʻyishdan iboratdir.
V. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish boʻyicha uslubiy tavsiyalar:
1. Tarbiyaviy ishlarning aniq vazifalarini chuqur anglash, uning samaradorligini
oshirishning zarur shartidir. Mazkur vazifalar mahorat bilan talqin etilgan va
tarbiyalanuvchilarga etkazilgan boʻlishi kerak.Tarbiyaviy ish tashkilotchilari
oʻquvchilarga oʻz nuqtai nazarlarini majburan oʻtkazmasliklari kerak:
tarbiyalanuvchilarni zarur qarorlarni qabul qilishga (goʻyo oʻz qarorlari sifatida qabul
qilinadigandek) ishontirish zarur.
2. Har qanday tarbiyaviy ish ishchan va majmuaviy yoʻnalish
asosida
loyihalashtiriladi.
Birinchi
yoʻnalish,
yuqorida
ta’kidlanganidek,
tarbiyalanuvchilarning jonli, ijodiy, qiziquvchan faoliyatini talab etadi va, zarurat
tug‘ilganda, tirishqoqlikni, harakatchan ishlarni tanlashga yoʻnaltiradi.
Ikkinchisi
esa,
tarbiyachiga bir vazifadan har tomonlama samara olishga imkon beradi.
3. Tarbiyaviy ishlar jarayonida hal qilinishi lozim boʻlgan barcha vazifalar turli
ahamiyatga ega boʻlishiga intilish shart emas, chunki tarbiya tizimini birdaniga bir
necha mezonlar orqali optimallashtirib (muqobillashtirib) boʻlmaydi.
Tarbiyaviy
ishda, har qanday ishdagi kabi bosh vazifa ajratib olinadi va shu orqali qolgan
vazifalar hal etiladi.
4. Tarbiyaviy ishlar mazmunini uning vazifalari va amalga oshirish sharoitlari
bilan bog‘liq holda belgilab olish nihoyatda muhimdir. Material tanlanayotganda, u
oʻquvchilarning tarbiyasiga ijobiy ta’sir etish tomonlariga e’tiborni qaratish lozim.
Tarbiyaviy ishlarda turli xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun tarbiyachi oʻquvchilarning
qarashlarini va qiziqishlarini inobatga olgan holda ularni rivojlantirishi, shuningdek,
ularga tayanib ish olib borishi kerak.
5. Maqsadga muvofiq uslublar, usullar va vositalar tarbiyaviy ishlarning har bir
bosqichi uchun alohida loyihalanadi. Bunda uslublarning imkon qadar faollik,
tashabbuskorlik, mustaqillik tamoyillarini ta’minlanishi nazarda tutilishi lozim.
345
Sustlik - tarbiyaviy ishlarning asosiy dushmanidir. SHu bois, tarbiyalanuvchilarning
xulqi kuzatilsa, nimani oʻzgartirish zarurligini ularning oʻzlari aytadilar.
6. Tarbiyaviy ishlarni tayyorlashda tashkillashtirishning
yuqori darajadagi
aniqligiga erishishga harakat qilish lozim. Har qanday tarbiyaviy ish
tarbiyalanuvchilar uchun «tashkilotchilik maktabi» ga aylanishi kerak. Tayyorgarlik
tashabbuskorlik, talabchanlik, kirishimlilik, majburiyatlarni taqsimlash mahorati,
vaziyatlarni tezda baholash kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Ishni tayyorlash va
oʻtkazish jamoani jipslashtirishning toʻg‘ri yoʻlidir!
7. Tarbiyaviy ishlar nuxsa koʻchirishni yoqtirmaydi. Oʻzgaruvchanlik va harakat
doirasining kengligi tarbiyaviy ishlarning farqlovchi belgilaridir. Sinflarning, ayrim
oʻquvchilarning bir - biriga oʻxshamasligidan keng foydalanishga intilish yaxshi
natija beradi. Tarbiyaviy ishlarni loyihalash chog‘ida. Bir sinfda muvaffaqiyat
keltirgan tajriba ikkinchisida aynan shunday natijani bermasligi
mumkinligini esda
tutish kerak.
8. Tarbiyaviy ishlar turli - tuman boʻlishi kerak. Tarbiyalanuvchilar yorqin
ishlarni uzoq eslab yuradilar, shu bois bunday ishlarni takrorlash maqsadga muvofiq
emas, chunki u ahamiyatini yoʻqotishi mumkin. Tarbiyaviy ishlarni har doim
yangisini topish qiyin, ammo ularni topishga harakat qilish zarur. Tarbiyaviy ishlar
zahirasida koʻplab qiziqarli tadqiqotlar mavjud va bu takrorlamaslikni, aksincha, aniq
sharoitlar bilan muvofiqlashtirgan holda oʻquvchini rivojlantirishni kafolatlaydi.
9. Tarbiyaviy ishlar his - tuyg‘ularning
qudratli katalizatori kabi
loyihalashtiriladi. Ma’lumki, hayajonga tushgan kishi nihoyatda ta’sirchan boʻladi.
Har bir tarbiyaviy ishda tarbiyalanuvchiga yaqin, hamohang boʻlgan jihatlarni topish
va unda ijobiy xislatlarni rivojlantirish, mustahkam hayot tarzini shakllantirish,
tarbiyaviy ishlar madaniyatini oshirishning muhim yoʻllaridan biri boʻlgan oʻrab
turgan dunyo haqiqatini toʻg‘ri tushinishga yordam beradigan qilib etkazish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: