348
boradi.
Ikkinchidan,
tarbiyachi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchilarni kuzatib
borgan holda, ularda muayyan
fazilatlarni rivojlantiradi, bu fazilatlarning
shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi va tarbiya sohasida qilinadigan
ishlarning strategiyasini belgilaydi.
Uchinchidan,
tarbiyachi
tashkiliy masalalarning
aniq hal etilishini kuzatib boradi.
Umuman, tarbiyaning bu bosqichdagi boshqaruv faoliyati oddiy dars
mobaynidagi ayni shunday faoliyatdan murakkabroqligi bilan farq qiladi. Bu
murakkablik tarbiyaviy ishni boshqarishda hisobga olish, nazorat qilish va koʻplab
omillarga tuzatishlar kiritish lozimligida namoyon boʻladi. Bu borada
murabbiyning
tarbiyachi va tashkilotchi sifatidagi oʻrni:
- tarbiyalanuvchilarni oʻzini ishtiroki bilan boʻg‘ib qoʻymaslik;
- tarbiyalanuvchilarga oʻz fikrlarini va hissiyotlarini erkin ifodalashlari uchun
xalaqit bermaslik;
- hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning nomaqbul yoʻnalish
olishi hamda nazoratdan chiqishiga yoʻl qoʻymaslik;
- nomaqbul harakatlarni oqilona va oʻz vaqtida tuzatish;
- oʻtayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib borish;
- pedagogik nazokat bilan natijalarni e’lon qilish,
jamoaviy muhokama yoki
yakkama-yakka pedagogik tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarning sabablarini
ochishlarda belgilanadi.
Tarbiyaviy ishlarni tahlil qilish mobaynida bir-biri bilan mazmunan bog‘liq
boʻlgan qoʻyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1) Tarbiyaviy ishlarni tayyorlashning va oʻtkazishning barcha holatlari rejada
oʻz aksini topganmi?
2) Dastur mazmuni koʻzlangan maqsqdga javob beradimi?
3) Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish darajasi koʻzlangan maqsad,
vazifa va
talablarga javob beradimi?
4) Rejalashtirilgan barcha me’yorlar etarli darajada manbalar bilan
mustahkamlanadimi?
349
5) Tarbiyaviy ishning qaysi qismi yaxshiroq amalga oshdi, nima uchun?
6) Tarbiyaviy ish davomiyligi vaqt nuqtai nazaridan oʻzgaradimi?
7) Kim va nima uchun muddat oʻzgardi?
8) Tarbiyaviy ishlar bir tizimni ifoda etdimi yoki qismlari nomigagina
bog‘langan toʻplamdan iborat boʻldimi?
9) YAngilik samarasi sezildimi?
10) Tarbiyaviy ishning his-tuyg‘ulik “boʻyog‘i” uning g‘oyasiga
javob
beradimi?
11) Ishning sifati, oʻquvchilarning unga munosabati qoniqarlimi, qaysi savollar
ularni oʻylashga majbur etdi?
12) Tarbiyaviy ishda ishtirok etgan jamoaning har qaysi a’zosi qanday bahoga
loyiq?
13) Oʻquvchilarning xulqi qanday edi?
14) Nima uchun oʻquvchilarning ayrimlarida u yoki bu pedagogik harakatga
nisbatan qarshilik koʻrsatish alomatlari paydo boʻldi?
15) Nimadan voz kechish kerak?
16) Keyingi tarbiyaviy ishlarga qanday yaangiliklar qoʻshish mumkin?
YUqorodagi fikrlarga tarbiyaviy texnologiya yoʻnalishi sifatida qaraladigan
boʻlsa, u quyidagi umumiy belgilarni aniqlab beradi:
•
tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning majmuasi sifatida oʻzida oʻyinlar,
tarbiyaviy suhbatlar va yakkama-yakka maslahatlarning unsurlarini qamrab oladi;
•
har bir ish har bir
tarbiyalanuvchining ahloqiy, ijtimoiy va boshqa
fazilatlarining shakllanganlik darajasini komp’yuter orqali tashxis etish bilan
boshlanadi;
•
tarbiyaviy ta’sir tashxis etish natijalarining
faol tahlili va ideal shaxs
bilan qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllanganlik darajasiga etganligini
anglash bilan yuzaga kelgan “jamoaviy qayg‘urish” samarasi bilan kuchaytiriladi;
•
tarbiyalanuvchilar kishilar orasida hayot uchun zarur boʻlgan fazilatlarni
oʻzlashtiradalar, oʻzlarini anglashga oʻrganadilar, oʻz-oʻzlarini kamolga etkazish
350
yoʻllarini tasavvur qiladilar;
•
shaxsiy kamolotga etish dasturi (tashxis etish natijalaridan qat’iy nazar)
yakkama-yakka
maslahatlar,
tarbiyaviy
ishlarni
tashkil
etish
natijasida
mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: