1) Ikki velosipedchi bir vaqtda bir-biriga qarab yo‘lga chiqdi va uchrashdi. Ikki velosipedchining uchrashguncha sarflagan vaqti haqida nima deyish mumkin? Yodingizda tuting! Agar jismlar bir vaqtda bir-biriga qarab yura boshlasa, ular uchrashguncha bir xil vaqt harakatda bo‘ladilar.
2) Buxoro va Navoiy shaharlaridan bir vaqtda bir- biriga qarab ikkita avtobus yo‘lga chiqdi va bir soatdan keyin uchrashdi. Uchrashguncha har bir avtobus necha soat yo‘lda bo‘ldi?
3) Velosipedchi 5 soatda 65 km, mototsiklchi esa 4 soatda 208 km masofani bosib o‘tdi. Mototsiklchining tezligi velosipedchining tezligidan necha kilometr ortiq? Velosipedchining tezligi mototsiklchining tezligidan necha marta kam?
Mavzu: Ulushlar
Umumiy maqsad:
o’quvchilarga mavzusiga oid
bilimlarini yanada mukammallashtirish.Mavzu haqida tushuncha berish, fikrlash qobilyatini, qiziqishi va mantiqiy tafakkurni o`stirish ,aqlni charxlash.
Darsning ta’limiy maqsadi: Mavzu haqida tushuncha berish, fikrlash qobilyatini, qiziqishi va mantiqiy tafakkurni o`stirish ,aqlni charxlash.
Tarbiyaviy maqsadi: har bir matematik muammoni ahillik,
hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlari tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsadi: o’quvchilarni ilmiy dunyoqarashini ,mantiqiy
fikrlashini va tasavvur olamini kengaytirish.
Dars turi: yangi bilimlar berish
Darsning uslubi: noan`anaviy, interfaol o`yinlar, guruhlarda ishlash,
Darsning jihozi: mavzuga doir slaydlar, plakatlar, tarqatma materiallari.
Dars o‘tish rejasi:
1.Tashkiliy qism (5 daqiqa)
2.O’tilgan mavzularni mustahkamlash. (10 daqiqa)
3. Yangi mavzu bayoni. (15 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa)
5.Darsni yakunlash, baholash, uyga vazifa berish ( 5 daqiqa)
Darsning shiori: O’qituvchining shiori: Dars muqaddas !
O’quvchining shiori Bilim ol, o’rgan, izlan.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
a) Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilar tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish;
b) O`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish, kayfiyatini ko’tarish.O’quvchilar diqqatini jamlash savollar berish ;
g) O’quvchilarni guruhlarga ajratish.
O’qituvchining kirish so’zi:
Tani sog’, ko’ngli tog’ barkamol farzand,
Oila bog’ining laziz mevasi.
Unga ota-ona yuragi payvand,
U millat tayanchi, yurtning ertasi.
O’qtuvchi o’quvchilarga quydagi so’zlar bilan murojat qiladi :”O’quvchilar hamma darsga tayyormi ,savol javobga hushyormi? Deb o’quvchilar diqqatini blitz savollarga qaratdi.
Bu savollarni o’quvchilarga berishdan maqsad bilimini baholash emas dars davomida hushyorlikka va hozir javoblikka o’gatish.
BLITZ savollar Qishda qanday bayramlar nishonlanadi ?
Uchburchakning bir burchagini qirqib tashalsa nechta burchak qoladi ? (j:3ta)
Kamalakning necha xil rangi bor ? (j: 7 ta)
Ona bilan bola … ( gul bilan lola)
Qish ingliz tilida qanday aytiladi ? (winnter)
Bu yil qanday muchal yili ? (it)
O’zbekiston Respublikasi Konisitutsiya qachon qabul qilingan ? (1992-yil)
Hozir ta’lim muassalarida qanday fan oyligi ?
Bu yil qanday muchal yili?
Vatan so’zida nechta unli harf bor? (2 ta)
1 tonna necha kilogram? (1000)
O’z .Res bosh vazir kim ? (Abdulla Oripov)
Tovuq tarozida 1 oyoqda tursa 2kilogramm chiqadi.2 oyoqlab tursachi? (2kg)
Kvadrat ingliz tilida nima deyiladi? (square)
1 soat necha sekundga teng? (3600)
II. O’tilgan mavzularni mustahkamlash
1.Bo’sh qoldirilgan joylarni mantiqan to’g’ri so’zlar bilan to’ldiring.
1.Bir nuqtadan ……. to’g’richiziq o’tkazish mumkin.
2.Bayrog’da qizil doira shakli bor davlat……
3.Yetti xazinadan biri …….
O`tilgan mavzu mustaxkamlash:
Aylana shakliga kundalik turmushda uchraydigan narsalardan misol keltirish (1-guruh)
Doira shakliga kundalik turmushda uchraydigan narsalardan misol keltirish (2-guruh)
Doiraga ta`rif bering(1-guruh)
Aylanaga ta`rif bering(2-guruh)
Do'stlaringiz bilan baham: |