texnologiyalaridan
yoki
interfaol
uslublardan foydalanish oʻquvchida oʻz yurtiga
mehr – muhabbat, oilaparvarlik, kasbiy fidoiylikni shakllantirishga yordam beradi.
Tarbiyaviy jarayon umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va kasb-hunar, oliy ta’lim
muassasalarida oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Pedagog xodimlar, tarbiyachilar va
guruh rahbarlari milliy g‘oya bilan ham qurollangan boʻlib, uni har bir fuqaro ongiga
etkazish malakalariga ega boʻlishlari ularning tarbiya jarayoni, tarbiyaviy ishlar va
ularning uslubiyoti haqidagi bilim, koʻnikma va malakalariga, pedagogik
mahoratlariga koʻp jihatdan bog‘liqdir.
Tarbiya jarayoni
– tarbiyaviy ishlar,
tadbirlarning doimiy harakatdagi zanjiridan iborat.
Tarbiyaviy tadbirlar
– turli xil
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob beruvchi, tarbiyaviy maqsadlarning yagona
majmuasiga boʻysindirilgan, bir-biri bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi, oʻzida bir butun
ta’limni koʻzda tutgan tarbiyaviy ta’sir majmuidir. Ta’lim jarayoni alohida darslardan
tashkil topgan kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar,
tarbiyaviy ishlar – tarbiya jarayonining bir boʻlagidir.
Tarbiyaviy ish (TI) –
bu tarbiyaning tizimliligi, toʻlaligi, uzviyligi va
uzluksizligidir. Tarbiyaviy ish – tarbiyalanuvchilarning muayyan faoliyatini tashkil
etuvchi va amalga oshiruvchi shakldir. TIning asosiy xususiyati – zaruriylik,
foydalilik va tatbiq etish imkoniyatidan iborat.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da yozilishicha, “Xalqning boy intellektual
merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan,
texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal
tizimini shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”.
SHu sababli ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va
341
muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarur boʻlgan tarbiyaviy ishlar uslublari,
bilimlar, malaka va maxoratlar tizimi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni
tarbiyaviy ishlar amaliyotida qoʻllash masalalari pedagogik jamoalarning eng
muhim muammosi boʻlib qolmoqda.
Talim muassasalarida oʻquvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning
samaradorligini oshirish tarbiyaviy ishlar texnologiyasini toʻg‘ri tashkil qilish va
qoʻllashga bog‘liq. Bu esa, oʻz navbatida talim muassasalari uchun tarbiyaviy ishlarni
amalga oshirish uslubiyoti zamonaviy pedagogik texnologiyalar ishlanmalari asosida
yaratishni talab etadi.
Fikrimizcha, talim muassasalarining tarbiyaviy ishlar texnologiyasi ijodiy
faollik, mustakil fikrlash va mohirona harakatlarga yunaltirilgan boʻlishi va
tarbiyachi hamda oʻquvchilar tomonidan minimal kuch sarflagan holda tarbiyaviy
ishlar boʻyicha qoʻyilgan maksadlarni egallashda eng faol shakl, usul va uslublardan
foydalanish tarbiyaviy jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etuvchilarning doimiy va
majmuaviy faoliyatining asosiy qismidan iborat boʻlishi kerak.
Talim muassasalarida tarbiyaviy ishlar uslubiyotini amalga oshirishning
pedagogik texnologiyasi: loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat va tahlil qilish
kabi ish harakatlari ketma-ketligidan iborat. (chizmaga qarang).
MAQSAD
JARAYONNI LOYIHALASHTIRISH
TARBIYACHI JARAYONNI AMALGA OSHIRISH NATIJA
JARAYONNI NAZORAT VA TAHLIL
QILISH
CHizmada koʻrsatilganidek, barcha yoʻnalishdagi tarbiyaviy ishlarning
texnologiyasi va har bir aniq ishlarni oʻtkazish, tashkil qilish uslubiyoti
pedagogik
maqsad
tushunchasidan boshlanadi, ya’ni pedagogik maqsadga muvofiqlik (ushbu
342
ish nima uchun tashkil qilingan va oʻtkazilmoqda, shuningdek, tarbiyachi va oʻquvchi
nimaga erishishi kerak?) va
pedagogik mahorat
(aniq ishlarni oʻtkazish, tarbiyaviy
jarayonni tashkil qilish, oʻquvchilarni qiziqtirish, jarayonda mustaqil qatnashish va
ijodiy ishlashga istak uyg‘otish uchun turli usul va uslublardan foydalanish) va
ularning
natijalarini nazorat va tahlil qilish, umumlashtirish
(oʻquvchilar nimalarga
oʻrgandilar?).
Tarbiya jarayonini loyihalashtirish davrida tarbiyachi oʻquvchilar bilan
oʻtkazilishi lozim boʻlgan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish chog‘ida
qoʻllaniladigan uslub, shakl va usullarni tanlaydi. Soʻngra, aniq tarbiyaviy ishlarga
qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshiradilar. Keyinchalik, ular ishni nazorat qilish
mexanizmini aniqlaydilar (Nima ma’qul keldi? Nima ma’qul kelmadi? Nega? Nima
yaxshi edi-yu, nimadan voz kechish kerak? Kim ajralib turdi? ) va hokazo.
Bu ishlarning hamasini umumlashtirib ta’lim muassasalarining tarbiyaviy
ishlar texnologiyasi – ta’lim muassasasi sharoitida qoʻyilgan maqsadlarni amalga
oshirishda har bir aniq tarbiyaviy ishni oʻtkazish va tahlil qilish uchun qoʻllaniladigan
uslub va shakllar yig‘indisidan iborat ekanligini aniqladik. Masalan, ta’lim
muassasasida oʻquvchilarning oʻqishi va tarbiyasi davrida guruhlarda, fakultetlarda,
universitetlarda, institutlarda turli xil qiziqarli tadbirlar, bayramlar, tanlovlar,
shuningdek, sportga, mehnatga, ijodiy ishga, badiiy mavzuga bag‘ishlangan tadbirlar,
mashg‘ulotlar, oʻyinlar, sayllar, lineykalar, va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi. Har bir
tarbiyaviy ish va tadbirga mos uni tayyorlash va oʻtkazish uslubi mavjud. Lekin,
mazmunsiz uslubiyot ham oʻz-oʻzidan mavjud boʻlmaydi, chunki tarbiya jarayonini,
eng avvalo, tarbiyaviy ishning aniq mazmuni va shakli orqali amalga oshirish
moʻljallanadi. SHunday ekan, aniq tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi va samaradorligi
- ularni tayyorlash va oʻtkazish, tarbiyachilarning oʻquvchilar bilan jamoaviy
faoliyatini tashkil qilishi tarbiyaviy ishlar texnologiyasi tizimiga bog‘liq.
Odatda tarbiyaviy ishlar jamoaviy va ijodiy tabiatiga ega boʻladi va mos
ravishda jamoaviy tarbiyaviy ishlar (JTI) yoki jamoaviy ijodiy ishlar (JII) deb
nomlanadi. JII – ish va oʻyin, ijod va oʻrtoqlik, hayotiy umid va xursandlik bilan
343
toʻldirilgan va ayni paytda, asosiy tarbiyaviy vosita boʻlgan jarayonni tashkil etish
usulidir. Tarbiyaviy ishlarda tarbiyachilar va oʻquvchilar oʻzaro hamkorligining
shakllari, vositalari va usullari uyg‘unlashib ketadi.
Tarbiyaviy ishlar asosida ikkita: faol va majmuaviy yondashuvlar yotadi.
YOndashuvlarning
birinchisi,
faoliyatning bilish, mehnat, ijtimoiy, badiiy, sport va
erkin muloqot kabi turli koʻrinishlarnitashkil etishni talab etadi.
Ikkinchi
majmuaviy
yondashuv esa, faoliyatning barcha koʻrinishlarining yagona jarayonga ta’siri bilan
tabiiy “qoʻshilib” ketishida namoyon boʻladi. Tarbiyaviy ishlar, ayni paytda, oʻziga
axloqiy, estetik, siyosiy va aqliy (intellektual) ta’sirlarni qamrab oladi. Faoliyatga oid
yondashuv tarbiya yoʻnalishiga ishora qilsa, majmuaviy yondashuv - uning mazmun
tabiatini (pedagogik maqsad (vaziyat, tarbiyaviy maqsadning asosiy va bog‘liq
tomonlarini shakllantirish) ni; rejalashtirish; tashkil etish va tayyorlashni; ishni
bevosita amalga oshirishni; erishilgan natijalar tahlilini) belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |