Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


Tinch - Hind okeanlari yo’nalishida



Download 4,44 Mb.
bet27/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

1. Tinch - Hind okeanlari yo’nalishida;
2. Atlantika - Shimoliy Muz okeanlari yo’nalishida.
Jahon suvayirg’ich chizig’i Janubiy Amerikadagi Gorn burnidan boshlanib, And, Kordilera tog’laridan Bering bo’g’oziga, undan Chukotka tizmalari, Anadir yassi tog’lari, Gidan, Stanovoy, Yablonovoy, Markaziy Osiyo tog’liklari, Tyanshan, Pomir, Kopettog’, Arabiston yarim orolining shimoliy qismi, Afrikada esa meridian yo’nalishi bo’yicha o’tadi. Materikning janubiy qismiga yaqinlasha borganda, Hind okeani qirg’oqlari tomon buriladi (Dunyo tabiiy kartasiga qarang).
Jahon suvayirg’ich chizig’idan tashqari nisbatan kichik o’lchamlardagi quyidagi suvayirg’ichlar mavjud:
- ichki suvayirg’ichlar - materiklarga yoqqan yog’inlardan hosil bo’lgan yuza oqimni okeanga tutash (chekka oqimli hudud) va berk havzalar (ichki oqimli hudud) bo’yicha taqsimlaydi. Orol-Kaspiy berk havzasini chegaralaydigan suvayirg’ich chizig’i ichki suvayirg’ichlarga misol bo’ladi;
- okean va dengiz suvayirg’ichlari – yuza oqimni okeanlar va dengizlar havzalari bo’yicha taqsimlaydi;
- daryo suvayirg’ichlari - daryolar suv to’playdigan havzalarni bir-biridan ajralib turishini ta’minlaydi.
Tog’li hududlarda suvayirg’ichlar tog’ cho’qqilarining eng baland nuqtalaridan o’tadi va uni aniq o’tkazish mumkin. Biroq, tekislik hududlarda, buning aksicha, suvayirg’ich chizig’ini o’tkazish ancha murakkabdir.
Yuqorida aytib o’tilganidek, daryolar yer usti va yer osti suvlari hisobiga to’yinadi. Shunga mos ravishda yer osti va yer usti suvayirg’ichlari mavjuddir.
Yer sirtining daryo sistemasi joylashgan va suvayirg’ich chiziqlari bilan chegaralangan qismi daryo havzasi deyiladi.
Daryo sistemasi suv yig’adigan maydon suv to’plash maydoni deyiladi.
Ko’pchilik hollarda daryo havzasi va suv to’plash maydoni mos tushadi. Lekin, ayrim hollarda suv to’plash maydoni daryo havzasi maydonidan kichik bo’ladi. Masalan, Ob bilan Irtish, Irtish bilan Ishim daryolari orasidagi kichik daryochalar bosh daryoga yetib borolmaydi. Natijada ular suv to’playdigan maydon asosiy daryoga suv bermaydi.

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish