Ma’ruza mavzusi: asl biriktiruvchi to‘qima



Download 322,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana19.04.2022
Hajmi322,74 Kb.
#563566
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 ed6e86efcee406bb3336f67a712c2f8c

To‘qima bazofillari
– semiz hujayralar, labrotsitlar. 
Mayda qon tomirlar bo‘ylab, ichki organlar epiteliysi ostidan biriktiruvchi 
to‘qimada joylashadi. Sitoplazmasida maxsus donachalar saqlaydi. Bu hujayralar 
maxalliy gomeostazni boshqaradi, qonning ivishini kamaytiradi, qon-to‘qima 
to‘sig‘i o‘tkazuvchanligini oshiradi, yallig‘lanish jarayonlarida va immun 
reaksiyalarida ishtirok etadi. Ular noto‘g‘ri yoki yumaloq shaklga ega, ularning 
donalari metilen ko‘ki bilan bo‘yaladi. Donalarida geparin – sulfatlangan 
glikozaminoglikan saqlanadi, shuning hisobiga hujayrada metaxromaziya 
kuzatiladi; gistamin –gistidining hosilasi bo‘lib, anafilaktik reaksiyada hujayradan 
tashqariga chiqadi va allergik reaksiya chaqiradi; serotonin – silliq mushak 
to‘qimasining qisqarishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ultrastruktura – yumaloq yadro, qisqa sitoplazmatik o‘simtali noto‘g‘ri 
shakldagi hujayra, ko‘plab mitoxondriya, kam miqdorda donador endoplazmatik 
to‘r, unchalik ko‘p bo‘lmagan silliq EPT, Goldji kompleksi yaxshi rivojlangan. 
Donalar geterogen, to‘rsimon qavatli, kristallsimon va aralash tuzilishga ega. 
Sitoplazmada quyidagi fermentlar saqlanadi: lipaza, kislotali va ishqoriy fosfataza, 
peroksidaza, 
sitoxromoksidaza, 
ATF-aza, 
markerli 
ferment 
– 
gistidindekarboksilaza, bu ferment gistaminning hosil bo‘lishida qatnashadi. 
Taxmin qilinishicha, bu hujayralarning rivojlanish manbai bo‘lib qonning o‘zak 
hujayralari hisoblanadi, ular peritsitlardan hosil bo‘lishi ham mumkin. 
Plazmotsitlar
– immun sistemaning effektor hujayralari bo‘lib, V-
limfotsitlardan hosil bo‘ladi, antitelolar ishlab chiqarib, gumoral immunitetni 
ta’minlaydi. Ichak shilliq qavati xususiy plastinkasining siyrak biriktiruvchi 
to‘qimasida, charvida, taloqda, limfa tugunlarida, suyak ko‘migida uchraydi. 
Hujayralar yumaloq shaklda, uncha katta bo‘lmagan o‘lchamda, ko‘plab ribosoma 
hisobiga sitoplazma bazofil, donador endoplazmatik to‘r yaxshi rivojlangan. 
Sitoplazmaning deyarli hamma qismini yadro atrofini konsentrik qavat hosil qilib 
to‘ldirib turadi. YAdroning oldida uncha katta bo‘lmagan tiniq soha bo‘lib, hujayra 
markazi va Goldji kompleksini tutadi. 
Adipotsitlar




Hujayralar, yog‘ zaxirasini tuplab, energiya hosil bo‘lishiga sarflanadi. Gurux-
gurux bo‘lib yoki alohida bo‘lib joylashadi, ko‘plab to‘planib yog‘ to‘qimasini 
hosil qiladi va maxsus xususiyatga ega bo‘lgan to‘qimaga taaluqli hisoblanadi. 
Hujayralar sharsimon shaklga ega, yog‘ning bitta katta tomchisi atrofida yupqa 
sitoplazma xalqasi, yadro, mitoxondriya, pinotsitoz pufakchalar bo‘ladi.
Ulardagi neytral lipidlarning glitserin va yog‘ kislotalarigacha parchalanishi 
lipaza fermenti yordamida amalga oshadi. Bu hujayralar to‘yib ovqatlanlanganda 
tomirlar atrofidagi adventitsial hujayralardan hosil bo‘ladi.
Peritsitlar
– perivaskulyar hujayralar bo‘lib, o‘simtalarga ega. Ular kapillyar 
endoteliysi bazal membranasining yoriqlarida joylashadi. Ular mezenxima 
hujayralarining xususiyatlarini o‘zida saqlaydi. Taxmin qilinishicha, bu hujayralar 
osteoblastlar, silliq mushak hujayralari, fibroblastlar va semiz hujayralarning hosil 
bo‘lish manbai bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 322,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish