MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
8
- maktabgacha ta‘limda ish hujjatlari
bilan ish olib borish, bu faoliyat jarayonida mudira va
uslubchining vazifalari o`rganiladi.
3. Maktabgacha ta‘lim tizimida ta‘lim jarayonlarini amalga oshirilishi
Maktabgacha ta‘lim uzluksiz ta‘lim tizimining boshlang‘ich halqasi bo‘lib hisoblanadi. U
sog‘lom va har tomonlama yetuk bola shaxsi shakllanishini ta‘minlashga, uni muntazam ravishda
ta‘lim
olishga tayyorlab, uni o‘qishga bo‘lgan havasini uyg‘otishga qaratilgan bo‘lib, bu 6-7
yoshgacha bo‘lgan davrda davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta‘lim muassasalarida va
oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta‘lim maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda
jamoatchilik va xayriya tashkilotlari, mahalliy uyushmalar (mahalla), xalqaro
fondlar faol ishtirok
etadilar.
Maktabgacha ta‘lim – bolaning individual, yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning
jismoniy va psixik rivojlanishini, uzluksiz ta‘limning keyingi bosqichi – maktabga o‘z vaqtida va
to‘laqonli o‘tishini ta‘minlovchi har tomonlama, maqsadga yo‘naltirilgan ta‘lim va tarbiya
jarayonidir.
Maktabgacha ta‘lim olishning shakl va usullaridan qat‘iy nazar
quyidagi vazifalarni hal
qilish lozim:
bolalarning jismoniy va psixik salomatligini mustahkamlash;
bolalarni milliy, umuminsoniy, ahloqiy va madaniy qadriyatlarga o‘rgatish;
bolaning aqliy qobiliyatini rivojlantirish;
milliy an‘analar va urf-odatlar asosida yuqori ma‘naviyat va ahloq
asoslarini shakllantirish;
maqsadga yo‘naltirilgan va muntazam ravishda bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash,
ularning individual xususiyatlari va iste‘dodini rivojlantirish.
Yuqorida ta‘kidlanishicha, O‘zbekiston Republikasidagi maktabgacha ta‘lim maktabgacha yoshdagi
bolaning individual xususiyatlariga, davlat va jamiyat ehtiyojlariga bog‘liq holda har tomonlama
rivojlanishini ta‘minlashi lozim.
Maktabgacha yosh davrining xususiyati shundan iboratki, aynan shu davrda turli xil ijtimoiy
bilimlar, ko‘nikma, malakalar va faoliyatning turli turlarini egallashda zamin bo‘lib xizmat qiluvchi
umumiy rivojlanish ta‘minlanadi.
Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta‘lim jarayonidan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagilar ta‘lim
va tarbiyasi shaxs shakllanishida insonparvarlik tamoyili va ijodiy
yondashuvga asoslangan
tarbiyaning metod va yo‘llari tizimidan iborat bo‘lgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga
asosan amalga oshirilishi zarur.
Hamkorlik pedagogikasining asosiy qoidalari – tarbiyachi va bolaning ijodiy o‘zaro ta‘siri
sifatida ta‘limga munosabat; ixtiyoriy ravishda o‘qitish; mushkul maqsad g‘oyasi (bola oldida
murakkab maqsad qo‘yiladi va uni yengib o‘tish ishonchi singdiriladi);
tayanchdan foydalanish
(tayanch signallar); o‘z-o‘zini tahlil qilish (bolalar faoliyatini individual va jamoaviy xulosalash);
erkin tanlash (o‘quv materialini bolalar tomonidan yaxshiroq o‘zlashtirilishi maqsadida
tarbiyachining o‘quv vaqtidan o‘z ixtiyoricha foydalanishi); guruhning intellektual foni (ta‘limning
mazkur davrida zaruriy hayotiy maqsadlarni qo‘yish va o‘quvchilarni dasturga nisbatan ko‘proq
bilimlarni olishi); tarbiyaga shaxsiy yondashuv, tarbiyachilar va ota-onalar hamkorligi.
Ta‘lim natijasi bo‘lib, bolaning shaxsiy sifatlari: mehribonlik,
xayrixohlik, dilkashlik,
vijdonlilik, to‘g‘rilik, maqsadga intiluvchanlik, tashabbuskorlik, qat‘iyatlilik,
uyushqoqlik,