Yakuniy nazorat ishi



Download 84,5 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi84,5 Kb.
#48990
Bog'liq
Solayeva Z


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

MAXSUS SIRTQI BO`LIMI

MAKTABGACHA TA’LIM

yo‘nalishi


III BOSQICH 178- GURUH TALABASI

Solayeva Zulfiyaning

"MAKTABGACHA TA'LIMDA MUTAXASSISLIKKA KIRISH"

fanidan


YAKUNIY NAZORAT ISHI

So`rovnoma -14



  1. Maktabgacha ta`limning rivojlantirish yo`llari.

2.O`zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarining rivojlanish tizimi.

3. “Ilk qadam” haqida tushuncha.




  1. Maktabgacha ta`limning rivojlantirish yo`llari.

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich halqasi bo’lib hisoblanadi. U sog’lom va har tomonlama Etuk bola shaxsi shakllanishini ta’minlashga, uni muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlab, uni o’qishga bo’lgan havasini uyg’otishga qaratilgan bo’lib, bu 6-7 yoshgacha bo’lgan davrda davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda jamoatchilik va xayriya tashkilotlari, mahalliy uyushmalar (mahalla), xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

Maktabgacha ta’lim – bolaning individual, yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini, uzluksiz ta’limning keyingi bosqichi – maktabga o’z vaqtida va to’laqonli o’tishini ta’minlovchi har tomonlama, maqsadga yo’naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir.

Maktabgacha ta’lim olishning shakl va usullaridan qat’iy nazar quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:



  • bolalarning jismoniy va psixik salomatligini mustahkamlash;

  • bolalarni milliy, umuminsoniy, ahloqiy va madaniy qadriyatlarga o’rgatish;

  • bolaning aqliy qobiliyatini rivojlantirish;

  • milliy an’analar va urf-odatlar asosida yuqori ma’naviyat va ahloq asoslarini shakllantirish;

  • maqsadga yo’naltirilgan va muntazam ravishda bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va iste’dodini rivojlantirish.

Yuqorida ta’kidlanishicha, O’zbekiston Republikasidagi maktabgacha

ta’lim maktabgacha yoshdagi bolaning individual xususiyatlariga, davlat va jamiyat ehtiyojlariga bog’liq holda har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim.

Maktabgacha yosh davrining xususiyati shundan iboratki, aynan shu davrda turli xil ijtimoiy bilimlar, ko’nikma, malakalar va faoliyatning turli turlarini egallashda zamin bo’lib xizmat qiluvchi umumiy rivojlanish ta’minlanadi.

Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim jarayonidan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagilar ta’lim va tarbiyasi shaxs shakllanishida insonparvarlik tamoyili va ijodiy yondashuvga asoslangan tarbiyaning metod va yo’llari tizimidan iborat bo’lgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga asosan amalga oshirilishi zarur.

Hamkorlik pedagogikasining asosiy qoidalari – tarbiyachi va bolaning ijodiy o’zaro ta’siri sifatida ta’limga munosabat; ixtiyoriy ravishda o’qitish; mushkul maqsad g’oyasi (bola oldida murakkab maqsad qo’yiladi va uni Engib o’tish ishonchi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o’z-o’zini tahlil qilish (bolalar faoliyatini individual va jamoaviy xulosalash); erkin tanlash (o’quv materialini bolalar tomonidan yaxshiroq o’zlashtirilishi maqsadida tarbiyachining o’quv vaqtidan o’z ixtiyoricha foydalanishi); guruhning intellektual foni (ta’limning mazkur davrida zaruriy hayotiy maqsadlarni qo’yish va o’quvchilarni dasturga nisbatan ko’proq bilimlarni olishi); tarbiyaga shaxsiy yondashuv, tarbiyachilar va ota-onalar hamkorligi.

Ta’lim natijasibo’lib, bolaning shaxsiy sifatlari: mehribonlik, xayrixohlik, dilkashlik, vijdonlilik, to’g’rilik, maqsadga intiluvchanlik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, uyushqoqlik, mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik, ziyraklik, vazminlik, dovyuraklik, mustaqillilik, ishchanlik, kuzatuvchanlik, bilimdonlik va shu kabilar mazmunini o’zgartirish hisoblanadi.

Ta’lim tomonidan zamonaviy jamiyatga integratsiyalashgan (qo’shilgan) va uni takomillashtirishga yo’nalgan odam va fuqaroning vujudga kelishi, bilimlarning zamonaviy darajasiga mos keluvchi olam tasvirining shakllanishi; shaxsning milliy va jahon madaniyatiga integratsiyasi uchun shart-sharoit yaratuvchi jamiyatning umumiy va professional madaniyatining jahon darajasiga teng kelishi; jamiyatning milliy kadrlar imkoniyatini takror ishlab chiqarish va rivojlantirish ta’minlanadi.

Uzluksiz ta’lim jarayonining yakunlanish muvaffaqiyati ta’limning normativ belgilangan bosqichi sifatida ta’lim darajasi haqida dalolat beradi. Maktabgacha yoshdagi bola uchun bilim darajasi – bu shaxs sifatlari va xususiyatlarining rivojlanish darajasi, ta’lim standartiga asoslangan yoshga va dastur talablariga bog’liq holda erishilgan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisidir.

Maktabgacha ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagilar ta’lim va tarbiyasining shaxsiy yo’nalganlik modeli ustuvor bo’lib hisoblanadi. Shaxsiy yondashuvning maqsadi – bu shaxsning shakllanishi bo’lib, belgilangan standart bo’yicha uni o’zgartirish emas, balki uni qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilishdir. Shaxsiy yondashuv ta’lim jarayoni sub’ektining shaxsiy vazifalari (funktsiyalari) rivojlanishining to’laqonli namoyon bo’lishi uchun shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. Shaxsiy vazifalar – “shaxs bo’lish” ijtimoiy buyurtmasini amalga oshiruvchi ma’lum bir sifatlarni shaxs tomonidan namoyon bo’lishidir.

Ta’lim jarayonini tashkil qilishning asosi sifatida shaxsiy yondashuv shaxsning jamoada e’tirof etilishi, unda insonparvarlik o’zaro munosabatlarini yaratishni bildiradi. Mazkur munosabatlar sababli bola o’zini shaxs sifatida anglab, boshqa insonlar (kattalar va tengdoshlar)da ham shaxsni ko’ra olishga o’rganadi. Tengdoshlar, bolalar jamoasi har bir bolaning imkoniyatlari amalga oshirilishi kafolati sifatida namoyon bo’ladi. Har bir bolaning shaxsiy imkoniyatlari amalga oshirilishining yo’llari pedagogning qadriyatlar yo’nalganligiga, ya’ni uning moddiy va ma’naviy qadriyatlarga , hulq-atvorda namoyon bo’luvchi ustanovkalar tizimi, e’tiqod, afzalliklarga tanlab munosabatda bo’lishiga bog’liq.

Pedagogning qadriyatlari yo’nalganligi uning kasbiy faoliyat yo’nalishini belgilaydi. Shaxsiy yondashuv pedagog va bolaga o’zini shaxs deb anglashiga yordam berishni, ular imkoniyatlarini aniqlash va ochishni, o’z-o’zini anglash shakllanishini, o’z o’rnini belgilashning shaxsiy muhim va ijtimoiy maqbul usullarini amalga oshirishni, o’z-o’zini namoyon qilishni va o’z mavqeini tasdiqlashni nazarda tutadi.

Ta’lim tashkilotsida bola shakllanish muammosida oilaviy tarbiya sharoitlarini xisobga oluvchi va bolaning shaxsiy salohiyati va qobiliyatini ochishga qaratilgan tarbiya haqidagi zamonaviy ilmiy ma’lumotlarni amalda qo’llovchi pedagogningo’rni masalasini ko’rib chiqish talab etiladi.

Pedagogga shaxsiy yo’naltirilgan yondashuvni amalga oshirishda pedagogik o’zaro ta’sirni davrma-davr rejalashtirishdan “pedagog faoliyatining vositasi sifatida emas”, balki pedagog va bola “shaxsining namoyon bo’lish usuli” sifatida foydalanish zarur (P.Blonskiy, A.Leontev).

Pedagogik o’zaro ta’sirning birinchi davrida pedagog bola bilan psixologik aloqani o’rnatish maqsadida birgalikda xatti-harakatlarni shakllantirib rivojlantiradi (qabul qilish va yoqtirish xissi, bir-biriga ishonch, emotsional hamdardlik, o’zaro xatti-harakatlarni tushunish va kelishilganlik), pedagogik aloqani emotsional- shaxsiy aloqaga “o’tkazadi”. Kattalar va bolalar o’zaro ta’sir xarakteriga javobgarlik o’zaro munosabatlarni o’rnatishni biluvchi kattalar zimmasida qoladi.

Ikkinchi davrda bolani psixologik qo’llab-quvvatlash, kattalar bilan muloqotda konkret-emotsional, amaliy ta’sir qiluvchi va odob-ahloq aloqasiga erishish maqsadlarida namoyon bo’ladi.

Bola shaxsi shakllanishini psixologik qo’llab-quvvatlash – bu kattalar tomonidan bola muammosini tushunish, qabul qilish, tan olish va ularni hal qilishda yordam berishdir. Uning asosiy maqsadi pedagogik muloqotning kundalik vaziyatlarida kattalar va bolalar emotsional-shaxsiy munosabatlari shakllanishidan iborat. Tarbiyachi shaxsiy-rivojlanuvchi o’zaro ta’sir sharoiti sifatida psixologik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishda:



  • pedagoggavao’z-o’zigaishonishimkoniyatiniberib, bolaga nisbatan mehr-muhabbat, g’amxo’rlik, samimiylik bildiradi;

  • o’z-o’ziga baho berish va u uchun o’zining ahamiyatga egaligini mustahkamlash maqsadida bolaning fazilatlarini ongli ravishda ta’kidlaydi;

  • xatolarga yo’l qo’yish qo’rquvini ketkazib, bola uchun ijobiy emotsional makon yaratadi;

  • bolaning muvaffaqiyatsizligini tushungan holda qabul qilib, u bilan birga ularni Engib o’tish yo’llarini aniqlaydi. Bunday yondashuv asosida “kattalar-bolalar” o’zaro ta’sir tizimining shaxsiy yo’naltirilgan qoidalaridan biri yotadi. Bunga ko’ra har bir inson, xususan ta’lim oluvchi xato qilish va uni tuzatish huquqiga ega;

  • bolani tarbiyalamasdan, balki muammoni bola tomonidan hal qilinishiga yo’lboshchilik qiladi.

Shunday qilib, pedagog (katta odam) psixologik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirib, maktabgacha davrdagi bola shaxsi shakllanishini ta’minlovchi, taraqqiyotning shart-sharoiti, xarakteri va kelajagi uchun majburiyatni o’z zimmasiga olib, asosiy omil sifatida ishtirok etadi. Bola esa o’z navbatida ijtimoiy hulq-atvor namunasi sifatida kattalarning munosabatini kuzatib (tahlil qilib), ijtimoiy maqbul va adekvat hulq-atvor normalarini o’zlashtiradi.

Psixologik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish pedagog va bola emotsional-shaxsiy munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi. Emotsional-shaxsiy qo’llab-quvatlanishni qidirish maqsadida pedagog bilan o’zaro munosabatga kirishib, muloqot davomida namoyon bo’lgan sifatlar (diqqat-e’tibor, xayrixohlik va b.) orqali uni bilib oladi. Keyingi galda bola aynan shu xususiyatga ishongan holda aloqaga kirishib, unda emotsional-ijobiy o’z-o’zini his qilish, atrofdagilar uchun keraklilik xissi shakllanadi.

Pedagogik o’zaro ta’sirning uchinchi davrida o’zaro ta’sirning uslubi sifatida “pedagogik his qilish”ning shakllanishiga, pedagog va bolaning bir-biriga ta’sir ko’rsatishning tuzilishi sifatida o’zaro munosabatlar ma’lum bir turining yuzaga kelishiga olib keluvchi emotsional-shaxsiy munosabatlarning rivojlanishi yuz beradi.

Hamkorlik pedagogikasi kattalarga (tarbiyachilar, ota-onalar va b.) ta’lim va tarbiya jarayonida muloqotning altruistik uslubidan foydalanish zarurligini uqtiradi. Pedagog bolaga bunday ta’sirni amalga oshirishda unga hukmronlik qilib, nazorat, majburlash kabi ta’sirlardan voz kechib, tarbiyalanuvchiga erkin tanlash huquqini beradi. Bola muloqotning mazkur uslubida chegarasiz, so’zsiz o’z-o’ziga, shaxsiy imkoniyatlariga bo’lgan ishonch vaziyatiga tushadi. Bunday vaziyat natijasi sifatida maktabgacha yoshdagi bolalarda ahloqiy o’z-o’ziga baho berish: o’zganing ishonchini his qilgan holda o’zining imkoniyatlariga ishona boshlaydi. Pedagogning bolaga nisbatan beg’arazligi uni ham beg’araz harakat qilishga undaydi.

Shunday qilib, pedagogik o’zaro ta’sirning uchinchi yakunlovchi davrida uyg’un munosabatlar tizimi sifatida ikki tomonlama muloqotga kirishuvchilarning bir-biriga ta’sir tizimi shakllanadi. Bunda kattalar va bolalar faolligi, o’zaro munosabatlarining ishonchliligi, bolani psixologik himoya qilish darajasi va o’zaro tushunishga erishish ortadi.

O’zaro ta’sir tomonlarning (pedagog va bola) vakilligi kattalar pozitsiyasi tomonidan “pedagogik his qilish”ni egallash, tarbiyachi o’z shaxsini o’zgartirishi, shaxsiy ziddiyatni kamaytirish, tarbiyalanuvchi “pozitsiya”sini egallash ko’nikmasini o’zlashtirish, bolani emotsional qabul qilish, unga ruhiy jarohat Etkazish imkoniyatini yo’q qilish va uning shaxsiy taraqqiyotiga ishonch bildirishni taxmin qiladi.

Bola pozitsiyasi tomonidan o’zaro ta’sir tomonlarining vakilligi uning kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro ta’sir va muloqotda bo’lish ehtiyojlarida; tarbiyachiga yordam berishda shaxsiy va tarbiyachining unga nisbatan munosabat xatti-harakatlarini anglashda; tengdoshlarining o’z shaxsiy muammolarini tushunib Etish (refleksiya)da namoyon bo’ladi.

Shunday qilib, tarbiyachining pedagogik o’zaro ta’sir davrlari emotsional-shaxsiy aloqani o’rnatish va yaratishga (I davr); pedagog va o’quvchi o’rtasidagi emotsional-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga (II davr); munosabatlarning uyg’unlik tizimini shakllantirishga (III davr) yo’naltirilgan.


2.O`zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarining rivojlanish tizimi.
O`zbekistonda ta`lim tizimidagi ulkan yo`qsalishlar XX asrning 50-yillariga to`g`ri keladi. Bu yillarga kelib, maktabgacha tarbiya sohasida malakali oliy mahlumotga ega bo`lgan kadrlar tayyorlashga kuchli ehtiyoj sezildi.

Davlatimiz tomonidan qabul qilingan qarorga binoan 1935 yilda Nizomiy nomli TDPI tashkil etildi va xuddi shu yildan boshlab, «Maktabgacha pedagogika» kafedrasi o`z faoliyatini boshlaydi. 70-yillik tarixiy davr mobaynida maktabgacha pedagogika kafedrasi katta ijodiy yo`lni bosib o`tdi.

O`zbekistonda maktabgacha tarbiya bo`yicha oliy mahlumotli mutaxassislarni tayyorlash borasida tashkiliy-’edagogik, ilmiy-metodik, o`quv-tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib borishda maktabgacha pedagogika kafedrasi namunali ishlarni tashkil etdi.

1954 yilgacha «Maktabgacha pedagogika» kafedrasining tashkil etilishi quyidagi bosqichlarda rivojlandi:

1928-29 yillarda Belinskiy nomidagi kechki pedagogika Instituti «Maktabgacha tarbiya bo`limi»ni 28 ta talaba bitirib chiqdi. Bular – 15 ta o`zbek va 13 rus guruhi talabalaridan iborat edi.

«Maktabgacha pedagogika» sohasi fani o`qituvchilari yetishmasligi sababli, bitiruvchilar bu fanni tinglash maqsadida Moskva shahriga yuboriladi.

Toshkent shahriga bu mutahasisilik yetakchi pedagog-olimlardan Flerina Ye.A., CHuvashev, Krasnogorskaya, D.V.Mendjeritskaya, A.M.Leushina, Rudnevlar taklif qilinadi.

FarG`ona shahriga esa Bass, Rudnik, Kvilg’man F.T lar yuboriladi. 1954 yilgacha 493 ta mutaxassis tayyorlandi. O`zbekistonning bir qancha viloyatlarida ham maktabgacha tarbiya bo`limi va faqo`lg’tetlari jadallik bilan tashkil etildi.

1933 yilda FarG`ona pedagogika Institutida maktabgacha ta`lim mutaxassisligi bo`yicha 21 ta, 1936 yilda 18 ta kadrlar tayyorlandi, 1937 yilda esa o`qituvchi kadrlar yetishmasligi tufayli tugatildi.

Qo`qon kechki pedagogika Institutida ham 1928 yilda maktabgacha tarbiya bo`yicha kadrlar tayyorlandi.

1954 yilda maktabgacha pedagogika kafedrasiga kafedra mudiri etib, maktabgacha soha bo`yicha 1-fan nomzodi A.V.Nikolskaya tayinlandi. A.V.Nikolskaya rahbar sifatida ko`p e'tiborni milliy kadrlar tayyorlashga qaratadi.

Kafedra tashkil etilgan yillarda asosan kechki pedagogika Institutining bitirgan o`qituvchilaridan Makarevich A.S., Z.X.Ataullaeva, X.A.Ahmedova taklif etilgan olimlardan Ye.T.Nedopekina, Suxorskaya, T.R.Padalyan faoliyat ko`rsata boshladilar.

SHu yillardan boshlab, kafedra Z.A.Yagudina, L.Kaipova, G.G.Korneeva, K.Saidalieva, S.A.Ishniyozova, A.G.Nazarova, E.M.Rozbaeva kabi o`qituvchilar bilan to`ldirildi.

1961 yilga kelib, Belinskiy nomli kechki pedagogika Instituti bilan Nizomiy nomli toshkent Davlat pedagogika Instituti birlashtiriladi.

Kechki va kunduzgi maktabgacha tarbiya kafedralari ham birlashtirilib, buning natijasida jami 14 ta o`qituvchi faoliyat ko`rsata boshlaydilar.

1956 yilda Sirtqi bo`lim tashkil etilib, dekan lavozimiga uslubiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirdi. SHu yili bo`limda 188 ta talaba taxsil olgan. «Maktabgacha tarbiya» bo`limida o`qiyotgan talabalarning sonini keskin ortirish bilan malakali o`qituvchilarning 2-avlod vakillari – K.I.Ismailova, M.M.Djalilova, M.M.Gaybullaeva, U.SH.Azimova, Ibragimova o`z faoliyatlarini boshlaydilar. Bu ishlarga bog`cha-amaliyotchi-metodistlaridan S.G.’odolg’skaya, A.V.Grigorg’eva ham jalb qilinadi.

1952 yilda O`zbekistonda birinchi marotaba maktabgacha pedagogika sohasi bo`yicha as’irantura ochiladi va dotsent A.V.Nikolskaya rahbarligida 4 ta o`qituvchi – E.M.Razbaeva, A.G.Nazarova, M.Daminova,K.I.Ismailova shuningdek M.M.Djalilova, K.Saidalieva bitirib chiqadilar. Keyinchalik esa pedagogika fanlari nomzodi SH.A.Abdullaeva, katta o`qituvchi F.Yu.Yuldasheva faoliyat ko`rsatadilar.

Kafedra professor va o`qituvchilari maktabgacha tarbiyaga oid bo`lgan muammolarni hal etish, maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berishga qaratilgan dolzarb mavzular bo`yicha o`z ilmiy ishlarini himoya qilib, vatanimiz fani taraqqiyotiga ulkan hissalarini qo`shgan.

1954-1960 yillarda dotsent - A.V.Nikolskaya

1960-1969 yillarda dotsent – A.S.Makarevich

1969-1980 yillarda dotsent – K.I.Ismailova

Kafedra mudiri bo`lib ishlardilar.

1979 yilda «pedagogika va ‘sixologiya» faqo`lg’tetidan «Maktabgacha tarbiya» bo`limi mustaqil faqo`lg’tet sifatida ajralib chiqadi.

Maktabgacha pedagogika kafedrasi ikkiga:

«Maktabgacha pedagogika» va «Maktabgacha tarbiya metodikasi» kafedralariga bo`linadi.

«Maktabgacha pedagogika» kafedrasiga dotsent E.M.Razbaeva kafedra mudiri qilib tayinlandi. Faqo`lg’tet dekani etib dotsent G.SH.Abdullaeva (endilikda filologiya fanlari doktori, professor) tayinlandi. Bu yillarda mamlakatimizda maktabgacha tarbiya muassasalarining tarmog`i nihoyat darajada kengayib, aholining maktabgacha tarbiya muassasalariga bo`lgan talabi orta bordi. Maktabgacha tarbiya tizimidagi bunday takomillashuv, oliy mahlumotli kadrlar tayyorlashga bo`lgan talabni yanada ortiradi. Faqo`lg’tet va kafedralar oldiga Xalq ta`limi Vazirligi va institut tomonidan katta vazifalar qo`yiladi.

Bunda: «Bolalar bog`chasi ta`lim-tarbiya ‘rogrammasi»ni mahalliylashtirish va takomillashtirish, «Bolalar bog`chasi va oila hamkorligini o`rnatish», «Bolalarni rus tiliga o`rgatish», «Bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash» masalalariga qaratilgan Qarorlar, Qonun va direktiv va mehyoriy xujjatlar qabul qilinadi.

Kafedraga maktabgacha tarbiya muassasalarida ishlab, amaliy tajriba ortirgan pedagoglarni o`qituvchi lavozimiga qabul qilinadi. Bulardan katta o`qituvchi U.S.Alieva, SH.K.Toshpulatova, X.J.Djabborova, M.SH.Nurmatova, M.M.Pirmuhamedova, Yo.A.Azizxonova, X.I.Qosimova, T.M.To`xtasinova, M.N.Mirullaeva, N.Ibragimova, N.R.Rojkova, Z.SH.Alieva, S.S.Dadasheva, Ye.U.Bichurinalar edi. 1980-1985 yilgacha «Maktabgacha pedagogika» kafedrasiga dotsent S.I.Xusanxodjaeva kafedra mudiri bo`lgan davrda kafedraning ilmiy salohiyati va tashabbuskorligi yanada oshdi. Kafedra faqo`lg’tet va institut hayoti va faoliyati taraqqiyotida mahlum o`rin egallagan.

1985-1996 yillarda dotsent ‘.A.Yusu’ova, dotsent J.J.Boqievalar maktabgacha pedagogika kafedrasi mudiri lavozimida faol xizmat qilganlar. Dotsent ‘.A.Yusu’ov rahbarlik davrlarida «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi» -darsligi, «Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish», «Maktabgacha tarbiya katta guruh bolalarini o`simliklar bilan tanishtirish uslubiyoti» nomli o`kuv qo`llanmalar tayyorlandi. Dotsent J.J.Boqieva tomonidan «Bolalarni rus tiliga o`rgatish» mavzusidagi metodik qo`llanma va ilmiy maqola nashr ettirildi.

1996-1999 yillarda kafedra mudiri lavozimini vaqtincha bajaruvchi bo`lib, katta o`qituvchilardan SH.K.Tosh’ulatova va Z.SH.Alieva faoliyat ko`rsatganlar. SHu yillarda «Maktabgacha tarbiya muassasaslarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish» fani bo`yicha katta o`qituvchi SH.K.Tosh’ulatova tomonidan o`kuv dasturi (1996y) va laboratoriya o`kuv ishlari bo`yicha o`kuv qo`llanma (1998y) nashr ettiriladi.

«Maktabgacha tarbiya metodikasi» kafedrasida dots. E.M.Razbaeva 1979-1991 yillarda, dots. S.A.Gazieva 1991-1994 yillarda, 1994-1998 yillarda dotsent R.M.Qodirova kafedra mudiri lavozimida ishlaganlar.

1979-1999 yilgacha faqo`lg’tet va kafedralar quyidagi yo`nalishlar bo`yicha mutaxassislar tayyorlagan:

1. XTB lar uchun metodist-nazoratchi;

2. pedagogika bilim yurtlari uchun maxsus fanlar bo`yicha o`qituvchi;

3. Maktabgacha tarbiya muassasasining metodisti;

4. Maktabgacha tarbiya muassasasining tarbiyachisi tayyorlangan.

1998-1999 yillarda «Maktabgacha tarbiya», «Defektologiya», «Boshlang`ich ta`lim metodikasi» kafedralarini birlashtirish asosida faqo`lg’tet «pedagogika va defektologiya» deb nomlanadi.

Fakultet maktabgacha tarbiya, boshlang`ich ta`lim va defektologiya yo`nalishlari bo`yicha o`kituvchi tarbiyachilar tayyorladi. SHu yilda «Maktabgacha pedagogika» va «Maktabgacha tarbiya metodikasi» kafedralari ham birlashtirilib, «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va metodikasi» deb nomlanadi.

1999 yildan boshlab Maktabgacha tarbiya faqo`lg’teti asosida «pedagogika va ‘sixologiya» faqo`lg’teti faoliyat ko`rsata boshlaydi. Faqo`lg’tet dekani – dotsent N.S.Safaev rahbarligida faqo`lg’tet ‘sixologiya, pedagogika sohasida akademik litseylar kasb-hunar kollejlari, maktabgacha tarbiya muassasalari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab bermoqda.

2001 yildan boshlab kafedraning nomi «Maktabgacha va oilaviy ta`lim» deb yuritilmoqda.

1998 yilda kafedraga yetakchi olim p.f.n. dotsent – F.R.Qodirova ishga taklif qilinadi. F.R.Qodirova – shu Universitetda 1979 yildan boshlab xizmat qiladi.

Keyinchalik esa yosh o`qituvchi – aspirantlardan N.N.Djalilova, G.E.Djanpeisova, N.M.Egamberdieva, N.M.Qayumova, Egamnazarova SH, Avezova R, M.Rasulxo'jaeva, SH.Sodiqovalar kafedrada faoliyat ko`rsatmoqdalar. Yetakchi olimlardan professor N.Saidaxmedov, dots. D.Xoliqov ishga taklif etildi. 1999-2002 o`kuv yillarida ‘.f.n. Bichurina kafedra mudiri bo`lib ishlagan.

2002 yildan boshlab kafedra universitet kengashining qarori asosida “Maktabgacha va oilaviy ta`lim” kafedrasi deb nomlangan.

Mazkur kafedra universitetda yagona maktabgacha ta`lim yo`nalishi bo`yicha Res’ublika MTM hamda pedagogika kollejlari uchun oliy mahlumotli mutaxassislar tayyorlaydi. 2002 yili noyabrg’ oyidan boshlab universitet rektori B.G`.Qodirov taklifi bilan professor O.U.Xasanboevaga kafedra mudirligini to’shirdi.

Kafedrada 11 ta professor-o`qituvchilar faoliyat yuritar edi. SHulardan 4 ta fan nomzodi darajasiga ega o`kituvchilar faoliyat yuritishgan. Hozirda kafedrada 1 ta fan doktori, 2 ta professor, 3 ta dotsent, 6 ta katta o`qituvchi va 8 ta o`qituvchilar faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar.

Xasanboeva Oysha Usmonovna Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika Universitetida pedagogika va ‘sixologiya faqo`lhteti Maktabgacha va oilaviy ta`lim kafedrasi mudiri sifatida faoliyat kursatib kelmokda, boshlangich ta`lim uslubiyoti faqo`lg’teti talabalari uchun pedagogika tarixidan yangi dastur asosida o`quv qo`llanmasini ham yaratdi.

3.“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi

Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:

 davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

 maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;

 maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;

 maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib,

I-bobda MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.

Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.

Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.

Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1.

Davlat o‘quv dasturidaMTMningquydagi maqsad va vazifalaribelgilab berilgan.

 bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

 maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;


 bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
 bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

II-bob:- MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quydagilarni:

-MTM ta’lim jarayonining maqsadlari

-MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari

-Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish

-Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati

-Ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.

Davlat dasturida MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillariaks ettirilgan bo‘lib:

-O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.

MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:

 bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;

 ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;

 bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;

 bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;

 o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;

 bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;

 bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;

 MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;

 milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;

Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati

Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi.

Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.

Ota-onalar bilan hamkorlik

Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:

 ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;

 ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;

 ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;

 ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.


III-bob:- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga oladi.

 «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari

 «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari

 «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari

 «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari

 «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari


Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari

Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.

O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.

Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.

Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.

VI- O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTMlarda tashkil etiladigan o‘quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi.

Bunda:- MTMlarda o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.

O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.

V-bob Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari

MTM pedagoklari tomonidan:- bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasiyiliga uch marta to‘ldiriladi2(3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan) shuninkdek 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi xam to‘ldiriladi. Buxarita Davlat dasturiga muvofiq bolarivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.

6- Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida

Maktabgacha ta’limmuassasasidaquyidagi mazmunda:

-ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi,

-madaniy-tarixiy qadriyatlar:

-milliy va mintaqaviy an’analar;

-tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi yoritiladi; 7-bob. Ilovalarni o‘z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda qo‘llashning mazmun va moxiyati yoritib beriladi.

Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish yo‘llarini belgilaydilar.

Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi:

 maqsadli– bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim;

 mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim;



 tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim.
Download 84,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish