Ma’ruza mashg’ulotlari barcha ta’lim yo’nalishi uchun «hayot faoliyati xavfsizligi» fanining 2020/2021 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan


Ezilish sindromida birinchi yordam ko`rsatish



Download 1,11 Mb.
bet135/156
Sana06.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#321002
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   156
Bog'liq
hayot havfsizligi

Ezilish sindromida birinchi yordam ko`rsatish

  1. Jabrlanuvchini bosib turgan kuch ostidan imkoni boricha tezroq chiqarib olishga harakat qilish, lekin bundan oldin bosilgan joydan yuqoriga albatta bog’lam qo`yish kerak.

  2. Qattiq qon ketishini to`xtatiladi.

  3. Shokka qarshi chora qo`llanadi.

  4. Singan bo`lsa, tananing shikastlangan qismi immobilizatsiya qilinadi.

  5. Singan joy mustahkamlangach, bog’lam yechib olinadi.

Dorilarni parenteral yuborish

Bu usulda ishlatiladigan dorilar hazm yo‘llari orqali emas, balki teri ichiga, teri ostiga, mushaklar orasiga, vena va arteriyaga, qorin va plevra bo‘shlig‘iga, yurakka, to‘sh suyagiga, orqa miya kanaliga, yallig‘lanish o‘chog‘iga In’yeksiya qilib yuboriladi. Dorilar In’yeksiya qilinganda (hazm shirasi ta’sirida o‘zgarmay va jigarga o‘tmay) organizmga birmuncha tez so‘riladi. In’yeksiya qilish uchun shprits va ignalardan faydalaniladi. "Rekord", "Lyuer" tipidagi, bir marotaba ishlatiladigan va kombinirlangan shpritslar ishlatiladi. "Rekord" tipidagi shprits shisha silindrdan iborat bo‘lib, uning igna o‘rnatiladigan tomonida teshigi va gardishi, shuningdek, metal qopqoq va porsheni bor. Shprits silindri darajalangan: 1 ml ga teng yirik bo‘limlar va bu bo‘limlar o‘z navbatida 0,1 ml ga teng 10 ta mayda qismlarga bo‘lingan. Porshen silindr ichida shunday joylanishi kerakki, u silindr devoriga zich tegib turishi bilan birga oson sirg‘anadigan bo‘lsin.

"Rekord" tipidagi shpritsning hajmi 1 ml dan 20 ml gacha bo‘lib, ignasining kanyulyasi kvadrat shaklida.

"Lyuer" tipidagi shpritsning porshen va silindri shishadan tayyorlangan bo‘lib, hajmi 1 ml dan 50 ml gacha. Shprits ignasining kanyulyasi yumaloq. Porsheni silindrdan osongina chiqib ketib, tez sinadigan bo‘lgani uchun juda ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak.



Kombinirlangan shpritslarning igna o‘rnatiladigan qismidagi gardishi metalldan, silindri va porsheni shishadan yasalgan. Shprits va ignalar quruq holda saqlanishi kerak. Faqat ishlatishdan oldin 70o li spirtga solinadi. In’yeksiya uchun ishlatiladigan ignalarda mandrenlar (ingichka nozik simlar) bo‘ladi. Ulardan ignani tozalashda foydalaniladi. Mushaklar orasiga bo‘yi 10-12 sm, diametri 1-1,2 mm li, teri ostiga bo‘yi 2,5 sm, diametri 0,1-0,2 mm li, venaga bo‘yi 6-7 sm, diametri 0,8-1 mm li ignalar orqali In’yeksiya qilinadi. To‘g‘ri In’yeksiya qilish uchun shpritslarning havo o‘tkazmasligi va ignalarning ravon bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Mandrensiz ignalarni tekshirish uchun teshigi orqali suv, havo yoki efir o‘tkazib ko‘riladi. Shprits va ignadan foydalanishdan oldin ular toza suvda 60 daqiqa yoki 2% li soda eritmasida 30 daqiqa qaynatiladi. Bunda gaz, elektr plitalar, shuningdek, elektr plitasiga o‘rnatilgan sterilizatordan foydalaniladi. Shpritslar tezda yaroqsiz bo‘lib qolmasligi uchun sterilizatsiya qilish oldidan uning porsheni, silindri, ignasi alohida dokaga o‘raladi va iliq suvga solinadi. Qaynatilib bo‘lgach, yig‘iladi: oldin porshen kiritiladi, so‘ng mandren olinib, igna o‘rnatiladi. Bu ishlar pinset yordamida amalga oshiriladi: chap qo‘ldagi pinset bilan porshenni olib, uni silindrga kiritiladi. Keyin o‘ng qo‘ldagi pinset bilan ignani muftasidan ushlab silindr konusiga burab mahkamlanadi. Bu ishlardan oldin qo‘lni sovunlab, iliq suvda yoki 5% li nashatir spirti eritmasida tozalab yuvish, so‘ng spirt bilan artib barmoqlar uchiga yod eritmasidan surtish kerak.

Eritmalar shpritsga ampuladan yoki keng og‘izli sterillangan stakanchadan olinadi. Suyuqlikni ampulaning keng tomoniga o‘tkazish maqsadida ampula silkitiladi va spirt bilan artib, ingichka tomonini egovlab sindiriladi. Ampuladagi moyli eritmalarni shpritsga olishdan oldin bir necha daqiqa issiq suvda isitiladi. Umuman dorilar shpritsga keragidan birmuncha ko‘proq olinib, silindrdagi havoni chiqarish vaqtida ana shu ortiqcha dori chiqarib tashlanadi. Buning uchun shpritsning ignali tomonini yuqoriga qilib tik ushlanadi. Silindrdan gazli pufak chiqquncha, ya’ni dori tomchisi tashqarida quriguncha porshen bosiladi. Havo kirmasligi uchun shprits gorizontal holda ushlanadi. In’yeksiya qilib bo‘lgach, shprits issiq suvda yuvilib, efirda chayqab quritiladi, so‘ng igna teshigiga mandren kiritib qo‘yiladi.



Teri ostiga in’yeksiya qilish va dori quyish

Teri osti yog‘ qavati kletchatkasi qon tomirlariga juda boy bo‘lgani uchun bir necha ml dan 0,5 l gacha dori yuborish mumkin. Moyli eritmalar juda sekin so‘rilgani sababli faqat 2-3 ml in’yeksiya qilinadi. Bundan tashqari, oson so‘rilishi uchun ular ishlatishdan oldin isitiladi. Teri osti In’yeksiya si yelka, son, qorin, kurak ostiga orqa tomondan qilinadi. Terida shish yoki oldin qilingan In’yeksiya oqibatida qattiqlik paydo bo‘lsa, o‘sha joyga In’yeksiya qilish mumkin emas. In’yeksiya qiladigan joy spirtli paxta bilan ikki marta artiladi. Birinchi marta 10-15 sm joy, ikkinchi marta bevosita in’yeksiya qilinadigan joy artiladi. Bemorning terisi kir bo‘lsa, toza bo‘lguncha artib, keyin In’yeksiya qilinadi. Eritmalarni in’yeksiya qilish uchun ingichka igna, moyli dorilarni in’yeksiya qilish uchun yo’g‘onroq igna, teri ostiga dori quyish uchun uzunligi 90 mm, teshigi 1 mm li igna ishlatiladi.

In’yeksiya qilish uchun chap qo‘l bilan bemorning terisi qat-qat qilib yig‘ib ushlanadi va igna bo‘yining taxminan 2/3 qismi tezlik bilan kiritiladi. Bunda shpritsning silindri I va III-IV barmoqlar orasida ushlanadi. II barmoq igna muftasining ostida bo‘lishi kerak. Igna teriga kiritilgandan keyin I barmoq bilan porshenni bosib, dori yuboriladi. Keyin In’yeksiya qilingan joyga spirtga botirilgan toza paxtani chap qo‘l bilan qo‘yib, igna tez tortib olinadi. Dori qaytib chiqmasligi va teri osti yog‘ qavatida tez tarqalib ketishi uchun In’yeksiya qilingan joy chap qo‘ldagi paxta bilan yengil massaj qilinadi va bu joyga yod surtiladi. Yodga namlangan paxtani In’yeksiya qilingan joyda uzoq ushlash mumkin emas, aks holda terini kuydirib qo‘yadi. Moyli eritmalar infeksiya qilinganda ko‘pincha qattiqlik infiltrat hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, In’yeksiya qilingan joyga In’yeksiya kiradigan bo‘lsa, yiringli infiltrat ro‘y beradi. Teri qizarishi yoki qattiqlik sezilishi bilan darhol isituvchi kompress qilinadi. Agar yiring to‘plangan bo‘lsa, jarohat kesib tozalanadi. Bemor ko‘p suyuqlik yo‘qotganda (ko‘p qusganda, ichi ketganda), zaharlanganda, operatsiyadan keyin, ba’zan ko‘p qon yo‘qotganda teri ostiga eritma quyiladi. Ko‘pincha izotonik eritma (0,85% li osh tuzi eritmasi bilan 5% li glyukozaning teng miqdordagi aralashmasi) ishlatiladi. Katta odamga ana shunday eritmadan 300-500-1000 ml teri osti yog‘ qavatiga, son sohasining oldingi tashqi qismiga yuboriladi. Bunda Esmarx krujkasi yoki Bobrov apparatidan foydalaniladi. Bobrov apparati darajalarga bo‘lingan, hajmi 1-2 l li bankadan iborat bo‘lib, og‘zi rezina po‘kak bilan berkitiladi. To‘g‘ri burchakli qilib qayrilgan kalta va uzun ikkita shisha naycha apparat po‘kagi orqali bankaga kirgizilib, uzun rezina naycha orqali igna bilan tutashtirilgan bo‘ladi. Apparatdan foydalanayotganda banka og‘zidan po‘kak chiqib ketmasligi uchun bankaga zanjirli metall mufta kiygiziladi. So‘ng bankaga kalta naycha orqali havo yuboriladi. Unda yuqori bosim hosil bo‘lib, suyuqlik uzun naycha orqali bankadan ignaga, keyin teri ostiga o‘tadi. Yuboriladigan eritma harorati 400 bo‘lib, sovib qolmasligi uchun apparatga paxta o‘rab, issiq suv quyilgan tog‘oraga solib qo‘yiladi. Tog‘ora karavot oldidagi o‘rindiq yoki skameykada turishi lozim. Ignani badanga sanchishdan oldin havoni chiqarib yuborish maqsadida tog‘oraga 25-50 ml eritma chiqariladi. Igna ustini salfetka bilan berkitib muolajani bajarib bo‘lguncha ushlab turiladi. Teri ostiga bir xil miqdorda eritma yuborish uchun ahyon-ahyonda bankaga havo yuborib, bosim bir muvozanatda saqlab turiladi. Teri ostiga yuboriladigan suyuqlik miqdori 500 ml dan ortmasligi kerak. Dorini yuborib bo‘lgach, rezina naychani qisqich bilan qisib, sterillangan doka bilan terini bosib turib igna sug‘urib olinadi. So‘ngra yengil massaj qilib, yod surtiladi. Yuborilgan dori tez so‘rilib ketishi uchun grelka yoki kompress qilinadi. Bobrov apparatini ishlatishdan oldin u qismlarga ajratilib, dokaga o‘rab sterillanadi. Buning uchun avtoklavdan foydalanish yoki harorati 150-200 darajali quritish shkafida qizdirish mumkin. Shisha va rezina naychalar bir-biridan ajratib olinib, yaxshilab qaynatiladi. So‘ngra organizmga yuboriladigan dori bilan chayiladi. Bobrov apparati orqali yuboriladigan dorilar teri ostiga bir tekis tarqalishi uchun ignani badandan sug‘urib olmagan holda bir necha marta bir oz sug‘urib, terining boshqa tomoniga yo‘llash kerak. Bundan tashqari aseptika qoidalariga rioya qilish zarur.


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish