18-MA’RUZA. SHOK HOLATI. EZILISH SINDROMI. (IN’YEKSIYALAR)
Reja:
Shok belgilari va alomatlari. Shokda birinchi yordam ko`rsatish
Ezilgan jarohatlar belgisi va alomatlari. Birinchi yordam ko`rsatish
Dorilarni parenteral yuborish
Teri ostiga in’yeksiya qilish va dori quyish
Mushaklar orasiga in’yeksiya qilish
Shok, odatda, keng ko`lamdagi ichki yoki tashqi qon ketishi natijasida sodir bo`ladi, chunki bu aylanayotgan qon miqdori kamayishiga olib keladi, natijada hayotiy muhim organlarga kislorod yetib borishi kamayadi. Organizmdagi suyuqlikni boshqacha yo`qotish, masalan, ich ketishi, qayt qilish yoki keng ko`lamda kuyish ham shokka olib keladi. Shok hayot uchun xavfli holat bo`lib, o`limga ham sabab bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |