Son shikastlanishida birinchi yordam ko`rsatish
Son singanda suyak sinishining barcha belgilari kuzatiladi. Bunday hollarda uch: tos-son, tizza hamda boldir-panja bo`g’imlarining qimirlatilmasligini ta'minlanadi. Shu maqsadda qo`l ostida mavjud vositalar: reyka, chang’i tayogi, faner tilimidan foydalaniladi. Eng uzun qism tashqaridan qo`ltiq ostidan oyoq panjasi chuqurchasigacha, ichki qismi qovdan panjagacha belgilanadi. Shina besh joydan bog’lam bilan mahkamlanadi. Singan son yaxshi qotirilmasa, jabrlanuvchini transportda olib ketashda son arteriyasini zararlantirishi mumkin, natijada qon ketib, jabrlanuvchi shok holatiga tushishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |