Tos shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish
Tos suyaklarining shikastlanishi - juda murakkab shikastlanish turi bo`lib, jabrlanuvchi oyog’ini harakatga keltirishga uringanida tos atrofida qattiq og’riq paydo bo`lishiga qarab bunday shikastlanish ro`y berganini taxmin qilish mumkin. Odatda, jabrlanuvchi shok holatida bo`ladi, salgina harakat ham og’riqni kuchaytirishi hamda singan parchalar siljishiga, tomirlar va ichki a'zolar zararlanishiga olib keladi. Tos suyaklari singani gumon qilinganda yoki singanida jabrlanuvchi qattiq zambilga yoki taxtaga yotqiziladi. Bosh va umurtqa pog’onasi shikastlangandagi kabi harakat qilinadi. Agar jabrlanuvchi xushdan ketgan bo`lsa, imkoni boricha uni sog’ yonboshiga yotqiziladi.
Tos shikastlanishi tashqi jinsiy a'zolarga ham taalluqli bo`lishi mumkin. Jinsiy a'zolarning har qanaqa shikastlanishi haddan tashqari og’riqli bo`lib, jabrlanuvchini ham, yordam ko`rsatayotganlarni ham noqulay ahvolga solib qo`yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |