Shokda birinchi yordam ko`rsatish
Har qanday vaziyatda ham birinchi yordam ko`rsatishning asosiy qoidalariga rioya qilinadi. Ya'ni:
1. Jabrlanuvchining normal tana haroratini saqlash uchun uning ustiga ko`rpa yoki palto yopib, undan yotishni iltimos qilinadi.
2. Hayotiy muhim organlarga qon oqimini yaxshilash uchun oyoqini tanadan 30 sm yuqoriga ko`tariladi. Agar boshi, bo`yni, umurtqa pog’onasi, soni yoki boldiri shikastlangan bo`lsa, yurak xuruji, insultdan shubha bo`lsa, u holda bemorning oyog’ini ko`tarmaslik kerak.
3. Shokni keltirib chiqargan sababni, masalan, tashqi qon ketishini bartaraf etishga harakat qilinadi.
Jabrlanuvchiga tasalli beriladi.
Jabrlanuvchiga hech narsa ichirilmaydi (agar jabrlanuvchi tashnalikni his etayotgan bo`lsa, labini suv bilan ho`llab turish mumkin).
Ezilish oyoq-qo’llarning juda og’ir shikastlanishi bo’lib, bunda muskullar, teri osti yog’ kletchatkasi, tomirlar va nervlarning majaqlanishi ro’y beradi. Bu shikastlanishlar ko’chki ko’chganda, bombardimonda, zilzilalar vaqtida og’ir yuk (devor, to’sin, tuproq) bosib qolganda sodir bo’ladi. Ezilish shok rivojlanishi, keyinchalik esa organizmning yemirilgan to’qimalarining parchalanish mahsulotlaridan zaharlanishi bilan o’tadi.
Ezilishda birinchi yordamning asosiy vazifasi shikastlangan kishini qulab tushgan og’ir narsalar ostidan tez fursat ichida qutqarish choralarini ko’rishdan iborat. Og’ir narsalar ostidan qutqarilgan hamono organizmga majaqlangan to’qimalardan zaharli parchalanish mahsulotlari tushishiga yo’l qo’ymaslik uchun arterial qon oqishini to’xtatishdagi singari oyoq-qo’llarga, imkon boricha ularning asosiga jgutlar bog’lash, ularga muz solingan xaltachalar qo’yib chiqish lozim. Shikastlangan qo’l-oyoqlarni shinalar bilan immobilizatsiya qilinadi. Bunday bemorlarda shikastlanish ro’y bergan vaqtning o’zidayoq og’ir umumiy holat-shok rivojlanadi. Shokka qarshi kurashni yoki uni profilaktika qilish uchun bemorni issiq qilib o’rab chirmash, aroq, vino, issiq kofe yoki choy ichirish kerak. Imkon boricha narkotiklar (omnopon, 1%li morfiy eritmasidan 1 ml), yurak dorilari yuborish lozim. Bemor zudlik bilan davolash muassasasiga transportda yotgan holatida olib borilishi shart.
Odamni tuproq bosib qolganda og’ir shikastlanish sodir bo’lishi mumkin. Ko’krak qafasining qattiq bosilishi natijasida yuqori kavak vena sistemasi bo’yicha qon oqib kelishi qiyinlashadi. Bunda venoz sistemada bosimning oshishi yuz va bo’yindagi mayda venalarning yorilishiga sabab bo’ladi. Natijada nafas olish keskin buziladi. Bundan tashqari, shikastlangan kishi bosib qolgan tuproq uyumidan chiqarilgandan so’ng shikastlik bosilish sindromi rivojlanishi mumkin. Yumshoq to’qimalar, ayniqsa, skelet mushaklari uzoq vaqtgacha bosilgandan so’ng ularda bir qancha toksinli moddalar va mioglobin yig’iladi. Bosilish bartaraf qilinganidan so’ng bu moddalar umumiy qon oqimiga tushadi va og’ir intoksikatsiya, atsidoz, yurak, buyrak, jigar funktsiyasining buzilishiga sabab bo’ladi. Bu buzilishlar o’limga duchor qilishi mumkin.
Bosib qolgan tuproqdan chiqarilgan kishiga birinchi yordamii shikastlanishning og’ir-yengilligiga muvofiq ko’rsatiladi. Agar shikastlangan kishi terminal holatda bo’lsa, avvalo, nafas yo’llarining o’tkazuvchanligini tiklash, og’zi va yutqunini tuproqdan tozalash va reanimatsiya tadbirlarini o’tkazish, sun'iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish lozim. Klinik o’lim holatidan chiqarilgandan keyingina shikastlangan sohalarni ko’zdan kechirish, immobilizatsiya qilish, oyoq-qo’llar shikastlik bosilganda ularga jgut qo’yish, og’riq qoldiradigan vositalar-promedol yoki omnopon yuborish kerak. Shikastlangan kishini zudlik bilan kasalxonaga transportda olib borish kerak.
Ezilgan jarohat katta va og’ir buyum bilan shikast yetkazish natijasida yuzaga keladi. Bunda jabrlanuvchining yumshoq va suyak to`qimalari zararlanishi, shuningdek, oyoq-qo`l yoki tanani ezilishi natijasida yuzaga keladigan buzilishlar kuzatiladi. Jabrlanuvchi imorat vayronalari ostida qolgan bo`lsa, uzoq vaqt bosilib yotish ham muskul to`qimasi zararlanishiga hamda jarohatlangan joydan toksin (zahar)lar ajralishiga olib keladi. Bu ezilish sindromi “krash sindrom” ham deyiladi. Jabrlanuvchi vayrona ostidan qutqarib olingach, bu toksinlar qon aylanishi sistemasiga tushib, keyingi asoratlarni, masalan, buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin.
Ko`plab sabablar ezilgan jarohatni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, yer qimirlashi, bino qulashi, avariya va boshqa hodisalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |