Kimyoviy moddalar ta'sirida kuyishda
birinchi yordam ko`rsatish
Kimyoviy moddalar ta'sirida kuyish ishlab chiqarishda ham, uy sharoitida ham ro`y berishi mumkin. Bunday kuyish oqartiruvchi moddalar, suv oqib chiqib ketadigan quvurlar, vanna, hojatxonani tozalash vositalari, bo`yoqni yuvib ketkazuvchi moddalar yoki bog’dorchilikda ishlatiladigan kimyoviy moddalar ta'sirida yuzaga kelishi mumkin. Kimyoviy modda teriga ta'sir etib turar ekan, kuydirishda davom etaveradi. Shuning uchun bunday modda teriga tushsa, uni darhol bartaraf etish chorasini ko`rish kerak.
Buning uchun:
1. Quruq kimyoviy moddalarni himoyalangan qo`l bilan teridan sidirib tashlanadi.
2. Kuygan joyni kamida 20 minut davomida sovuq suv quyib yuvib tashlanadi. Yuqori bosimli oqimdan foydalanmaslik kerak, chunki bu kuygan teriga yanada ko`proq zarar keltirishi mumkin. Tez yordam yetib kelgunicha kuygan joyni yuvish davom ettiriladi.
3. Jabrlanuvchidan kimyoviy modda tekkan kiyimini yechishni iltimos qilinadi.
4. Ko`zga kimyoviy modda tushgan bo`lsa, 20 minut davomida yoki tez yordam yetib kelguniga qadar yuvish kerak. Kimyoviy modda sog’ ko`zga tushmasligi uchun jarohatlangan ko`zni pastroq tutish, zararlangan ko`zni bog’lab qo`yish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |