Sovuq urishining I darajasi terida qon aylanishining buzilishlari bilan xarakterlanadi, lekin bu o’zgarishlar tiklanadi. Shikastlangan kishining terisi oqarib ketgan, bir oz shishgan, sezuvchanligi keskin pasaygan yoki batamom yo’qolgan. Isitishdan so’ng teri ko’kimtir-qizil tusga kiradi, shish kamayadi, bunda ko’pincha lo’qillagan og’riq bo’ladi. Yallig’lanish (shish, qizillik, og’riq bir necha kungacha saqlanib, so’ngra asta-sekin yo’qoladi. Keyinroq terining po’st tashlashi va qichishi kuzatiladi. Sovuq urgan soha ko’pincha sovuqqa ojiz bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |