The lame shall enter the first



Download 27 Kb.
Sana08.02.2022
Hajmi27 Kb.
#436564
Bog'liq
The lame shall the


The lame shall enter the first
Shepard oshxonani ikkiga ajratib turgan bar stoli yonidagi kursida karton qutidagi suli yormasini tanovul qilib o'tirardi. U og'ziga solayotgan luqmasini beparvo, to'xtamasdan chaynar, ikki kõzlari esa oshxonadagi javonlarning u totmasidan, bu tortmasiga o'tib, nonushtasi uchun "yutum"larni yig'ish bilan band bo'lgan bolada edi. Bola 10 yoshda bo'lib, oq-sariqdan kelgan, bo'y-basti pakanagina edi. Shepard moviy ko'zlarini uzmay, unga tikilib turarkan, uning kelajakda kim bo'lishini shundoqqina uning yuzidan uqib olardi. U bankir bo'ladi. Juda bo'lmasa, kichkina bir kompaniyani boshqarishi aniq. Bu hayollar uning, o'g'lidan kutayotgan bir orzusi, umidi xolos. Shepard o'rta yoshli kishi bo'lishiga qaramay, allqachon sochlari oqarib ketgan. Nim pushti yuzi uzra xuddi sho‘tkaning oppoq popugiday turardi.
Bola qo‘ltig‘iga yong‘oq moyi bankasini qistirgancha, bir qo‘lida ketchup, ikkinchisida shokoladli pirojni solingan likopchani ko‘tarib bar yoniga yaqinlashdi. U otasini payqamadi yoki o‘zini ko‘rmaganlikka oldimi, pirojni ustiga yong‘oq moyini surkardi. Bolaning katta-katta dumaloq quloqlari boshidan orqaroqda joylashganligidan ko‘zlari bir biridan uzoqdadek ko‘rinardi. Egnidagi yashil futbolkasining rangi shunchalar xira ediki, unga solingan kovboy suratining soyasigina qolgandi.
"Norton" - dedi Shepard, "men kecha Rufus Jonsonni ko‘rgandim. Uni nimalar qilib yurganini bilasanmi?"
U otasiga parishonxotirlik bilan qaradi, yuzi otasiga qarasa ham ko‘zlaridan hamon uyqusi o‘chmagandi. Ko‘zlarining rangi otasinikidan sal ochiqroq, xuddi ko‘ylagidek xira, rangpar edi, yer ostidan qarab turardi.
"Uni xiyobonda uchratdim" dedi Shepard. "Ko‘rganimda, uning qo‘llari axlat qutisi ichida, yeyish uchun nimadir izlash bilan band". Shu gaplarni aytgach o‘g‘liga yetib borishi uchun birozgina sukut saqlab, keyin yana gapida davom etdi. "U och qolib ketibdi" deb so‘zini yakunladi. Va o‘tkir nigohlari bilan tikilib, o‘g‘lining "vijdon torlari"ni chertib ko‘rdi.
O‘g‘li bo‘lsa qo‘liga pirojniysini ushlab, bir chekkasidan kavshashni boshladi.
"Norton" dedi u "bu nimani anglatishi borasida hech nima demaysanmi"
E'tiborsizlik bilan "O‘zingiz qanday fikrdasiz" dedi
" " dedi Shepard og‘ir xo‘rsinib. Bu javobi bilan Norton otasini umidsizlik girdobiga tashlardi. Har narsa qilsa ham mayli edi. Xudbinlik qilsin, yolg‘on gapirsin, ammo beparvolik emas.
Bola qo‘liga ketchup idishini olib, bir silkidi va pirojnisi ustiga quydi.
Shepard battarroq ezildi. "Sen 10 yoshga to‘lding, Rufus esa 14da. U sendan 4 yosh katta bo‘lsa ham bir narsaga aminmanki sening kiyiming unga mos keladi: Rufus deganlai axloq tuzatish koloniyasida jazolanayotgan bola bo‘lib, o‘tgan 1 yildan buyon Shepard uni to‘g‘ri tarbiyalashga urinayotgan edi. 2 oy ilgari u ozod etilgan bo‘lsa ham, aft angori bir ahvolga kelib qolibdi. Hatto koloniyadaligida ham bir navi edi. Kecha ko‘rib, bechoraginaning faqat suyagi qolibdi, deb yubordi. Chunki u senga o‘xshab nonushtaga yong‘oq moyi surtilgan pirojnini qayerdan ham yesin.
Bola chaynashdan bir zum to‘xtab "bu gaplarning siyqasi chiqqan" dedi. Shuning uchun men " "
Shepard yuzini derazaga o‘girdi. Maysazor, yam-yashil o‘tlar, 50 qadam qiyalikdan so‘ng esa kichkina qishloq o‘rmoni. Ayoli hayotligida, bog‘chada, toza havoda, maysalar ustida nonushta qilishardi. O‘sha kezlarda o‘g‘lidagi xudbinlik illatini sirayam sezmagan edi. "Hey bola" deb so‘z boshladi Shepard yuzini o‘g‘liga burib, "menga qara, eshit meni" dedi.
Bola unga qaradi, nihoyat uning nigohlari otasiga to‘qnashdi.
"Men Rufusga butkul ishonishimni nishonasi sifatida koloniyadan chiqayotganda uyning kalitini qõliga bergandim va xohlagan payti bemalol kelib, o'zini uyidagidek his qilishi mumkinligini unga aytgandim. Ammo o'shanda u mening taklifimni rad etgandi. O'ylashimcha u shu kunlarda kelib qolsa kerak, menga shunday tuyildi. Ancha o'zini oldirib qo'yibdi, qorni esa ovqat ko'rmaganiga ko'p bo'lganga o'xshaydi. Mabodo bugun ham kelmayapti, ertagayoq o'zim uni topib olib kelaman. Ona suti og'zidan ketmagan bir murg'akni axlat konteynerlarini titkilab qorin to'yg'azishiga indamay qarab tura olmayman."
O'g'lining qovoqlari uyilib, xo'mraydi. O'ziga nimadir xavf solishi mumkindek tuyildi.
Shepard achchiqlanib gap boshladi. "Rufusning otasi, u bechora tug'ilmayoq vafot etgan. Onasi bo'lsa hozir panjara ortida. U berahm bobosining qo'lida ulg'aydi, suvsiz, elektri yo'q kulbada kun kechiradi, qari chol esa uni har kuni ayovsiz kaltaklaydi. Agar sen shunaqa oilada tug'ilganingda nima qilgan bo'larding?"
"Bilmayman" dedi zo'rg'a Norton
"Ha, mayli. Bu haqida vaqt topsang bir o'ylab ko'r" dedi Shepard.
Shepard o'zi shahar sog'lomlashtirish dispanseri direktori bo'lib ishlardi. Shanba kunlari bo'lsa, axloq tuzatish koloniyasiga borib, maslahatchi bo'lib ishlaydi. Garchi uning bu ishga hech kim maosh to'lamasada, yordamga muhtoj, ammo hech bir kimsa zig'ircha e'tibor qaratmayotgan bolalarga yordam berayotganidan nihoyatda mamnun edi. Rufus Jonson, u suhbat ôtkazayotgan ozodlikdan mahrum bolalar orasidagi eng iqtidorlisi edi.
Norton qolgan shirinligiga ishtahasizlik bilan u yer bu yeriga qarab qo'ydi.
"Yeyishni boshladingmi, oxirigacha yegin-da" dedi Shepard.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish