Mavzu:Xirurgik muolaja o'tqazish qoidalari.Operatsiyadan keyin bemorlarni davaolash va kuzatish
Kasallarni parvarishlash shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga
asoslangan. Bu qoidalar insonning turmush kechirishi, mehnat faoliyati
va dam olishini eng maqbul shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Ulap
aholining salom atligini saqlash va m ustahkam lashga ham da
kasalliklarning oldini olishga qaratilgan bo‘ladi. Sog'liqni saqlashga doir
ch o ra-tad b irlarn in g norm a va talab larin i am alga oshirshishga
mo'ljallangan amaliy tadbirlamiig hammasi sanitariya (sog'lik va tozalikni
saqlash tadbir-choralari) bilan belgilanadi. Hozirgi paytda amaliy
tibbiyotda sanitariya-gigiyenik va epidemiologik faoliyat yanada kengroq
m a’noda klinik gigiyena (statsionar sharoitlarda kasalxona gigiyenasi) deb
ataladi
Kasalni parvarishlash - sanitariya xirurgiyasi - kasalning ahvolini
yengillashtirishga va uning sog‘ayishiga yordam berishga qaratilgan. U
klinik gigiyenani statsionarda amalga oshirish bo‘yicha tibbiy faoliyatdir.
Kasalni parvarish qilayotgan vaqtda bemorning shaxsiy gigiyenasi va
uning kasalligi tufayli o'zicha uddalay olmaydigan yumushlar amalga
oshiriladi. B unda asosan, tibbiy xodim ning qo‘l m ehnati bilan
bajariladigan fizik va kimyoviy metodlardan foydalaniladi. Kasallarni
parvarishlash xirurgik agressiya vaqtida nihoyatda muhim tarkibiy qism
sifatida xirurgiyada alohida ahamiyatga ega: u xirurgik agressiyaning
salbiy oqibatlarini yengillashtiradi va bemorning tezroq tuzalib ketishiga
yordam beradi.
Kasalni parvarishlash tarixi. Kasalni parvarish qilish to ‘g‘risidagi
dastlabki m a’lum otlar qadimgi Ellada mifologiyasida (miloddan avvalgi
III minginchi yildan to milodning V asrigacha) ham uchraydi. Afsonadan
m a’lum bo‘lishicha, Asklepiy (lotincha Eskulap) davolash m a’budasi va
uning qizlaridan biri bo'lgan Gigiyeya (gigiyena atamasi shundan kelib
chiqqan) inso n iy at tarixida tarbiyaviy aham iyatga ega bo'lgan.
Ibodatxonalar qoshida tashkil etilgan grek asklepiyonlarida asosan
ishontirish (gipnoz) yo'li bilan davolash, suv muolajalari va massajni
q o 'llash d a n ib o ra t b o 'lg an . K eyinchalik Y unoniston va Rim
haykaltaroshlari salomatlik va go'zallikka sig'inishni (ustidan suv quyib
davolanish usuli, silash, uqalash) o'z asarlarida aks ettirganlar. Gippokrat
va Galenning asarlarida parhez bilan davolashga, terlashni kuchaytirishga,
uqalash va jismoniy mashqlarga katta o'rin berilgan.
Rim imperiyasi tanazzulga uchragandan so'ng Sharq mamlakatlari
(Vizantiya) antik quldorlik jamiyati tibbiyotini takomillashtirdilar.
.
Kasalxona ichi infeksiyalari bu - kasallarning davolash muassasalarida
orttirgan yuqumli kasalliklaridir. Xirurgiya klinikalaridagi hozirgi zamon
kasalxona ichi infeksiyalarini turli m ikroorganizm lar, b a ’zan
antibiotiklarga rezistentlik (tillarang stafilokokk shtammlari, ko‘k
yiringlatuvchi tayoqcha, protey, ichak tayoqchasi, klebsiyella, serratsiy,
kandida zam burug'lari va b.) keltirib chiqaradi; klinik jihatdan ular,
asosan, yiringlash va septik sindrom ko'rinishida namoyon boiadi.
Xirurgik statsionarlarda kasalxona ichi infeksiyasining manbai yiringliseptik kasalliklarning o'tkir va xronik turi bilan kasallangan bemorlar
yoki patogen mikroorganizmlarni tashqi belgilarisiz (simptomlarisiz)
tarqatuvchilar (shu jumladan, tibbiyot xodimlari) hisoblanadi. Kasalxona
ichi infeksiyasining kuzatuvchilari, asosan, havo-tomchi va qo'llar,
choyshab, yostiq jildi, bog'lov materiali, uskuna-asboblar, apparatura
orqali tarqalishi nazarda tutiladigan bo'lsa, patogen mikroorganizmlarni
simptomsiz tashuvchilikning nechog'li xavfli ekanligini payqash mumkin
Kasalxona ichi infeksiyasining tarqalish ehtimoli kasallarning hozirgi
zamon kasalxonasining turli bo'limlarida (zonalarida) bo'lishi bilan
bog'liqdir. Texnik xizmat ko'rsatiladigan va m a’muriy zonalarda bu juda
oz darajada bo'ladi. Statsionar va poliklinika, diagnostika kabinetlari va
davolash fizkulturasi xonalari ham kasalxona ichi infeksiyasining
tarqalishida vositachi bo'lishi mumkin. Palatalar va maxsus xirurgik
infeksiya boiimlari, operatsiya bo'limlarining «iflos» zonalari, kirxonalar,
hojatxonalar, dush va jo'm raklar infeksiya xavfi yuqori bo'lgan zonalar
hisoblanadi.
Patogen m ikroorganizm larning bir kasaldan ikkinchisiga o'tishi
chetdan yuqqan infeksiya sifatida qaraladi. Kasallarning shifoxonada uzoq
m uddat bo'lishi natijasida bu xavf ortadi,
Profilaktika va operatsiyadan keyingi asoratlarga qarshi kurashish
uchun sanitariya-gigiyena tadbirlari kompleksi ishlab chiqilgan bo'lib,
bu tadbirlar infeksiya manbalarini aniqlash va ularni ajratib qo‘yishga,
shu y o i bilan infeksiyaniig boshqa bemorga o‘tishining oldini olishga
qaratilgan. Ayni paytda patogen stafilokokk tashuvchilarni aniqlash va
xronik infeksiya o'choqlarini sanatsiya qilish, tibbiyot xodimining
qo'llarini zararsizlantirishning takomillashtirilgan metodlarini qo'llash va
kasalxona ichi infeksiyasini boshqalarga yuqtirish jihatidan epidemiologik
ahamiyati bo'lgan turli obyektlarga (oqliklar, yumshoq, ashyolar, oyoq
kiyim i, idish-tovoqlar va h.k.) ishlov berish uchun dezinfeksiya
vositalaridan foydalanish kerak. Kasalxona ichi infeksiyasiga qarshi
kurash tadbirlari kompleksini amalga oshirish bosh vrach va xirurgik
ixtisoslikdagi davolash-profilaktika muassasalarining bo‘lim mudirlari
zimmasiga yuklatiladi. Katta tibbiy hamshira ularni barcha tibbiy xodimlar
ishtirokida amalga oshiradi.
Kasalxona ichi infeksiyasiga qarshi kurashish uchun kasalxonaning
barcha bo'limlarida, ayniqsa, xirurgiya boiim larida muntazam nazorat
olib borish, kasalxona gigiyenasiga, aseptika va antiseptikaga amal qilishga
qaratilgan tadbirlarni o'z vaqtida bajarish zarur
Xirurgik ixtisoslikdagi bo‘limga ishga kirgan har bir xodim to'liq, tibbiy
ko'rikdan o'tadi (shu jumladan, stomatolog va otalaringolog tomonidan
tekshiriladi, patogen stafilokokk bor-yo'qligini aniqlash uchun buruntomoq shilimshig'i bakteriologik ekib tekshiriladi), asosiy sanitariyaepidemiologiya tadbirlarini o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar oladi. Tibbiyot
xodimi xizmat dispanseri hisobiga olinadi va u har uch oyda bir marta tibbiy
ko'rikdan o'tadi. Batsilla tarqatuvchilar aniqlanganda, ular
sanatsiya qilinadi (qator hollarda ayrim shaxslar to butunlay sog'ayguncha
ishdan chetlatiladi). Kasalxona ichi infeksiyasi avj oigan hollarda tibbiyot
xodimlari navbatdan tashqari tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
Tibbiyot xodimining shaxsiy gigiyenasi o'z tanasini, kiyim boshini va
jinsiy a’zolarni pokiza saqlashdan iborat. Soch va tirnoqlarni o'z vaqtida
oldirib turishga, tishlarni har kuni tozalashga va og'iz bo'shlig'ini chayib
turishga amal qilinadi. Ishga kelgandan so'ng gigiyenik dush qabul qilish,
kiyim va ichki kiyimlarni alm ashtirish m aqsadga m uvofiqdir. Ipgazlam adan tikilgan maxsus kiyim dan va yengil oyoq kiyim idan
foydalanish tavsiya etiladi. Infeksiya tushgan narsalami yoki bemorlarning
najasini tekshirish kerak bo'lgan hollarda tibbiyot xodimi kleyonka fartuk,
rezina qo'lqop va maxsus oyoq kiyimi kiyadi: ish bajarib bo'lingach,
ular mikroblardan bakteritsid eritmalarda yuqumsizlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |