Ustunqoziqni (botirib) titratib botirgichlar
Ular yo‘naltiruvchi harakatga ega bo‘lgan titratish qo‘zg‘atgichdan iborat, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri ustunqoziq kallagiga qotirilib, u bilan bir butundek bo‘ladi. Ustunqoziqni botirish samarasini oshirish uchun qo‘shimcha yuklanadigan plitalarga ega bo‘lgan titratish qo‘zg‘atgichlar qo‘llaniladi. Ustunqoziq va shpuntlarni qoqishda titratish bolg‘alari keng qo‘llaniladi. Ular botirilayotgan narsaga ham titratuvchi, ham zarbiy kuchlar bilan ta’sir qiladi (3.53-rasm).
3.53-rasm. Titratib botirgichning sxemasi:
1 – kallak; 2 – titratgich; 3 – titratgichning elektr dvigateli; 4 – plita; 5 – prujina.
Titratish bolg‘asi. Titratish bolg‘asi (3.54-rasm) vertikal yo‘naltirilgan tebranish kuchiga ega bo‘lgan ikki valli transmissiyasiz titratish qo‘zg‘atgich 1, urgich 3 va o‘zaro prujina 5, bilan bog‘langan kallak 6 hamda sandon 4 dan iborat.
3.54-rasm. Titratish bolg‘asi.
Kallak ustunqoziqda mahkamlanmay o‘rnatiladi. Titratib qo‘zg‘atgichning tanasiga ikkita elektroyuritkich o‘rnatilgan bo‘lib, ularning turli tomonga sinxron ravishda aylana oladigan parallel vallariga debalans 2 o‘rnatilgan. Debalans aylanganda tebranib turgan titratish qo‘zg‘atgichning urgichi 6 ustunqoziq bilan borlangan 4 sandonga tez-tez uriladi.
Past chastotali (a) va yuqori chastotali (б) vibrobotirgichlarning hamda vibrobolg‘aning prinsipial sxemalari 3.55 va 3.56-rasmlarda keltirilgan.
3.56-rasm. Vibrobolg‘aning prinsipial sxemasi.
Zarb berish qismining massasi 2850 kg.gacha, debalans massasining statik momenti 45 kN sm.gacha, har zarbning energiyasi 3,9 kJ gacha bo‘lib, metall shpuntni 13 m.gacha, metall va quvur ustun-qoziqlarni 20 m.gacha qoqish imkoniyatiga ega.
Kopyorlar. Kopyorlar ustun qoziqlarni o‘rnatish, ularni qoqish jarayonida ushlab turish, bolg‘alarni osish, chig‘irlar hamda kompressor qurilmalarini o‘rnatish kabi ishlar uchun xizmat qiladi. Ular metall va yog‘ochdan tayyorlangan va turli xil bo‘ladi:
universal kopyorlar - turli xil ishlar uchun qo‘llaniladi;
kran-kopyorlar ustunqoziq qoqadigan bolg‘alar va boshqa jihozlarni osishga moslashtirilgan yuk ko‘taruvchi strelali kranlardan foydalanilgan, maxsus ishlarga mo‘ljallangan kopyorlar. Eng ko‘p qo‘llaniladigani o‘zi yurar kopyor qurilmalari (3.57-rasm) hisoblanadi.
3.57-rasm. Kopyor qurilmalari:
a – dizel bolg‘alar uchun kopyor; б – ekskavatorlar bazasida ustunqoziq qoqish agregatining sxemasi; 1 – rama; 2 – ustun; 3 – sandon roliklar bilan; 4 – tiraklar; 5 − chig‘ir; 6 – tayanch g‘altaklari; 7 – sferik tayanchlar; 8 – kopyor strela; 9 – strela; 10 – gidrosilindrlar.
Kopyor strelasi kran yoki draglayn strelasiga sferik tayanchlar yordamida mahkamlanadi, bu esa unga vertikalga nisbatan qiyalik hosil qilish imkonini beradi. Strelani burish ikkita gidrosilindr yordamida bajariladi, ularning bir uchi kran strelasiga, ikkinchi uchi esa kopyor strelasiga mahkamlangan. Strelani burilishi ustun-qoziqni aniq loyiha holiga keltirish imkonini beradi.
Osma kopyor qurilmalari va zamonaviy kopyor qurilmalari 3.58, 3.59rasmlarda keltirilgan.
3.58-rasm. Osma kopyor qurilmalari:
a –traktor bazasida; б − ekskavator bazasida; в, г – kanatlar ehtiyot mexanizmi sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |