a) buzuvchi mashina (grundokrek); б) kengaytirgich; в) RE payvandlash adapteri; г) qisqa quvur (trakto–botek).
Grunt qatlamida 300 mm dan katta diametr o‘lchamga ega bo‘lgan teshik tirqishlarni o‘tkazish uchun mikroshchitlardan keng foydalaniladi (3.39–rasm).
Mikroshchitlarning alohida farqlanuvchi o‘ziga xos xususiyati shundaki ya’ni, bu qurilmalar har qanday xohlagan grunt qatlamida va har qanday istalgan masofa bo‘ylab teshik ochishni amalga oshirish imkonini beradi. Mikroshchitlar kompyuterlashtirilgan lazer yordamida kuzatish tizimiga ega bo‘lib, teshik ochish yo‘lining yuqori aniqlikda bajarilishi imkonini ta’minlaydi.
Mikroshchit qurilmasi jamlamasi (komplekti) tarkibiga qazilgan teshik tirqishidan tog‘ jinslarini olib tashlash va qazish davomida beton qorishmasini tayyorlash va uzatish uchun mo‘ljallangan, yer yuzasida foydalaniluvchi qurilmalar kiritiladi. Mikroshchitlarni ishlab chiqaruvchi yetakchi horijiy firmalar – Germaniyada joylashgan Noell, Hezzenknecht va Soltau firmalari hisoblanadi.
Diametr o‘lchamlari 50 dan 1420 mm gacha bo‘lgan va uzunlik masofasi 0,5 km gacha teshiklarni qazishda horijda qiyalik asosida, gorizontal yo‘nalishda burg‘ulash qurilmasidan foydalanish juda keng tarqalgan.
Tarmoklarni transheyasiz o‘tkazish uchun mashinalar. Bu usulda o‘tkazishda eng ko‘p tarqalgan usullarga gorizontal bo‘ylab mexanik burg‘ilash, teshib va bosib kiritish, shchitlar bilan to‘sib o‘tkazish kiradi. Gorizontal burg‘ilash usuli bilan avtomobil va temir yo‘llar ostiga Quvurlar va himoya g‘iloflari yotqizilib, ularning ichidan ish quvurlari, kabellar va boshqa tarmoklar o‘tkaziladi. Gorizontal kuduqlarni qazish maxsus mexanizatsiyalashgan jihozlar yordamida bajariladi. Oldin diametri kattarok quvurlar o‘tkazilib, ichiga ish quvurlari quyiladi (3.42-rasm). Qazilgan grunt shnek o‘rnatilgan quvur g‘ilofdan iborat vintli konveyer yordamida chiqarib tashlanadi (3.42-rasm).
3.42-rasm. Gorizontal kuduqlarni qazish maxsus mexanizatsiyalashgan jihoz.
Teshish usulida quvurlar o‘tkazish gruntni radial yo‘nalishda siqishtirib, zichlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Teshish mexanik usulda va tebratib teshish usulida bajarilishi mumkin (3.43-rasm). Mexanik usulda teshish yordamida diametri 426 mm.gacha bo‘lgan turli xil Quvurlar 40-60 m gacha uzunlikda yotqiziladi.
3.43-rasm. Mexanik usulda va tebratib teshish jihozi.
Shnek yordamida qazib utishdan 8…10 m va undan ortik chuqurlikda magistral kanalizatsiya va suv oqadigan kollektorlar hamda tonnellar qurishda foydalaniladi. Bu shchitlar himoyasida gruntni qazish, uni transport vositasiga yuklash, yer osti inshootlarini devorlarini qurish kabi ishlar bajariladi.
7.5. Burg‘ilash ishlari uchun mashinalar
Qurilishda burg‘ilash ishlari muhandislik-geologik qidiruv ishlarida, suv ta’minoti, suv sathini tushirish, elektr uzatish liniyalari va aloqa tarmoqlarini o‘rnatishda, o‘simliklarni ekishda chuqurliklar qazish va boshqa ishlarda qo‘llaniladi. Burg‘ulash jarayonida shpur, quduq va chuqurlik deb ataluvchi silindrik bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Shpurlar diametri 75 mm dan, quduqlar 300 mm.dan, chuqurlar 2000 mm.dan oshmaydi, chuqurligi esa mos ravishda 8, 30 va 6
m. Burg‘ilash ishlari asosan mexanik usul bilan bajariladi.
Ko‘taruvchi va quduqlarga tayanchlar, stolbalar va qoziqlarni o‘rnatuvchi yuk ko‘taruvchi uskunalarga ega mashinalar burg‘ilovchi-kran mashina deb nomlanadi.
Qurilish ishlarida yerni turli xil burg‘ilab qazish ishlari burg‘ilash mashinalari (stanoklari) hamda qo‘l mashinalari yordamida amalga oshiriladi. Burg‘ilash mashinalari elektr uzatmalarining machtalari hamda ustun qoziqlarni o‘rnatish uchun diametri 3 m gacha bo‘lgan chuqurlar qazish, muzlagan gruntlarga ustun qoziqlar tushirish, muzlagan gruntlarda portlatish ishlarini olib borish uchun shpurlar ochish va geologiya –qidiruv ishlarida keng qo‘llaniladi.
Burg‘ilash ishlarining turi hamda sharoitiga qarab bu mashinalarning ish jihoziga turlicha harakatlar beriladi. Burg‘ilash asboblariningish harakatlariga ko‘ra zarbiy burilma, zarbiy-aylanma va mexanik aylanma usulda burg‘ilash turlariga bo‘linadi. Hozirgi davrda aylanma harakatlanuvchi burg‘ilash mashinalari keng tarqalgan. Aylanma burg‘ilashda shpur, quduq va chuqurdagi grunt to‘xtovsiz aylanuvchi burg‘ilash jihozlari bilan qaziladi. Bu mashinalarda ishlatiluvchi burg‘ilash jihozlari 3.44-rasmda keltirilgan.
3.44-rasm. Burg‘ilash mashinalarining ish jihozlari:
a – parrakli burg‘i; б –vintli (shnekli) burg‘i; в – cho‘michli burg‘i; г − greyferliburg‘i; д –burg‘ilash iskanasi (doloto); e – o‘rab oluvchi quvur; ж – sharoshkali iskana.
Shahar qurilishi va xo‘jaligida avtomobilga o‘rnatilgan yengil burg‘ilovchi va burg‘ilovchi-kran mashinalar keng qo‘llaniladi. Ular yuqori unumdorligi, katta harakat tezligi va manevrchanligi, o‘zida uzatish mexanizmi va burg‘ilash shtangasi vazifalarini bir tugunda birlashtirib quvurli machta ichida joylashtirilgan gidravlik burg‘ilash shtangasi deb nomlanuvchi unifikatsiyalangan ishchi jihozlarga egaligi bilan ajralib turadi (3.45-rasm).
Ishchi organ 5 (burg‘i) avtomobil dvigatelining tarqatma qutisi 7 orqali mexanik transmissiya 6 va aylantiruvchi 4 orqali aylanma harakatga keltiriladi
(3.45-rasm, a,b). Har bir mashina uchta almashinadigan keskichli burg‘uga ega.
Yirik o‘lchamli ko‘chatlarni utqazishda, quduq bloklarini o‘rnatish va boshqa holatlarda chuqur qazish uchun chuqur qazuvchilardan foydalaniladi (3.46-rasm).
3.46-rasm. Chuqur qazuvchi.
Hozirgi davrda burg‘ilash mashinalarining avtomobil, zanjirli va traktor bazasi asosida burg‘ilovchi mashinalar keng qo‘llanilmoqda (3.47-rasm).
Turli xil bino va inshootlarning ustun qoziqli poydevorlarini qurishda ikki xil ustun qoziq qo‘llaniladi – zavod sharoitida tayyorlangan qoqib kirgiziladigan (tayyor holatdagi) temir-beton va metall ustun qoziqlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish bajariladigan joylarda tik va o‘ta qiya quduqlarga qo‘yib to‘ldirilib tayyorlanadigan burg‘ilab to‘ldiriluvchi to‘ldirma ustunqoziqlar qo‘llaniladi.
Turli chuqurlar, quduq, transheyalarni suvdan saqlaydigan himoya to‘siqlari qurishda, suv xavzalarini himoya qilishda metall va temirbeton shpuntlardan foydalanadi.
Tayyor ustunqoziq va shpuntlarni botirishda qoziq botiruvchi agregatlar, qoqib, titratib (vibratsion), titratib qoquvchi, bosib va titratib bosuvchi hamda qoziqlarni burab kirgizuvchi kopyorlar va kopyorli jihozlar, qo‘llaniladi.
Tayyor ustun qoziqlarni botirish texnologik sikli ustunqoziqni ildirish va loyiha holatiga o‘rnatish, qoziqlarni qoziq botiruvchi yordamida gruntga loyiha belgisigacha botirish, qoziq qoquvchi qurilmani navbatdagi qoziqni botirish joyiga ko‘chirish operatsiyalaridan iborat. Qoziq botiruvchilar konstruksiyasi, iste’mol qiladigan energiya turi va ish prinsipiga qarab turli xildir. Qoziq botiruvchi mashinalarning tasnifi 3.48-rasmda keltirilgan. Shahar qurilishida qoqib kirgizuvchi qoziq bolg‘alar keng tarqalgan.
3.48-rasm. Qoziq botiruvchi mashinalarning tasnifi.
Ustunqozik qoqish jihozi sifatida bug‘-havo bilan ishlaydigan bolg‘a (3.49rasm), dizel-bolg‘a (3.50 va 3.51-rasmlar), quvurchali dizel-bolg‘a va titratib botirgichlar qo‘llaniladi.
3.49-rasm. Bug‘-havoli bolg‘a karrali 3.50-rasm. Shtangali dizel-bolg‘a. harakatli.
Shtangali dizel-bolg‘alar quyidagicha ishlaydi: yonilg‘i berish uchun o‘q bo‘ylab teshigi bo‘lgan porshen 4 ga katta massaga ega bo‘lgan silindr 3 tashlanadi, natijada silindrdagi havo siqiladi. Shu paytda porshenga o‘rnatilgan forsunka 2, orqali silindrga yonilg‘i purkaladi va u siqilgan havoning harorati hisobiga alanga oladi. Yonishda gazning kengayishi natijasida silindr yuqoriga qarab irg‘itib yuboriladi va shundan keyin sikl shu tariqa takrorlanaveradi (3.51rasm).
3.51-rasm. Shtangali dizel-bolg‘a.
Dizel bolg‘alar zarb beradigan qismlarining massasi xar xil ya’ni, 600, 1200, 1800, 3000 va 5000 kg qilib tayyorlanadi. Yukni ko‘tarib tashlash balandligi maksimum 2 m bo‘ladi. Quvurli dizel bolg‘alarning ishlashi ham xuddi shtangali dizel bolg‘alardagidek o‘tadi, faqat ularda silindr qo‘zg‘almas bo‘ladi (3.52-rasm). Vaqt birligidagi zarblar energiyasining yig‘indisi shtangalikka nisbatan anchagina ko‘p. Ular zarb berish qismining og‘irligi: 600, 1200, 1800, 3000 va 5000 kg qilib ishlab chiqariladi.
3.52-rasm. Quvurli dizel bolg‘aning ishlash sxemasi:
I – urish qismini ko‘tarish; II – shabotga yonilg‘i berish va silindrni shamollatish;
III – shabotga urish, yonilg‘ini purkash va portlash; IV – porshenning ish yo‘li (chiqarish); 1 – porshen (uriladigan qismi); 2 – yonilg‘i nasosi; 3 – shabot; 4 – silindr korpusi; 5 – chiqarish tuynuklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |