6 — dasta silindrlari; 7 — strela; 8 — mashinist kabinasi; 9 — kuch yuritmasi; 10 — burilish platformasi; 11— autrigerlar; 12 — pnevmognldirakli yurish qurilmasi; 13 — tayanch-burilish qurilmasi; 14 — gusenitsali yurish qurilmasi; 15 — teleskopik strela.
Gidravlik ekskavatorlarning almashadigan ish jihozlari yer qazish uchun turli jihozlar bilan ta’minlangan.
Ekskavator-tekislagichlar. Ekskavator-tekislagichlarning asosiy qismlari; yurish qurilmasi, burish (aylanish) platformasi, teleskopik ish jihozlaridan iborat.
Aylanish platformasiga kuch qurilmasi, gidravlik yuritmaning yig‘ish birliklari, mashinist kabinasi va boshqalar joylashtirilgan.
Ish jihozlari bikir osmali to‘la aylanadigan bir cho‘michli, teskari kurakli gidravlik ekskavatorlar 3.23 -rasmda keltirilgan.
Hozirgi ekskavatorlarning teleskopik strela, almashadigan ish jihozi va strelani chiqarish, kiritish, ko‘tarish, tushirish, cho‘michini o‘z o‘qiga nisbatan burish mexanizmlaridan iborat. Bir cho‘michli gidravlik ekskavatorlarning ish jihozlarining asosiy turlari 3.24 –rasmda keltirilgan.
Teleskopik ish uskunasiga ega bo‘lgan gidrobolg‘ali ekskavatorning prinsipial sxemasi 3.25 -rasmlarda keltirilgan.
Ish jihozi teleskopik bo‘lgan ekskavatorning (ekskavator- tekislagichlarning) prinsipial sxemasi 3.26 –rasmda keltirilgan.
Ekskavator-tekislagichlarning almashtiriladigan ish jihozlarining asosiy turlari quyidagilardan iborat:
asosiy cho‘mich 0,25; 0,4 va 0,65 m3;
tekislash va profillash cho‘michlari;
drenaj ishlari uchun; tekislash ardargichi;
yumshatgich; toshlar uchun kiskich;
zichlovchi g‘altak;
yon tomondan qazish uchun moslama.
Bu jihozlar ishlarni to‘la mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi.
3.24 - Bir cho‘michli gidravlik ekskavatorlarning ish jihozlarining asosiy turlari:
a -teskari kurak; б-maxsus moslama; в-to‘g‘ri kurak; г- greyfer; д - yuklagich.
3.25-rasm. Gidrobolg‘a ish jihozlari: 1-strela; 2,3, 6-strelani ko‘taruvchi, dasta va bolg‘ani aylantiruvchi gidrosilindrlar; 4-dasta; 5-gidrobolg‘a.
3.26-rasm. Ish jihozi teleskopik bo‘lgan ekskavatorning (ekskavator- tekislagichlarning) prinsipial sxemasi: 1-gidrosilindr; 2-teleskopik strelani tashqi seksiyasi; 3-uzun yurishli gidrosilindr;4- teleskopik strelani chiquvchi ichki seksiyasi; 5-cho‘michni aylantiruvchi gidrosilindr; 6- ish organi; 7-gidrosilindr.
Bir cho‘michli ekskavatorlarning foydalanishdagi ish unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda: - cho‘michning sig‘imi (hajmi), ; - cho‘michini to‘lish koeffitsienti (0,9...1,2); (bu yerda − cho‘michdagi yumshatilgan gruntning hajmi); − ekskavatordan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffishenti
( ); − gruntni yumshatish koeffitsienti ( );
− bir soatlik ishdagi sikllar soni; ( bu yerda − bitta ish siklini davomiyligi, ).
Ayrim jarayonlarni birlashtirgan holda ish siklining davomiyligi :
Tts = tk+ tbb + tb + tz b
,
bu yerda: qazish, cho‘michni bo‘shatishga burish, o‘shatish va qazishga qaytish vaqti davomiyligi,
Kichik gabaritli ekskavatorlar ikki guruhga bo‘linadi (3.27-rasm): massasi 1200...6000 kg mini-ekskavatorlar ( cho‘mich sig‘imi 0,25 m3 gacha ) va massasi
1200 kg gacha bo‘lgan mikroekskavatorlar ( cho‘mich sig‘imi 0,01...0,04 m3 gacha).
Beto‘xtov, uzluksiz-ishlovchi ekskavatorlar gruntni qazish, tashish va ag‘darish (cho‘michni bo‘shatish) ishlarini bir vaqtni o‘zida va uzluksiz bajaradi. Ularni katta ish hajmiga ega bo‘lgan ochish ishlarida, yer osti konlarini topish qishloq, shahar, fuqaro, sanoat va gidroinshoot qurilishlarida chuqur, kotlovan va transheya, kommunikatsiyalar uchun joylar, kanal va ariqlar ochishda, qiyaliklarni tekislash va shunga o‘shash yer qazish ishlarida ishlatiladi.
Uzluksiz harakatlanuvchi ekskavatorlar ishlash usuliga ko‘ra, uzunasiga, radial va ko‘ndalangiga qaziydigan; ish jihozlariga ko‘ra: zanjirli (qirg‘ichli va cho‘michli) (3.28-rasm), shnekli va rotorli; yurish qurilmasiga ko‘ra - zanjirli, g‘ildirak-relsli, pnevmog‘ildirakli bo‘ladi.
Ayrim hollarda qazish jihozlari avtomobil va traktorlarga ham o‘rnatilishi mumkin (3.28 va 3.29-rasmlar).
3.28-rasm. Ko‘ndalangiga kovlaydigan zanjirli va uzluksiz kovlaydigan rotorli ekskavatorlarning konstruktiv sxemalari: a...г, ж, з – burilmaydigan zanjirli; д, e, и, к – buriladigan zanjirli;
л – strelasi chiqariladigan rotorli; n − strelasi chiqarilmaydigan rotorli; 1 – cho‘michli rama;
2 – cho‘michli ramaning tekislaydigan burilish zvenosi; 3 – cho‘mich; 4 – zanjir; 5 – qabul novi.
3.29 –rasm. Uzunasiga kovlovchi transheyali ekskavatorlarning tuzilish sxemasi:
a... з –cho‘michli; e, и – qirg‘ichli.
Zanjirli cho‘michli katta bo‘lmagan ekskavatorlarning modellari g‘isht zavodlarining karerlarida va xom ashyo omborlarida ishlatiladi. Zanjirli tayanchlar bilan teleskopik sistema orqali bog‘langan ekskaatorlar (3.29-rasm, г) meliorativ
kanallarni tozalashda qo‘llaniladi. Zanjirli cho‘michlarga ega bo‘lgan ekskavatorlar vertikal cho‘mich ramasi yordamida (3.29-rasm, д) na faqat transheya, hatto vertikal devorli chuqurlar qazishi mumkin (3.30-rasm).
3.30-rasm. Kurak-qirg‘ichli bir zanjirli ekskavator:
a-umumiy ko‘rinishi; b-ish organi; v-gruntni ko‘chirish sxeasi; 1-ko‘taruvchi gidravlik
mexanizm; 2-harakatga keltiruvchi val; 3-ish organining qo‘shimcha ramasi; 4-qiya egilgan rama; 5-tozalovchi boshmoq; 6-vtulka-rolikli zanjir; 7-vintli konveyer shneki;
8-reduktor; 9-gidromexanik yurishni kamaytirgich; 10-bazaviy traktor; 11-ag‘dargich; 12,14-yetaklovchi va yetaklanadigan yulduzchalar; 13-rolik; 15-vintli tortuvchi qurilma; 16-almashinuvchi kurak qirg‘ichlar; 17,18, 19-almashinuvchi keskichlar.
Transheya ekskavatorlari shahar, qishloq, gidroinshoot, fuqaro va sanoat qurilishida gaz va neft, suv va turli xil quvurlarni qurish, kanalizatsiya, kabel ta’minoti, transheya qazish ishlarida keng qo‘llaniladi (3.31- rasm).
3.31-rasm. Zanjirli-shnekli konveerga ega bo‘lgan transheya ekskavatorlari:
a –cho‘michsiz; б – “Belorus” traktoriga osilgan qirg‘ich; в –gusenitsali traktorga osilgan qirg‘ichli.
Ular ko‘p cho‘michli yoki cho‘michsiz (qirg‘ichli) ish jihoziga ega bo‘lgan, o‘zining ilgarilama harakati davomida o‘zidan keyin aniq chuqurlikka, kenglik va shaklga ega bo‘lgan transheya hosil qiladiganva chiqqan gruntni bir vaqtning o‘zida transheya o‘qiga parallel qilib tashlab ketadigan o‘zi yurar, uzluksiz harakatga ega bo‘lgan yer qazish mashinalaridan iborat (3.31-rasm).
Shuningdek, ikki zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlar mavjud (3.32rasm).
3.32-rasm. Transheyali ikki zanjirli ekskavator sxemasi:
1-gidrosilindr; 2-richag-pishang; 3-lentali konveeyr; 4-yetaklovchi yulduzchalar;
5-plastinali zanjir; 7-qiya egilgan rama; 8- tortuvchi yulduzcha: 9-oraliq roliklar;
10-cho‘mich yoki qirg‘ichlar; 11- tashuvchi qopqoqlar; 12-qiyalik hosil qiluvchi; 13-lentali konveyer; 14-balansirli richag.
Bu ekskavatorlarning bosh parametri ular oladigan transheyaning nominal chuqurligi hisoblanadi. Ular asosan uchta qismdan iborat mashinaning ilgarilama harakatini ta’minlovchi pnevmog‘ildirakli yoki zanjirli-negiz shatakchilar, bo‘ylama transheya qaziydigan ish jihozi va qazilgan gruntni olib ketuvchi (transportyor), transport yoki boshqa joyga tashlovchi ko‘ndalang ag‘dargich mashinalarini o‘z ichiga oladigan ish jihozi; ish jihozi va ag‘dargich qurilmalarni ko‘tarib tushiradigan yordamchi uskunalar.
Ish jihozlari negiz mashinalariga osma, tirkamali va yarim tirkamali qilib ishlab chiqariladi. Zanjirli va rotorli ish jihozlari bilan butlanadi. Zanjirli ish jihozi bo‘lgan ko‘p cho‘michli ekskavatorning umumiy ko‘rinishi 3.31-rasmda ko‘rsatilgan.
Rotorli ekskavatorning ish jihozi va umumiy ko‘rinishi 3.33-rasmda ko‘rsatilgan. Ish vaqti gruntni massivdan ajratish va u bilan cho‘michini to‘ldirish zanjir yoki rotorga qazishdagi ikki xil harakatning birgalikda berilishi: asosiy harakat rama (yoki zanjir)ga nisbatan ilgarilama yoki o‘z o‘qi atrofidagi aylanma (rotor uchun) harakat hamda surish harakati-mashina harakati yo‘nalishi bo‘ylab ilgarilama harakatdan iborat (3.33-rasm).
3.33-rasm. Rotorli transheyali ekskavatorning sxemasi:
1-gusenitsali shatak; 2-gidrosilindr; 3-juft gidrosilindr; 4-plastinali zanjir; 5-zanjir; 6-halqali gardish; 7-lentali konveyer; 8-rolik; 10-tozalovchi boshmoq; 11- cho‘mich; 12-bikir rotor.
Bu turdagi ekskavatorlarning asosiy parametrlari cho‘michlarning harakat tezligi (qazish tezligi) hamda mashinaning harakatlanish tezligi dir.
Transheya chuqurligi ni har qanday qiymatida ham zanjir cho‘michlarning (rotor cho‘michlarining) tezligi va mashinaning harakatlanish tezligi cho‘michlarning to‘lishini ta’minlashi shart. Agar to‘lish koeffitsienti ni hisobga olgan holda yumshoq gruntning qirindi hajmi cho‘michning haqiqiy hajmiga teng deb qaralsa,
,
bu yerda: − cho‘michini hajmi, ; s − qirindi qalinligi, mm; – cho‘michning kengligi, mm.
Gorizontal yo‘nalishda cho‘michni to‘ldirish uchun uni ilgarilama harakatlantirish (surish) cho‘michning bitta qadami uchun vaqt ichida quyidagicha bo‘lishi kerak, m
,
Surish
yoki .
Ekskavator cho‘michini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan harakat tezligi
.
Cho‘michlar soni
,
Zanjirdagi umumiy zo‘riqish kuchi
.
Odatda ekskavatorlarning cho‘mich ramasi burchak hosil
qilib o‘rnatiladi. Burchak undan katta bo‘lganda cho‘michdagi grunt uning orqa devori orqali to‘kilishi mumkin.
Qirg‘ichli ish jihozlariga ega bo‘lgan zanjirli transheya ekskavatorining ish unumi ( ):
– qirg‘ichning kengligi, m;
– qirg‘ichning balandligi, m;
− qirg‘ichli zanjirning harakat tezligi, m/s;
– qazish sig‘imlarini to‘ldirish koeffitsienti ;
mashinadan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsienti
;
− qazish paytidagi gruntni yumshalish koeffitsienti
.
Rotorli transheya ekskavatorining gruntni transheyadan chiqarib tashlashdagi ish unumi ;
,
Bu yerda:
– rotorning aylanishlar takroriyligi, s-1; − cho‘michlar soni; qcho‘michning sig‘imi, litr; −cho‘michni to‘ldirish koeffitsienti ; –gruntni yumshalish koeffitsienti .
7.4. Muhandislik kommunikatsiyalarini transheyasiz o‘tkazish
Qurilishda qurilayotgan ob’yektlarda yer ostidan elektr kommunikatsiyasi, suv, gaz, kanalizatsiya va aloqa kommunikatsiyalarini o‘tkazish zaruriyati qayd qilinuvchi vaziyatlar yuzaga keladi. Bunda avtomagistrallar, temir yo‘llar va boshqa turli xil to‘siqlar yuzaga kelishi qayd qilinadi, bu vaziyatda ishlarni amalga oshirishning qazishsiz holatda bajarilishi transheyasiz uslublaridan foydalaniladi.
Transheyasiz holatda amalga oshiriluvchi texnologiyalarning mohiyati shundaki ya’ni, dastlab grunt qatlamida teshik tirqish qazib olinadi va keyin, unga kommunikatsiya tarmog‘i o‘rnatiladi. Grunt qatlamida teshikni tayyorlash uchun quyidagi uchta asosiy turdagi qurilmalardan foydalaniladi: havo yordamida qazuvchi (pnevmoproboynik), mikroshchitlar va nishablik bo‘yicha gorizontal yo‘nalishda burg‘ulash qurilmalari.
Havo yordamida (pnevmatik) teshish qurilmasi grunt qatlamida 50–400 mm gacha qazish qudug‘ini o‘tkazish uchun foydalaniladi. Amaliyot natijalari ko‘rsatishicha, pnevmatik teshish qurilmasi yo‘lida qattiq begona aralashmalar (mayda tosh qatlami, qurilishda xosil bo‘lgan tashlandiqlar, shag‘al va boshqalar) to‘g‘ri kelib qolishi vaziyatida yoki teshik qazish davomida turli xil zichlik qiymatiga ega qatlamlarning mavjud sohalari qayd qilingan holatda, qazish yo‘nalishi loyihalashtirilgan o‘qdan chetga og‘ishi kuzatiladi va uni orqaga yer yuzasiga chiqarib olishning iloji mavjud emas. Shu sababli, pnevmatik qazish qurilmasidan bir jinsli tarkibiga ega grunt qatlamida va shuningdek, 50 metrdan ortiq bo‘lmagan masofalarda foydalanish samarali natija beradi. Pnevmatik teshish moslamasining asosiy afzalligi – bu undan keng ko‘lamda foydalanish imkoniyatlari mavjudligi bilan belgilanadi. Bu qurilmadan nafaqat, teshik qazishda foydalaniladi, balki oxirgi qismi ochiq holatdagi quvurlarni avtomobil va temir yo‘l ostidan gorizontal holatda o‘tkazishda (3.34–rasm) ham foydalaniladi, bunda quvur orqali grunt qatlami siqilgan havo yordamida tortib olinadi (3.35 va 3.36– rasmlar) yoki tarnovcha (jelonka) yordamida qazib olinadi (3.37-rasm). Diametr o‘lchami 400 mm ni tashkil qiluvchi, eng kuchli pnevmatik teshgich qurilmasi yordamida 30–40 metrgacha masofaga, 2 metrgacha diametrga ega quvurlarni o‘tkazish mumkin. Pnevmatik teshish qurilmasi eskirgan quvurlarni buzishda va bir vaqtning o‘zida, ularning o‘rniga yangi quvurlarni yotqizishda ham foydalaniladi (3.38–rasm).
Shuningdek, pnevmatik teshish qurilmalari shpunt qoqishda, grunt qatlamini ag‘darishda, grunt qatlamida asbesosement quvurlarni yotqizishda, qoqish asosida ag‘darishda, grunt qatlamini chuqur zichlashtirish va boshqa ishlarda foydalaniladi. Pnevmatik teshish qurilmalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi horijiy firmalar – Amerikada joylashgan Vermeer va Tracto–technic (Germaniya) firmalari hisoblanadi.
3.36–rasm. Quvurdan grunt qatlamini tortib olish.
3.37–rasm. Quvurni tarnovcha (jelonka) yordamida tozalash.
3.38–rasm. Eskirgan quvurni buzish va uning o‘rniga yangisini tortish: A. Bosim ostidagi gaz va suv quvurlarini buzish: a) buzuvchi gilza; b) buzuvchi mashinasi (grundokrek);
в) kengaytirgich; г) yangi quvur. B. Kanalizatsiya uchun mo‘ljallangan uzun quvurni buzish:
Do'stlaringiz bilan baham: |