To‘ldirma ustun qoziqlar qurish qurilmasi. Hozir qishloq, shahar, grajdan, sanoat binolari va gidroinshoot qurilishlarida to‘ldirma ustun qoziqdan quriladigan asos va poydevorlar keng qo‘llanilmoqda, bunda bolg‘alar bilan ishlash sharoitlarida bino va inshootlarning yuk ko‘tarib turuvchi qismlarining dinamik kuchlar ta’sirida deformatsiyalanishi va shovqin chiqishi bartaraf etiladi. To‘ldirma ustun qoziqlardan tayyorlangan poydevorlar, qoqilgan ustunkoziqlarga nisbatan kuproq yuk ko‘taradi, ular ayniqsa bo‘sh gruntlarda turli bino va inshootlar kurishda samarali qo‘llanadi. Ularning diametrlari 60...2200 mm, o‘rnatish chuqurligi 40...60 m gacha qilib tayyorlanadi va har bir ustunqoziq; 300...100 t gacha yuk ko‘tara oladi. Bunday ustun qoziqlar ko‘prik tayanchlari va karkasli binolarning yuk ko‘taruvchi qismlarining poydevorlari uchun keng qo‘llanadi. To‘ldirma ustun qoziqlarni tayyorlash texnologik sikli bo‘lajak ustun qoziq uchun qydyq tanasini qazish, tayyorlash va ustunqoziq karkaslarini o‘rnatish, quduq tanasini betonlash ishlarini o‘z ichiga oladi. Quduqlar devorining qulash ehtimolini grunt qorishmasi yoki suvning ortiqcha bosimi, sug‘irib olinmaydigan cho‘ktirma qyvyp yoki sug‘irib olinadigan inventar quvurlar yordamida bartaraf qilib turiladi. Cho‘ktirma quvurlarni botirib kiritish bolg‘a yoki titratib botirgichlar yordamida bajariladi.
3.60- rasmda qiyaroq bog‘langan gruntda cho‘ktirma quvurlar qo‘llanmasdan tik to‘ldipma ustun qoziqlar qurish uchun mo‘ljallangan aylanib burg‘ilash qurilmalari ko‘rsatilgan, ularning ish jihozi sifatida shnek cho‘michli burg‘i yoki burg‘ilash silindri xizmat qiladi.
3.60- rasm. Burg‘ilash qurilmalarining sxemasi: a — shnekli; б— cho‘michli burg‘ilovchi silindr; в — Burg‘ilash silindriga ega bo‘lgan qurilma.
Quduqlarni cho‘ktirma quvurlar himoyasida qazish qurilmalari amaliy nuqtai nazardan barcha turdagi grunt sharoitlarida to‘ldirma ustunqoziqlar qurish imkonini beradi. Seksiyalab uzaytiriluvchi quvurlarni gruntga botirish ishlari zarb berish va titratish mexanizmlar yordamida bajariladi.
3.61- rasm. Tovoni kengaytirilgan to‘ldirma ustunqoziklarni qurishning texnologik sxemasi: I — quduq kovlash; II— kengaytirilgan bo‘shliq hosil qilish; III— cho‘ktirish quvuri va armatura karkasini o‘rnatish; IV — voronkani o‘rnatish; V — quduqni beton qorishmasi bilan to‘ldirish; VI — cho‘ktirish quvuri va voronkani chiqarib olish; 1— burg‘ilash qurilmasi;
2 — elektr yuritma; 3 — quduq: 4 — kengaytirich; 5 — cho‘ktirish quvuri; 6 — armatura karkasi; 7 — voronka; 8— badya ; 9 — beton qorishmasi.
3.61- rasmda cho‘ktirma quvur himoyasida tovoni kengaytirilgan to‘ldirma ustunqoziqlar qurishning texnologik sxemasi ko‘rsatilgan.
7.7. Grunt zichlash mashinalari
Qishloq, shahar, fuqaro, sanoat va gidroinshootlar qurilishida, yo‘l, maydon va ko‘chalarning gruntdan tayyorlanadigan asoslari va ularning ustidan solinadigan shag‘al qatlamlari, asfalt-beton aralashmasi qoplamlari sun’iy ravishda zichlash kabi ishlar uchun turli-tuman mashinalar qo‘llanib, ular bosib tekislash, shibbalash, titratish yo‘li bilan zichlash ishlarini bajaradi.
Bosib tekislashda gruntning zichlanishi, zichlanadigan yuzalardan o‘tadigan g‘altaklar massasining shu yuzalarga statik ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Shibbalashda gruntning zichlanishiga zichlanadigan yuzaga tushadigan yukning dinamik ta’sirida erishiladi. Titratib zichlashda esa titratiladigan massa grunt yoki boshqa moddiy zarrachalarga tebranma harakat beradi, natijada u yuqori qo‘zg‘aluvchanlikka ega bo‘ladi va zichlanadi. Shu ishlarnn bajaruvchn mashinalardan asosiylari 3.62- rasmda ko‘rsatilgan. Zamonaviy grunt zichlovchi mashinalarni 3.63- rasmda ko‘rishimiz mumkin.
Nazorat uchun savollar Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar turlari va uning vazifalari.
Tarmoqlarni xandaksiz o‘tkazishni qanday usullarini bilasiz?
Ustunqoziq qoqish ishlarida qanday mashinalar va jihozlar qo‘llaniladi?
Shtangali dizel-bolg‘ani ishlash prinsipini, chizib tushuntiring.
Ekskavatorni turlari. Ekskavator tanlash uslubiyati nimadan iborat?
Titrash bolg‘asi ishlashi va tuzilishi.
Kopyor to‘g‘risida nimani bilasiz va qo‘llanish sohasi.