Ma’ruza №3 Mavzu: Mashg‘ulotlar jarayonida sportchilar tayyorgarligining asosiy bo‘limlari



Download 174,31 Kb.
bet13/15
Sana23.01.2022
Hajmi174,31 Kb.
#402868
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
JTSN va U 3-6-3

Ma’naviy – ruhiy tayyorgarlik.

Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik – bu trenirovka faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, musobaqalarga tayyorlanish va ularda ishonchli ishtirok etish uchun sportchilarda shaxs va ma’naviy-ruhiy sifatlarni shakllantirish va takomillashtirish maqsadida qo‘llanadigan psixologik – pedagogik ta’sirlar tizimidir.

Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik shunday ruhiy holatni vujudga keltirishga yordam beradiki, u, bir tomondan, jismoniy va texnik tayyorlanganlikdan eng samarali foydalanishga xizmat qiladi, boshqa tomondan esa – musobaqaoldi va musobaqada xalaqit beruvchi omillarga (o‘z kuchiga ishonmaslikka, mumkin bo‘lgan mag‘lubiyatdan qo‘rquvga, tanglik ahvoliga, ortiqcha hissiyotlarga berilishga va boshqalarga) qarshi turish imkoniyatini beradi.

Umumiy ma’naviy-ruhiy va aniq musobaqaga ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikni o‘zaro farqlash qabul qilingan.

Umumiy ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik quyidagi ikki yo‘l bilan hal etiladi:


  1. sportchini ekstremal shart – sharoitlarda faoliyat olib borishiga ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini ta’minlaydigan universal usullarni: kuchli emotsional va faollashish darajasi hamda diqqat – e’tiborni markazlashtirish va taqsimlash holatlarida o‘zini mustaqil boshqarish usullarini o‘rgatish; maksimal irodaviy va jismoniy kuchlanishlarga o‘z – o‘zini mustaqil tashkil etish va safarbar qilish usullariga o‘rgatish;

  2. faoliyatida musobaqaviy kurash sharoitlarini so‘zlashish va natural usullar vositasi bilan modellashtirish uslublarini o‘rgatish. Aniq musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish ma’lum bir emotsional uyg‘onganlik fonida hamda motivatsiyaga, sportchini mazkur yutuqqa erishishga talabchanligi va unga erishishning sub’ektiv ehtimoliga bog‘liq holda rejalashtirilgan natijaga erishish uchun ko‘rsatmani shakllantirishni nazarda tutadi. Emotsional xolat darajasini o‘zgartirish, talabchanlik kattaligini hamda maqsadning jamoatchilik va shaxsiy ahamiyatini, shuningdek muvaffaqiyatning sub’ektiv ehtimolini korreksiya qilish bilan sportchini bo‘lg‘uvchi musobaqaga ma’naviy-ruhiy tayyorgarligining kerakli holatini shakllantirish mumkin.

Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikning mazmuni, uning tuzilishi, erishishning usul va vositalari sport turining xususiyatlari bilan aniqlanadi.

Kundalik trenirovka jarayonida ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik, o‘z maqsad va vazifalariga ega bo‘lsa ham, go‘yoki tayyorgarlikning boshqa turlari (jismoniy, texnik, taktik tayyorgarlik) tarkibiga kiritilgandek bo‘ladi. Agar texnik tayyorgarlikning maqsadi – mazkur sportchining effektiv faoliyatini ta’minlaydigan potensial imkoniyatlarini amalga oshirish bo‘lsa, u holda xususiy masalalarning turli – tumanligi (motivatsion ko‘rsatmalarni shakllantirish, irodaviy sifatlarni tarbiyalash, harakatlanish malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish, intellektni rivojlantirish, trenirovka va musobaqa yuklamalariga nisbatan ruhiy turg‘unlikka erishish) har qanday trenirovka vositasi u yoki bu darajada ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik masalalarini echilishi uchun xizmat qilishga olib keladi.

Sportchilarni ma’naviy-ruhiy tayyorgarligi jarayonida qo‘llanadigan aniq vosita va usullarning mazmunini quyidagi (A. V. Rodionov, 1995 taklifini bo‘yicha) klassifikatsiya yoritib beradi.

Qo‘llanish maqsadiga ko‘ra ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik vositalari va usullari quyidagilarga bo‘linadi:



  1. mobilizatsiyalovchi (safarbar qiluvchi);

  2. korreksiyalovchi (tuzatma kirituvchi);

  3. Relaksatsiyalovchi (bo‘shashtiruvchi).

Mazmuniga ko‘ra ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik vositalari va usullari quyidagi guruhlarga bo‘linadi (10 - rasm):

  1. psixologik – pedagogik (ishontiruvchi, yo‘naltiruvchi, harakatlanuvchi, axloqiy – tashkil etuvchi, ijtimoiy – tashkil etuvchi hamda ularning kombinatsiyalari);

  2. asosan psixologik (sub’ektiv, ya’ni uqtiruvchi, so‘z va natura ta’siri birgalikda olib boriladigan mental; ijtimoiy – o‘yinli, ularning kombinatsiyalari);

  3. asosan psixofiziologik (apparatli, psixofarmakologik, nafas oluvchi, ularning kombinatsiyalari).

Ta’sir sohasi bo‘yicha ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik vositalari va usullari quyidagilarga bo‘linadi:

  1. perseptiv – psixomotor sohani (ya’ni, vaziyatni qabul qilish va motorli harakatlar bilan bog‘liq sifatlarni) korreksiyalashga yo‘naltirilgan vositalar;

  2. intellektual sohaga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar;

  3. irodaviy sohaga ta’sir etuvchi vositalar;

  4. emotsional sohaga ta’sir etuvchi vositalar;

  5. axloqiy sohaga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar.

Adresat (ta’sir ko‘rsatiluvchi kishi) bo‘yicha ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik vositalari va usullari quyidagilarga bo‘linadi:

  1. murabbiyni ma’naviy-ruhiy tayyorlashga yo‘naltirilgan vositalar;

  2. bevosita sportchini yoki jamoani boshqarish vositalari.

Qo‘llash vaqti bo‘yicha ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik vositalari va ko‘nikmalari quyidagilarga bo‘linadi:

  1. ogohlantiruvchi;

  2. musobaqa oldi;

  3. musobaqa;

  4. musobaqadan keyingi.

Qo‘llanish xarakteriga ko‘ra ular o‘z – o‘zini regulyasiya qilish (autota’sir) va geteroregulyasiyaga (pedagogik jarayonning boshqa ishtirokchilarini – murabbiyni, psixologni, shifokorni, massajchini va boshqalarni ta’siriga) bo‘linadi.

Vosita va usullarni aniq tanlanishiga vaqt omili, musobaqa o‘tkaziladigan joy, jamoadagi ijtimoiy – psixologik ahvol, sportchining individual xususiyatlari sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Safarbar etuvchi vositalar va usullar ma’naviy-ruhiy tonusni ko‘tarishga, sportchini faol intellektual va motorli faoliyatiga ko‘rsatmani shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bularga o‘z – o‘ziga buyruq berish, ishontirish singari og‘zaki vositalar; «psixik regulyasiya qilinuvchi trenirovka» («safarbar qilish» varianti), konsentratsiya (diqqatni jamlash) mashqlari singari psixik regulyasiya qiluvchi mashqlar; akupunkturani uyg‘ontiruvchi varianti, uyg‘ontiruvchi massaj singari fiziologik ta’sir vositalari kiritiladi.



Download 174,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish