Sportchini ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik vosita va usullari.
Tuzatish kirituvchi vositalarni odatda og‘zaki ifodalanadigan vositalar toifasiga kiritadilar va ular geterota’sir ko‘rsatuvchi shaklida bo‘ladi Ular sifatida sublimatsiyaning (sportchining musobaqani mumkin bo‘lgan yakuni to‘g‘risidagi fikrlari o‘zining xususiy texnik – taktik harakatlarini ijobiy baholash yo‘nalishiga tomon siqib boriladi) turli variantlari, maqsadni nazarda tutishni o‘zgartirish usullari, «ratsionallashtirish» usuli (sportchiga boshlanib kelayotgan stress mexanizmini va uni nima eng xavfsiz qilishini tushuntirish), K. S. Stanislavskiy tizimi bo‘yicha (sportchiga atayin g‘azab, jahl, quvonch, gumon va boshqalarni namoyon etishni taklif qilish) «hissiyotlar gimnastikasi» bo‘lishi mumkin.
Relaksatsiyalovchi vositalar sportchining qo‘zg‘aluvchanlik darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi hamda ma’naviy-ruhiy va jismoniy tiklanish jarayonini engillashtiradi. Bunga misol sifatida «tinchlanish», «progressiv relaksatsiya» (muskullarni navbatma – navbat kuchlantirish va bo‘shashtirish), «psixik regulyasiya pauzalari», tinchlantiruvchi massaj singari psixik regulyasiyalovchi trenirovka variantlarini aytib o‘tish mumkin.
Psixologik –vositalar faqat psixologning biladigan va shug‘ullanadigan sohasi (kompetensiyasi) emas, balki pedagog va murabbiyning ham kompetensiyasiga kiradi. Ular verbal (og‘zaki) ta’sirga asoslanadi va asosan sportchini ma’naviy va axloqiy sohasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. So‘zdan samarali va jozibali foydalana olish - ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikning eng muhim vositasidir.
Texnologiyasi bo‘yicha fiziologik, lekin o‘z tarkibida asosan bilvosita ma’naviy-ruhiy ta’sirga ega bo‘lgan vositalarga shartli ravishda psixofizioloik vositalar deb aytiladi. Akunpunktura, massaj, badanqizdirish mashqlari (ayniqsa u psixologik nuqtai nazardan bilimdonlik bilan tashkil etilgan va sportchida kerakli kayfiyatni shakllantirish maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lsa) ana shunday vositalar hisoblanadi.
Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik vositalarining anchagina katta qismini ixtiyoriy o‘z – o‘zini regulyasiya qilish usullari tashkil etadi. Qo‘llanish usuliga ko‘ra ishontirish, o‘z – o‘zini ishontirish (o‘z – o‘ziga buyruq berish), harakatlanish va nafas olish mashqlari, tasvirlash va tasavvur qilish (masalan, ideomotor trenirovkasi vositalari yordamida) mexanizmlaridan foydalanish bunday usullar bo‘lishi mumkin.
Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik ko‘p yillik tayyorgarlik davomida muntazam ravishda mashg‘ulot mashg‘ulotlarida, o‘quv-trenirovka yig‘inlarida va musobaqalarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |