Birinchi bosqich katta trenirovka sikllari tayyorgarlik bosqichining birinchi yarmi bilan mos tushadi va bu vaqtda sportchini tayyorlash bo‘yicha barcha ishlar sport formasini egallashiga qaratilgan bo‘ladi. Bu musobaqa harakatlarning yangi texnika modelini (uni yaxshilash, amaliy o‘zlashtirish, musobaqa harakatlari tarkibiga kiradigan alohida elementlarini o‘rganish) yaratish va ularning umumiy koordinatsion asoslarini shakllantirish bosqichidir;
Ikkinchi bosqich. Mazkur bosqichda texnik tayyorgarlik chuqurlashtirilgan o‘zlashtirishga va musobaqaviy harakatlarni yaxlit ko‘nikma va malakalarini sport formasining tashkil etuvchi komponentalari sifatida mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. U katta trenirovka (maxsus tayyorgarlik, musobaqaoldi bosqichlari) sikllarining tayyorgarlik davri ikkinchi yarmining sezilarli darajadagi katta qismini qamrab oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |