MAVZU; Magnit kuchaytirgichlarning xususiyatlarini o’rganish.
Ishdan maqsad.
Talabalarga magnit kuchaytirgich xaqida malunotlar berish va tuzilishini o’rgatish.
Magnit kuchaytirgichning xususiyatlarini o’rgatish va tasavur xosil qilish.
Magnit kuchaytirgichlarning vazifalarini o’ragatish.
Magnit kuchi nima? Magnit kuchlar tabiatdagi toʻrtta asosiy kuchlardan biri boʻlgan elektromagnit kuchlar natijasidir va ular zaryadlarning harakati tufayli hosil boʻladi. Zaryadlangan va bir xil yoʻnalish boʻylab harakatlanayotgan ikki jism oʻzaro magnit tortishish kuchiga ega. Xuddi shu kabi zaryadlangan va turli yoʻnalishda harakatlanayotgan jismlar oʻzaro magnit itarish kuchiga ega.
Magnit maydonlar haqidagi maqolamizda biz harakatlanayotgan zaryadli zarra oʻz atrofida magnit maydon hosil qilishini oʻrgangan edik.
Magnit kuch qanday topiladi? Ikkita harakatlanayotgan zaryadlangan jism orasidagi magnit kuchning qiymati ularning zaryadlari qanchalik harakatda ekani va jismlar orasidagi masofaga bogʻliq. Kuchning yoʻnalishi har doim zaryadlarning oʻzaro harakat yoʻnalishiga bogʻliq.
Magnit kuchni aniqlashda oʻzgarmas magnit induksiyaga ega maydonda doimiy tezlikda harakatlanuvchi zaryad andazasidan foydalaniladi. Agar bizga magnit maydon kattaligi berilmagan boʻlsa, unda ushbu usuldan foydalanishimiz mumkin, chunki koʻpincha magnit maydonni toʻgʻri tokkacha boʻlgan masofa orqali hisoblash mumkin.
Magnit kuchaytirgich - elektr signallarini kuchaytirish uchun moʻljallangan qurilma. Magnit kuchaytirgichda boshqariladigan elementlar ferromagnit oʻzakli induktivlik gʻaltaklari hisoblanadi. Ularda ikki oʻzgaruvchan magnit maydon mavjud boʻladi: biri — taʼminlash manbai chastotasida, ikkinchisi — kuchaytiriladigan signal chastotasida oʻzgaradi. Magnit kuchaytirgich lampali va tranzistorli kuchaytirgichlardan keskin farq qiladi. Magnit kuchaytirgich koʻproq oʻzgarmas tok yoki sekin oʻzgaradigan oʻzgaruvchan tok signallarini kuchaytirishda ishlatiladi. Kuchaytiriladigan signallar chastotalari diapazonini yuqoriroq chastotalar tomonga kengaytirish uchun Magnit kuchaytirgich lampali, yarimoʻtkazgichli, elektr mashina kuchaytirgichlari va boshqa bilan birgalikda qoʻllaniladi. Magnit kuchaytirgich aniq oʻlchash asboblarida yirik agregatlar (prokat stanlari, ekskavatorlar va boshqalar) ni avtomatik boshqarish qurilmalari va boshqa sohalarda keng ishlatiladi