Mavzu yuzasidan savollar.
Jismoniy rivojlanganlik nima ?
Demografik kasallanish nima?
Motor nuqsonli bolalar deganda kimlarni tushunasiz ?
Tabiiy o’sish haqia nimalarni bilasiz ?
Foydalangan adabiyotlar.
Ayupova M.Y. Logopediya. T.: O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2007.
Дефектологический словарь. M.: Владос, 2001y.
Лапшин В.A., Пузанов Б.П. Основи дефектологии. M.: Просвещение, 1990.
Mo’minova L.R. Logopediya. T., 2006 y.
Po’latova P. Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika). T.:«G’afur G’ulom», 2007.
Raxmanova V.S. Maxsus pedagogika. T.: G’ofur G’ulom, 2004 y.
www. Ziyo.net
6-mavzu: Maktabgacha yoshdagi ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish
(2soat amaliy)
Reja
1. Ko’ish qobiliyati zaif bolalar bilan maktabgacha tarbiya muassasalari xamda maktabalarda
olib boriladigan ishlar ta’rifi
2.Sensor nuqsonli bolalar bilan inklyuziv integratsion ta’limni tashkil etish
3. Ko’ish qobiliyatida kuzatiladigan nuqsonlaming oldini olish va bartaraf etish.
4. Ko'zi ojiz bolalar uchun O'zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan muassalar.
Тayanch so’z va iboralar.:
Tiflopedagogika, tug’ma va orttirilgan nuqsonlar, katarakta, glaucoma, myopia, mikroblefaron, kriptoftalm, koloboma, ambliopiya, nistagm, afaksiya, retinit, ko’rish atrofiyasi
Tiflopedagogikada ko‘zi ojiz bolalar ko‘r (so‘qir), yaxshi ko‘ra olmaydigan, ko‘zi xira, zaif ko‘ruvchi _bolalar guruhiga bo‘linadi. Ko‘r bolalarning ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko‘rlik) yoki korreksiya qo’llanilganida (ko‘zoynak tutilganda) ham ko‘rish o’tkirligi 0,04 gacha pasaygan, ya’ni bunday bolalar amalda ko‘r bo‘ladi. Zaif ko’ruvchi bolalarda ko’rish o’kirligi 0,05 dan to 0,4 gacha boclishi mumkin. Ushbu guruxdagi bolalar tevarak-atrofni ko6rish analizatori orqali idrok etadi.
Ko‘rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko’ra tug‘ma va orttirilgan bo’ladi. Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar (masalan, tug‘ma kataraktaning ba’zi shakllari va boshqalar), xomilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari bilan og‘rishi, xomila ko‘rish organlarining embrional rivojlanish paytda zararlanishi, miya o'smasi va shu kabi kasalliklar katta rol o‘ynaydi. Orttirilgan kocrish anomaliyalari hozirgi kunda nisbatan kam uchraydi. Aholiga davolash-profilaktika, oftalmologiya yordamining yaxshilangani tibbiyot sohasidagi katta yutuqlar qo‘lga kiritilgani munosabati bilan zaif ko‘ruvchi bolalar ancha kamaydi. Traxoma, chechak, so'zak, ko‘z sili, skarlatina va boshqa kasalliklar oqibatida bolalarning ko‘r yoki zaif ko‘ruvchi bo‘lib qolish hodisalariga deyarli tamomila barham berildi. Ko‘z ojizligi, ya’ni ko‘rish nuqsonlari zo‘rayib boradigan va bir xil turadigan (muqim) bo‘ladi. Zo‘rayib boradigan xili kun sayin og‘irlashib, bora-bora ko’rlikka olib keladi. Muqim xili esa turg‘un bo‘ladi, bolaning ko‘rish darajasi doim bir xilda turaveradi. Ko‘rish qobiliyatining zo’rayib boradigan zaifligi, ko’ksuv, ya’ni glaukoma kasalligi (ko‘z ichki bosimining ko‘tarilib ketishi) ko‘ruv nervi atrofiyasi, to‘r parda (ko’zning yorug‘likni qabul qiladigan qismi) distrofiyasi (aynishi) ga bog‘liq bo’ib, bolaning har qanday rivojlanish davrida vujudga kelishi mumkin. Gigiyenik talablarga rioya qilmaslik refraksiya anomaliyalar bilan bog'liq bo‘lgan ko‘z kamchiliklari zo'rayib borishiga ham olib keladi (faqat yaqindan yoki uzoqdan ko‘rishga).
Yosh go’daklarda ba’zan ko‘zga oid tug’ma nuqsonlar xam uchraydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |