Barcha pedagogik tashkiliy ishlami korreksion yo‘nalganligi bolaning individual xususiyatlarini hisobga olib reja tuziladi, ish shakllari tashkil qilinadi.
Defektolog har kungi mashg‘ulotlarni rejalashtiradi.
Tarbiyachi har kungi sayr o‘tkazish, qo‘l mehnati, rasm chizish mashg'ulotlaridan tashqari bolalar faoliyatini tashkil etishni rejalash- tiradi. Ota-onalar bilan haftada 2 marta ish olib boradi.
Reja ustida defektolog va tarbiyachi birgalikda ishlaydilar, ya’ni o'tgan haftaning yutug‘i va kamchiliklarini muhokama qiladilar. Qaysi bola bilan nima ustida qo‘shimcha ishlash kerakligini birgalikda kelishib hal etadilar. Qaysi ota-ona bilan gaplashish kerakligini o‘zaro hal etadilar.
13-mavzu. Nutq nuqsonlari haqida tushuncha.
(2soat, nazariy)
Reja :
1. Nutq va nutq turlari
2.Nutq nuqsonlarining turlari.
Nutq umuminsoniy hodisadir, lekin har bir odamda individ sifatida yakka shahsning nutqi bo’lib ko’zga tashlanadi. Har bir shaxs nutqining o’ziga hosligi birinchi navbatda shahsning tilni (lug'at boyligi, grammatika, fonetika va boshqa) qanchalik egallay olganligiga bog'liqdir. Nutqning individual hususiyatlari uning tuzilishida, talaffuz etilishida va boshqa shu kabilarda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham nutq va tafakkur bir-biri bilan tabiiy ravishda bog'lanadi. Nutq tafakkur qurolidir, chunki biz fikr qilish uchun so’zdan foydalanamiz, fikrimizni so’z bilan ifoda qilamiz, nutq yordami bilan o’z fikrimizni boshqalarga ma'lum qilamiz va boshqalarning fikrini bilib olamiz. Nutqning shu ikki vazifasi bir-biriga qattiq bog'langan, shu sababli nutqni kishilarning o’zaro aloqa vositasi va tafakkur quroli deb ta'riflash mumkin.
Ammo biz nutq yordami bilan yana o’zimizning ruhiy holatlarimizni, kechirayotgan tuyg'u-hissiyotimizni ham ifoda qilamiz. Biz nutq yordami bilan bir-birimizga ta'sir qilamiz. Nutq gapirayotgan kishining ongida va qalbida bo’lgan fikr va mahsadni ifoda qiladi. Biz nutq vositasi bilan birovni hursand yoki hafa qilishimiz, uni umidsizlantirishimiz yoki unga tasalli berishimiz mumkin. Nutqning kuchi haqida har bir xalqda alohida maqollarning bo’lishi ham bejiz emas. Bu maqollar nutqning kishi ruhiga qanday ta’sir qilish kuchiga ega ekanligini yaqqol ko’rsatadi. Masalan, «Yahshi so’z jon ozig’i», «Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til» va hokazo.
Notiq, tashviqotchi, zobit va o’qituvchining nutqi asosan kishilarni biror ishga undash, ularniig ongiga biror maqsad va g'oyalarni singdirish, o’git-nasihat qilish vositasi bo’lib hizmat qiladi.
Nutqning boshqalarga ta'sir qilish kuchi haqida Navoiyning quyidagi so’zlarini ham eslatib o’tish mumkin: «Dunyo sarf qilib erishilmagan natijalarga vaqtida ishlatilgan bir yaxshi So’z bilan erishish mumkin».
Nutqning kishi ongi va qalbiga ta'sir qilish kuchi katta bo’lgani uchun u ta'lim-tarbiya ishining asosiy qurollaridan hisoblanadi.
Nutqni nerf fiziologik asosini ikkinchi signallar sistemasi tashkil etadi.
Nutqning' paydo bo’lishi
Nutq ham kishi ongi singari mehnat mahsulotidir. Nutq, aslida boshqa kishilar bilan aloqada bo’lish ehtiyojidan va buning qat'iy zarurligidan kelib chiqqandir. Dastavval mehnat va keyinchalik u bilan birga aniq nutq ham paydo bo’ladi. Odamning hayvon ajdodlari bo’lmish odamsimon maymunlarning mehnatga o’tib, odamga aylanish jarayonida nutq ham paydo bo’lgan, chunki «odamga aylanib bo’lganlarida ularda bir- biri bilan muloqqat qilish ehtiyoji paydo bo’lgan».
Nutq turlari
Ibtidoiy odamlarda eng birinchi taraqqiy qilgan nutq polilogik nutq deyiladi. Bu biror havf-hatarli hodisa ro’y berganda butun jamoasi (ko’pchilik)ning birdaniga ovoz chiqarishi, yani hayajonli nutqidir. Polilogik nutq bilan birga dialogik nutq ham rivojlana boshlagan. Dialog ikki yoki bir qancha kishilar o’rtasida borayotgan suhbat demakdir. Keyinchalik monologik nutq ham taraqqiy qiladi, yani bir kishining boshqalarga qarata bir narsani gapirishi, hikoya qilishi va hokazo. Nutqning bu turlari kishi ongining rivojlanishiga bog'liq ravishda ijtimoiy mehnat va ijtimoiy munosabatlarning murakkablasha borishi bilan birga o’sib, taraqqiy qilib kelgandir.
Nutq kishilarning o’zaro aloqa qilish, bir-birining fikr va maqsadlarini bilib olishga hizmat qilgani uchun albatta, fikrni va maqsadni boshqalarga aniq bildirish uchun alohida vositalardan foydalanmogi zarur edi. Bu vositalar har qanday ma'no beradigan mahsus tovush birikmalari va alohida yozma belgilardan iborat bo’lib, asosan fonetik (og'zaki) nutq va grafik (yozma) nutq turlari rivoj topdi.
Fonetik nutq. Tovushlarni biriktirib, og'zaki gapirish demakdir. Eshitish va nutq a'zolari sof mo'tadil o’sgan kishilar og'zaki nutqdan foydalanadilar. Yer yuzidagi hamma xalqlarning asosiy nutqi tovushlar nutqi bo’lib, buni kishilar kichik yoshdagi amaliy yo’l bilan aloqa qilish orqali egallaydilar. Uning kelib chiqishi yer yuzida insonlar jamiyati paydo bo’lishi bilan bog'liqdir.»
Grafik yoki yozma nutq ayrim tovushlarni, so’z, gap va buyumlarni ifoda qiladigan har qanday mahsus belgi, surat va harflardan iboratdir. Yozma nutqni egallash uchun o’qish, savod chiqarish lozim. Nutqning bu turidan savodli kar-soqovlar va shuningdek ko’rlar ham foydalanadilar. Biroq, ko’rlar uchun mahsus Brayl usulidagi yozma nutq mavjuddir.
Shu bilan birga «nutq» va «til» tushunchalarini bir-birilaridan ajratish lozim. Nutq har kimning boshqa kishilar bilan aloqa qilish qobiliyati demakdir. Til esa tarihiy kelib chiqqan so’zlar va ularni ishlatish qoidalari sistemasi bo’lib, uning egasi butun bir millat, bir xalqdir. Shuning uchun biz odatda «o’quvchining nutqi», «o’rtoq Ahmedovning nutqi» va «o’zbek tili», «rus tili» deb gapiramiz. Ammo, nutq va til bir- biriga tabiiy boglanadi. Tevarak-atrofdagi odamlar qaysi tilda gapirsalar, bizning shaxsiy nutqimiz shu til sistemasi va qoidalariga bo’ysunadi. Odatda bizning nutqimiz ona tilimizdagi nutqdir. Lekin biz bundan tashqari boshqa tillarni ham bilishimiz mumkin.
Nutqning vazifasiga qarab uni yana tashqi va ichqi nutq turlarga ajratish mumkin:
Tashqi nutq boshqalar uchun tayinlangan nutq bo’lib, u asosan og'zaki, yani ham gapiruvchi, ham tinglovchining ayni bir vaqtda va bir joyda bulishini talab etadi. Odatda tashqi nutq suhbat, savol-javob, yani dialog' shaqlida utadi. Ammo u monolog shaklida ham bo’ladi. Masalan, doqladchi, notiq va dars berayotgan o’qituvchining nutqi bunga misol bo’la oladi. Biror savolga javob berishda, biror narsani uqdirish va bayon qilishda shu nutq turidan foydalanamiz. Shuning uchun ham uning aniq va boshqalar uchun tushunarli, jonli va ifodali bo’lmogi shart. Tashqi nutq asosan og'zaqi bulib, so’zlardan tuzilgan. Ammo unga imo-ishora, yuz ifodalari va har hil ohanglar aralashib, uni quchaytiradi, yaqqol va ifodali qiladi. Shu sababli notiq ning ovozinigina emas, balki uning uzini va yuz ifodalarini ko’rar ekanmiz, uning nutqini ham yahshirok tushunamiz. Shuning uchun ham notiq va dars berayotgan o’qituvchi hammaga ko’rinadigan joyda turib gapirishi talab qilinadi.
Yozma nutq ham boshqalar uchun tayinlang'an nutqdir. Ammo u yozuvchi bilan kitobhonning ayni bir vaqtda va bir joyda bo’lishini taqozo qilmaydi. Chunqi yozma nutq bevosita aloqa uchun emas, balki uzoqdan turib aloqa qilish uchun ishlatiladi. Masalan, biz boshqa bir shaharda yashovchi bir kishiga bir narsani hat qilib bildirsak, u buni bir haftadan keyin olib o’qishi mumkin. Biz besh yuz yil avval yozilgan Navoiy asarlarini hozir o’qib, ularning mazmunini bilamiz.
Ichqi nutq kishining o’zi uchun bo’lib, o’z ichida o’ylab, jim o’tirgan vaqtdagi nutqidir. Odatda, u ovozsiz o’tadi. Ba’zi hollarda esa u shivirlab aytiladi yoki ovoz bilan gapiriladi. Bunday hodisa kishi bir narsadan juda qattiq ta'sirlangan, hayajonlangan yoki bir narsadan pushaymon bo’lgan yoki u o’zi yolg'iz o’tirgan vaqtlarda ro’y beradi. Kishi o’zi sezmasdan, baland ovoz bilan gapira boshlaydi yoki o’qtin-o’qtin ayrim so’zlarni gapirib qo’yadi. Ba'zan o’z ichida o’ylanib o’tirgan kishi yuz ifodasini o’zgartirib, boshini qimirlagib, ko’llarini silkitib qo’yadi. Bu ichki nutqning harakat bilan ifoda qilinishidir. Bunday hodisa, ayniqsa, kichkina bolalarda ko’p uchraydi. Bola o’ynar ekan, uning og’zi ham jim turmaydi, u o’z- o’zicha gapirib o’ynaydi. Ya'ni o’z ichida nima o’ylayotgan bo’lsa, shuni ovoz bilan gapiraveradi.
Nutq tafaqqur qurolidir. Shuning uchun ham biz bir narsani yahshiroq tushunib olmoqchi bo’lsak yoki bir fikrni o’zimiz uchun to’la aniq qilmoqchi bo’lsak, uni ovoz bilan o’zimizga aytib beramiz. Biz bir fiqrni boshqalarga aytib berishdan oldin o’z ichimizda uylab uning aniq ifodasini topib, keyin gapiramiz. Demak, kishi o’ylaganida hamisha ichki nutqdan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |