Nutq Reja: 1.Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi 2. Nutq turlari 3.Nutqning anatomik-fiziologik asoslari Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi
Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Odam nutq bo‘lmasa, til vositalari bo‘lmasa fikr qilolmaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, nutq fikrlash qurolidir. Tafakkur bo‘lmasa nutq til bo‘lishi ham mumkin emas.
Fanga xilof bo‘lgan burjua idealistik ta’limot uchun xarakterli narsa shuki, u tafakkurni nutqdan, til shakllaridan ajratib qo‘yadi. Masalan, psixologlarning Vyursburg maktabi deb atalgan idealistik psixologiya namoyandalari (Byuller, Messer, Kyulpe, Ax va boshqalar) odamdagi tafakkur jarayonlari obrazlardan - idroklar va tasavvurlardan mustaqil ravishda, shuningdek, nutq tildan mustaqil ravishda sodir bo‘ladi, deb isbot qilmoq uchun, buni hatto tajriba qilib ko‘rsatishga ham urinib ko‘rdilar.
Obrazlardan va nutqdan mustaqil mana shunday «sof» tafakkur bo‘lishi mumkin, degan idealistik ta’limot butunlay asossiz ta’limotdir. tasavvurlardan mustaqil sur’atda o‘sa olmaydi.
Tafakkur idrok va tasavvurlardan mustaqil sur’atda o‘sa olmaydi.
Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi.
Bizning hukmlarimiz, mantiqiy ta’riflarimiz, xulosalarimiz til materiallari va gaplar yordami bilan ifodalanadi.
Til materiallari va gaplar vositasi bilan analiz va sintez qilinadi, abstraksiya qilinadi va umumiylashtiriladi. Til materiallari bo‘lmasa, biz hatto eng oddiy hukmni ham o‘zimiz uchun ifodalay ololmaymiz - biz shu onning o‘zida idrok qilib turgan buyumlar to‘g‘risida ham biror nimani tasdiq qilib yoki inkor qilib aytolmaymiz. Biz so‘zlar bo‘lmasa, bitta ham tushunchani fikrimizga joylashtira olmaymiz. Faqat til yordami bilangina odamlar bir-birlariga o‘z fikrlarini ayta oladilar. Odamlar nutq orqali bir-birlari bilan aloqa bog‘laganlarida, tafakkur natijalarini va o‘tmish ajdodlarning bilish sohasida erishgan muvaffaqiyatlarini til yordami bilan o‘zlashtirib oladilar va ayni vaqtda o‘z fikrlarini va bilimlarini avlodlariga topshiradilar. Agar til bilan tafakkur aynan bir narsa bo‘lganida edi, u holda hamma tillarda grammatik tuzilish ham aynan bir-biriga o‘xshash bo‘lishi kerak edi, yoki har qaysi millatda shu millat tilining grammatik tuzilishiga muvofiq ravishda, tafakkur shakllarining tuzilishi ham turlicha bo‘lishi kerak edi. Har bir xalqda o‘ziga xos mantiq bo‘lishi lozim edi. Lekin bunday holda, turli millat odamlarining bir-birlarini tushunishlari mumkin bo‘lmadi, aynan bir fikrni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish mumkin bo‘lmadi. Til bilan tafakkurning bevosita aloqasi faqat tilning tafakkur uchun bo‘lgan ahamiyatidagina ifodalanib qolmasdan, balki, shu bilan birga, tafakkurning til uchun bo‘lgan ahamiyatida ham ifodalanadi. “ ” Suhbatdoshlarning og‘zaki nutqda qatnashishlari qay xarakterda va qay darajada bо‘lishiga qarab, og‘zaki nutq ikki shaklga bо‘linadi.
Ikki yoki kо‘p suhbatdosh о‘rtasidagi gaplashish tariqasida bо‘ladigan nutq dialog deb ataladi.
dialog nutq
Odam bitta о‘zi gapirsa-yu, boshqa kishilar bu gapga faol qatnashmay faqat uning nutqini tinglab tursalar, nutqning bu shakli monolog deb ataladi
monolog nutq
Og‘zaki nutq ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy bо‘ladi. Gapirayotgan kishi sо‘z va grammatika shakllarini maxsus tanlamay, og‘ziga kelganicha sо‘zlashsa, bu holda nutq ixtiyorsiz nutq bо‘ladi. Gapirayotgan kishi о‘z sо‘zlari uchun alohida mas’uliyat sezib gapirganida, shu nutqni tinglayotgan kishi gapirayotgan kishi uchun alohida ahamiyatga ega bо‘lganida, bunday hollarda nutq ixtiyoriy xarakterga ega bо‘lib qoladi.
Eshitish markazi so‘z chakkaning orqa bo‘limida joylashgan.
Miya-ning bu uchastkasi eshitilgan so‘zlarni idrok qiladi, boshqalarning nutqini tushunish va o‘zlashtirishni vujudga keltiradi, bu markaz buzilib qolga-nida nutq chuvalab ketadi, buni sensorli afaziya deb ataladi. Bunday kasalga duchor bo‘lgan kishi o‘zgalarning nutqini tushunmaydi: tovush va so‘zlarni eshitadi-yu, lekin so‘zlarning mazmunini bilmaydi, gapning ma’nosini tushunmaydi.
Nutqning harakatlantirish markazi chap yarim shaming uchinchi manglay qismida joylashgan. Bu markaz gapiruvchi kishining faol nutqini vujudga keltiradi. Bu markaz buzilib qolganida odam gapirolmaydigan bo‘lib qoladi. Nutqning bunday buzilishi harakat afaziyasi deb ataladi.
Как мы этого достигнем Коэффициент окупаемости инвестиций Представление мультимедийного опыта и стратегий роста в разных средах Визуализация качественной интеллектуальной собственности Использование мировых методик с помощью веб-технологий Нишевые рынки Внедрение масштабируемого обслуживания клиентов с помощью устойчивых стратегий Вовлечение лучших веб-служб с передовыми результатами Цепочки поставок Формирование индивидуального обслуживания клиентов с помощью надежных идей Своевременное предоставление результатов для схем в режиме реального времени Сводка Мы, коллектив Contoso, считаем, что свое дело надо выполнять на 110 %. Используя архитектуру данных нового поколения, мы помогаем организациям виртуально управлять гибкими рабочими процессами. Мы процветаем благодаря пониманию рынка и отличному коллективу, отвечающему за продукт. Как говорит наш генеральный директор: "Эффективность достигается благодаря активным преобразованиям способа ведения бизнеса". E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |