Mavzu bo`yicha savollar:
1. Oligofren bolalar deb qanday bolalami aytamiz?
2. Oligofreniyaning kelib chiqish sabablari nimada?
3. Oligofreniyaning darajalarini aytib uting?
4. Debil bolalarning rivojlanish xususiyatlarini ta’riflab bering.
5. Aqlan zaif bolalarga qanday bolalar kiradi?
6. Aqlan zaif, oligofren bolalar qayerda ta’lim-tarbiya olishlari kerak?
Foydalangan adabiyot:
1 Ayupova M.Y. Logopediya. T.: O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2007.
Дефектологический словарь. M.: Владос, 2001y.
Лапшин В.A., Пузанов Б.П. Основи дефектологии. M.: Просвещение, 1990.
Mo’minova L.R. Logopediya. T., 2006 y.
Po’latova P. Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika). T.:«G’afur G’ulom», 2007.
Raxmanova V.S. Maxsus pedagogika. T.: G’ofur G’ulom, 2004 y.
www. Ziyo.net
12-mavzu: Maxsus MTM va undagi ta’lim tarbiya jarayoni.
(2soat, nazariy)
Reja:
Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida aqli zaif bolalar bilan ishlash
Yordamchi mehnat ta’limi maktablari va ularning o’rni
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’limning mazmuni maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturi bilan aniqlanadi.
Dastur aqliy faoliyatning buzilishi yetakchi bo‘lgan aqli zaif bola nuqsonining tuzilishi haqidagi mavjud tasavvurlarga asoslangan.
Maxsus maktabgacha ta’limning vazifalari normada rivojlanayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitish vazifalariga mos keladi. Shunga bog‘liq maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari dasturining barcha asosiy bo‘limlari umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasalari dasturidagi bo‘limlarga o‘xshashdir.
Ammo,shuni ta’kidlash zarurki, dasturning har bir bo‘limining mazmuni o‘ziga xos xususiyatga ham ega. Ta’lim mazmunini aniqlashda tarbiyalanuvchilarning rivojlanish sur’atining sekinlashganligi, jismoniy va psixik rivojlanishdagi nuqsonlar e’tiborga olinadi. Ish mazmuniga faqatgina umumiy, yosh vazifalargina emas, balki korreksiyalash vazifalari ham kiritiladi. Shuning uchun umumta’lim turidagi bolalar bog‘chalarining dasturi mazmunini aqli zaif bolalar bilan оlib boriladigan mashg'ulotlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirib bo’lmaydi.
Frontal, individual mashg‘ulotlarni o‘tkazish mazmunini aniqlashda pedagoglar va tarbiyachilar maxsus bolalar bog'chasi dasturiga asoslanib o‘quv yili, bolalarning rivojlanish darajasi va imkoniyatlarini e’tiborga olishlari lozim.
Individual mashg‘ulotlar mazmunini aniqlashga, tanlashga aloliida ahamiyat berish lozim.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasasidagi barcha tarbiyaviy - ta’lim ishlari kundalik hayot va mashg‘ulotlarda olib boriladi.
Aqli zaif bolalar bilan korreksiyalash-tarbiyalash ishlarini tashkil etishda hissiy iqlimni, ya’ni har bir bola kattalar tomonidan, birinchi navbatda tarbiyachilar va o‘qituvchi-defektologlar tomonidan o'zlariga mehr, diqqat, g‘amxo‘rlik qilinayotganini sezishlari lozim.
Guruh pedagoglari tarbiyachilar va o‘qituvchi-defektologlar bir-birlari bilan yaqin aloqada bo‘lib ishlashlari, har bir bolaning tarbiyasiga bir xilda yondashishlari kerak.
Guruhda pedagog xodimlar ishini tashkil etish
10-12 ta bola bo‘lgan guruhda 3 ta pedagog ishlaydi; ya’ni defektolog va 2 ta tarbiyachi. Ular aqli zaif bolalarni tarbiyalaydilar va bilim bcradilar. Bu kasb egalari ishlarida ko‘pincha umumiylik bo’lishi bilan birga har birining vazifasi qat’iy ajratilgan. Defektolog guruhda asosiy pedagog hisoblanadi. U programmani boshqarishda javobgardir. U bolalar bilan individual va guruhli mashg‘ulot o‘tkazadi, ota-onalarga maslahatlar, tarbiyachilarga metodik yordam beradi. Gu- ruhning barcha hujjatlarini boshqaradi. Tarbiyachilar defektologning yordamchilari hisoblanadi. U bolalarda gigiyenik va o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini hosil qilishi dastur talablariga javob beradi. Mehnat ta’limi, rasm chizish faoliyati bo‘yiclia guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Shuningdek, kun tartibining hamma vazifalarini o‘tkazadi. Mashg‘ulotlardan tashqaridagi bolalar faoliyatini tashkil etadi. Defektolog va tarbiyachining bajaradigan ish vazifalari turlichadir. Biz shu- lardan bir variantini ko‘rsatmoqchimiz:
Guruh defektologi va tarbiyachisi qat’iy reja asosida ish olib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |