“маркетинг” фанидан



Download 222,27 Kb.
bet15/38
Sana10.06.2022
Hajmi222,27 Kb.
#649699
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
Defektologiyadan ma\'ruzalar

Tayanch iboralar:
Nutq, nutqning xususiyatlari, fiziologik asoslari,nutq turlari, nutqning vazifalari.
Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Nutq nima ?

  2. Nutqning qanday xususiyatlarini bilasiz ?

  3. Nutqning buzilish darajalarini ayting ?



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ayupova M.Y. Logopediya. T.: O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2007.

  2. Дефектологический словарь. M.: Владос, 2001y.

  3. Лапшин В.A., Пузанов Б.П. Основи дефектологии. M.: Просвещение, 1990.

  4. Mo’minova L.R. Logopediya. T., 2006 y.

  5. Po’latova P. Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika). T.:«G’afur G’ulom», 2007.

  6. Raxmanova V.S. Maxsus pedagogika. T.: G’ofur G’ulom, 2004 y.

  7. www. Ziyo.net

14-mavzu: Nutq kamchiliklarining sabablari, alomatlari (2soat, nazariy)
Reja:

1. Nutq kamchiliklarining xususiyatlari


2 Nutq kamchiliklarining sabablari


3 Nutq kamchililarini oldini olish


Tayanch iboralar:
Nutqning shakllanishi , nutq kamchiliklarining sabablari , nutq kamchililarini oldini olish.

Nutqning' rivojlanishi


Nutq kishi hayotining ma'lum davrida paydo bo’lib, rivojlana boshlaydi. Bu davr, odatda, bola ikkinchi yoshga qadam qo’yganida boshlanadi. Bu yoshgacha bolada hali nutq bo’lmaydi. Yangi tug’ilgan bola ing’a-ing'alab yig’lashdan boshqa ovoz chiqarishni bilmaydi. Tahminan, 3-4 oylik bo’lg'anda, bolada «g'u- g'u»lash boshlanadi, ya'ni bola «g'u-g'u», «ag'u» kabi tovushlar chiqarib yotadi. Ammo buni biror narsaga bog'lamasdan, shu tovushlarni chiqarishning o’zidan mamnun bo’lgandek ko’rinadi. 6-7- oylarda esa bola «ma-ma», «da-da» singari ayrim bo’g'inlarni ayta boshlaydi. Ammo bu davrda ham u shu bo’g'inlarni biror narsaga bog'lamaydi. Shu sababli bu tovush­lar nutq vazifasini bajarmaydi, Lekin nutq a'zolarini mashq qildirish ularni nutq egallashga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Shu davrda chaqaloq o’ziga qarata aytilg'an ba'zi so’zlarni va gapning ohangi (intonatsiyasi)ni tushuna boshlaydi. Bun­da bola asosan ovozning ohang'ini tushunadi. Ammo so’zning ma'nosini hali ajrata bilmaydi. Masalan, bir narsani taqiq qilish ohangini bilib olgan bola, ko’lini biror narsaga uzatayotganida onasi taqiqlash ohangi bilan «Qo’y», «ol», «bor» desa, bola shu so’zlarning' farqiga bormasdan, faqat ohangni tushunib, ko’lini pastga tushiradi. So’z va gapning manosini bola faqat bir yosh bo’lgandan keyingina tushuna boshlaydi va bu yoshda o’zi ham nutq egallash davriga o’tadi.
Bola biror bo’g'in yoki so’zni aytish bilan o’zining maqsadini yoki biror narsani bildira boshlasa, u chin ma'noda nutq egallash davriga qadam qo’ygan hisoblanadi. Ammo bola nutq­ning hamma murakkab tomonlarini birdaniga egallay olmaydi. Nutqni to’la egallash anchagacha cho’ziladi va bola sekin- asta so’z boyligini o’stira boradi.
Masa­lan, ikki yashar bola tahminan 300-500 so’z egallagan bo’lishi mumkin. 2 yosh bilan 5-6 yosh o’rtasida bolaning nutki tez o’sa boshlaydi va so’z boyligi 3-4 minggacha yeta oladi. Shu bilan birga uning tafakkuri ham rivojlanadi. Bola qurgan, eshitgan narsalari tug'risida ko’p savol beradi, yangi so’z va tushunchalarni egallay boshlaydi. Albatta, buning uchun bolaga to’g’ri tarbiya berish, uning bilan so’zlashish, ertaklar gapirib berish, kitob o’qib eshittirish kerak.
Nutqni o’z vaqtida amaliy egallab olish va so’z boyligini o’stirish qeyinchalik savod chiqarish, ona tili grammatikasini o’rganish va umuman maqtabda sifatli o’qish yaxshi zamin bo’ladi.
Maqolga muvofiq, bolani shoshib-hovliqib gapirmasdan yoki gapni maydalashtirib, cho’zib o’tirmasdan, qisqa va silliq qilib gapirishga kichik yoshdan odatlantirish kerak. Buning uchun yozma nutqda mashq qilish katta ahamiyatga ega. Chunki yozgan vaqtda o’ylamasdan yozish mumkin emas. Biz bir fiqrni boshqa­larg'a tushunarli qilish uchun ong'li ravishda ran tuzamiz, uning' qanday tuzilishi haqida uylaymiz, eng' muvaffaqiyatli ibora va ta'riflar qidiramiz. Og'izga kelgan har qanday so’z va gaplarni o’ylamasdan yozib ketavergan kishi yozma nutqni yahshi egallag'an hisoblanmaydi. O’z fikr va maqsadini muvaf­faqiyatli, aniq va mantiqiy ifoda qilish uchun o’ylab yoza oladigan kishigina yozma nutqni to’la egallagan hisoblanadi. Yozma nutqni egallash og'zaki nutqning ham sifatli, aniq va silliq bo’lishiga yordam beradi.
Shuning bilan birga biz nutq orqali o’zaro to’g'ri va odobli muomala qilishni ham o’rganib olishimiz kerak. Masalan, suhbat vaqtida juda ham baland ovoz bilan shoshib, so’zlarni chalakam-chatti qilib gapirish yoki bir gapni qaytaraverish, boshqaning gapini bo’lish, gapni aytib bo’lishini kutmay va nima gapirayotganiga e'tibor bermasdan o’z so’zini davom ettiraverish nutq madaniyati, ya'ni boshqalar bilan nutq tufayli madaniy aloqada bo’lish malakasining yo’qligini bildiradi. Odob bilan gapira bilish tarbiya orqali vujudga keladi.
Shunday qilib, yozma nutq batamom va to’la bo’lib, ma’nosi o’ylangan bo’lishi kerak. Monolog nutq ham tamomila yozma nutqdek to’la va batamom aniq bo’lishi kerak. Demak, bundan ma'lumki, nutqning bu hillari nutq madaniyatining ancha baland bo’lishini talab qiladi va yozma nutq bilan monolog nutqni (yoki ulardan loaqal birini) yaxshi egallamaguncha o’z fikrini muntazam ravishda aniq va ravshan, ma'nodor qilib bayon etishda chin mahorat hosil qilib bo’lmaydi.
Biroq, dialog nutqning ham o’ziga yarasha ba'zi talablari borligini va bu talablarga rioya qilmagan odam birov bilan suhbatdosh bo’lganda, uning suhbati ma'nosiz bo’lib, kishini zeriktiradigan, hatto kishiga yoqmaydigan sovuq suhbat bo’li­shini nazarda tutmoq kerak. Bu talablarning eng muhimi, suh­bat boshqaning gaplariga quloq solib turish, uning savol va e'tirozlarini anglash va javob berganda o’zining fikrlariga emas, balki suhbatdoshning savollarig'a javob berishdir.
Masa­lan, ikki yashar bola tahminan 300-500 so’z egallagan bo’lishi mumkin. 2 yosh bilan 5-6 yosh o’rtasida bolaning nutqi tez o’sa boshlaydi va so’z boyligi 3-4 minggacha yeta oladi. Shu bilan birga uning tafakkuri ham rivojlanadi. Bola ko’rgan, eshitgan narsalari to’g'risida ko’p savol beradi, yangi so’z va tushunchalarni egallay boshlaydi. Albatta, buning uchun bolaga to’g’ri tarbiya berish, uning bilan so’zlashish, ertaklar gapirib berish, kitob o’qib eshittirish kerak.
Nutqni o’z vaqtida amaliy egallab olish va so’z boyligini o’stirish keyinchalik savod chiqarish, ona tili grammatikasini o’rganish va umuman maktabda sifatli o’qish yaxshi zamin bo’ladi.
Biror so’z topilmay qolganda yoki bir gapni kuchaytirish va ifodali qilish lozim bo’lganda, bir gapning ayniqsa, muhim ekanini uqtirish kerak bo’lganda yuz ifodalari va imo-ishoralardan foydalanib, og'zaki nutqni aniqroq qilamiz.
Fonetik nutq tovushlarni biriktirib, og'zaki gapirish demakdir. Eshitish va nutq a'zolari sof mo'tadil o’sgan kishilar og'zaki nutqdan foydalanadilar. Yer yuzidagi hamma xalqlarning asosiy nutqi tovushlar nutqi bo’lib, buni kishilar kichik yoshdagi amaliy yo’l bilan aloqa qilish orqali egallaydilar. Uning kelib chiqishi yer yuzida insonlar jamiyati paydo bo’lishi bilan bog'liqdir.»

Grafik yoki yozma nutq ayrim tovushlarni, so’z, gap va buyumlarni ifoda qiladigan har qanday mahsus belgi, surat va harflardan iboratdir. Yozma nutqni egallash uchun o’qish, savod chiqarish lozim. Nutqning bu turidan savodli kar-soqovlar va shuningdek ko’rlar ham foydalanadilar. Biroq, ko’rlar uchun mahsus Brayl usulidagi yozma nutq mavjuddir.


Shu bilan birga «nutq» va «til» tushunchalarini bir-birilaridan ajratish lozim. Nutq har kimning boshqa kishilar bilan aloqa qilish qobiliyati demakdir. Til esa tarihiy kelib chiqqan so’zlar va ularni ishlatish qoidalari sistemasi bo’lib, uning egasi butun bir millat, bir xalqdir. Shuning uchun biz odatda «o’quvchining nutqi», «o’rtoq Ahmedovning nutqi» va «o’zbek tili», «rus tili» deb gapiramiz. Ammo, nutq va til bir- biriga tabiiy boglanadi. Tevarak-atrofdagi odamlar qaysi tilda gapirsalar, bizning shaxsiy nutqimiz shu til sis­temasi va qoidalariga bo’ysunadi. Odatda bizning nutqimiz ona tilimizdagi nutqdir. Lekin biz bundan tashqari boshqa tillarni ham bilishimiz mumkin.


Nutqning vazifasiga qarab uni yana tashqi va ichqi nutq turlarga ajratish mumkin:


Tashqi muhit boshqalar uchun tayinlangan nutq bo’lib, u asosan og'zaki, yani ham gapiruvchi, ham tinglovchining ayni bir vaqtda va bir joyda bulishini talab etadi. Odatda tashqi nutq suhbat, savol-javob, ya ьni dialog' shaqlida utadi. Ammo u mo­nolog shaklida ham bo’ladi. Masalan, doqladchi, notiq va dars berayotgan o’qituvchining nutqi bunga misol bo’la oladi. Biror savolga javob berishda, biror narsani uqdirish va bayon qilishda shu nutq turidan foydalanamiz. Shuning uchun ham uning aniq va boshqalar uchun tushunarli, jonli va ifodali bo’lmog’i shart. Tashqi nutq asosan og'zaki bo’lib, so’zlardan tuzilgan. Ammo unga imo-ishora, yuz ifodalari va har xil ohanglar aralashib, uni kuchaytiradi, yaqqol va ifodali qiladi. Shu sababli notiq ning ovozinigina emas, balki uning o’zini va yuz ifodalarini ko’rar ekanmiz, uning nutqini ham yahshiroq tushunamiz. Shuning uchun ham notiq va dars berayotgan o’qituvchi hammaga ko’rinadigan joyda turib gapirishi talab qilinadi.

Yozma nutq ham boshqalar uchun tayinlangan nutqdir. Ammo u yozuvchi bilan kitobhonning ayni bir vaqtda va bir joyda bo’lishini taqozo qilmaydi. Chunqi yozma nutq bevosita aloqa uchun emas, balki uzoqdan turib aloqa qilish uchun ishlatiladi. Masalan, biz boshqa bir shaharda yashovchi bir kishiga bir narsani xat qilib bildirsak, u buni bir haftadan keyin olib o’qishi mumkin. Biz besh yuz yil avval yozilgan Navoiy asarlarini hozir o’qib, ularning mazmunini bilamiz.



Download 222,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish