Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Q irg‘iz xalqining an'anaviy xo ‘jaligi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

8.2. Q irg‘iz xalqining an'anaviy xo ‘jaligi
K o‘p 
asrlar 
davomida 
qirg'izlam ing 
asosiy 
m ashg‘uloti 
chorvachilik bo ‘lgan. M ahalliy chorvadorlar ko‘chm anchi va yarim
ko ‘chmanchi hayot kechirgan. Q irg‘izlar ju d a qadim dan ardoqlab va 
e'zozlab kelayotgan chorvachilik tarm og‘i m intaqaning janubida keng 
tarqalgan. Shuningdek, ular qo ‘sh o ‘rkachli tuya urchitgan, ushbu 
kasb 0 ‘sh viloyatining to g ‘li hududlarida rivojlangan edi.
Q irg‘izlar m o‘g‘ul zotli otlam i boqqan, eshak va xachir kabi uy 
xayvonlaridan ham keng foydalangan va Q irg‘izistonning barcha 
hududlarida tarqalgan. Har bir urug‘-aymoq va qabila chorvadorlari 
mol-holini o ‘zlariga ajratilgan yerlarda boqqan. Q o ‘y -q o ‘zi va yilqilar 
olis yaylovlardagi otarlarda parvarish qilingan.
Dehqonchilik.
Q irg‘izlarda dehqonchilik F arg‘ona pasttekisligi 
va uning atroflaridagi yerlarda olib borilgan. Issiqko‘1, Chuy ham da 
Talas daryolari, shuningdek, boshqa hududlarda ham dehqonchilik 
bilan shug‘ullanib kelgan. Qolgan m intaqalarda dehqonchilik yaxshi 
rivojlanmagan, asosan, sug‘orma dehqonchilik qilingan. Ariq, nov va 
to ‘g‘onlar 
qurilib, 
suv 
keltirilgan, 
lalmikor 
yerlardan 
ham 
dehqonchilikda foydalanilgan.
yerlar bursun va isfar (omoch) bilan haydalgan. U rug‘ q o‘lda 
sepilgan va uni qalpoq (telpak), to‘nning etagi va chelak to ‘rvaga 
solganlar. Otda yurib urug4 sepish usulidan ham foydalanilgan va 
yem i shoxmola bilan tekislaganlar. Hosilni o ‘roq va m angal bilan 
o ‘rib, yig‘ib olingan g‘alla mola bilan yanchilgan. A w alo , panshaxa, 
ya'ni beshlik, so‘ngra kuraklar bilan sovurilgan.
Dehqonchilikda paxta, bug‘doy, arpa, tariq, m akkajo‘xori, j o ‘xori, 
sholi, beda va poliz ekinlari yetishtirilgan. Mamlakatning shim oliy
160


tumanlarida asosan, bug‘doy, а ф а va tariq, ayrim joylarda esa qisman 
suli ham ekilgan.
Shimoliy Q irg‘izistondagi muqim yashash sharoitining vujudga 
kelishi va uning rivojida mahalliy hamda ko‘chmanchilar o ‘rtasidagn 
o ‘zaro 
aloqalar 
muhim 
rol 
o ‘ynagan. 
Farg‘ona 
vodiysidagi 
dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi joylashgan maydonlar yaxlit 
hisoblanib, yagona davlat boshqaruviga ega bo‘lgan.
Arxeologik tadqiqotlar tufayli ilk o ‘rta asrlardagi hozirgi 
Shimoliy Qirg‘iziston shahar va qishloqlarining tashkil topishi 
xususida bugungi kungacha saqlanib qolgan ma'lumotlar to ‘plangan. 
Yozma manbalar bilan birgalikda ular, o'tm ish to‘g‘risida muayyan 
ma'lumotga ega bo‘lishni ta'minlaydi.
I—II asrlarda mintaqada dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik 
bilan shug‘ullangan bir qator vohalar vujudga kelgan bo‘lsa, V I-IX
asrlarda esa qishloq xo ‘jaligidan hunarmandchilik, 
shahardan 
qishloqning ajralib chiqish jarayoni nihoyasiga yetmagan edi. 
Shimoliy Qirg‘izistonda janubdagidek aholining qishloq joylarida 
muqim turib qolishi uchun shart-sharoitlar yetarli bo‘lmagan.
Yirik aholi manzilgohlari yaqinida himoya istehkomlari, turar- 
joylar oraligida esa karvonsaroylar mavjud bo‘lgan, Eng katta 
istehkomlar 
hozirgi 
Q irg‘izistonning 
Olatog* 
qoyalaridan 
boshlanadigan Chuy daryosining so‘l qirg‘og ‘idagi daralarga kirish 
qismida qurilgan edi. Mazkur himoya istehkomlari tog‘dan keladigan 
dushman yo ‘liga g ‘ov bo‘lishi bilan birga, daryo suvi bilan 
sug‘oriladigan yerlarni muhofaza kilish vazifasini ham bajarar edi.
X—XII asrlarda Markaziy Osiyoda ishlab chiqaruvchi kuchlaming 
rivojlanishi kuzatilgan edi. Ushbu davrda mazkur hudud hayotida 
muhim o‘rin tutgan yirik hunarmandchilik va savdo markazlari 
rivojlangan. Ammo, qishloq xo ‘jaligi, XIII asrgacha, ya’ni m o‘g ‘ullar 
tomonidan hozirgi Shimoliy Qirg‘izistonning muqim yashovchi 
qishloq aholisiga qaqshatqich zarba berganga qadar, hyech qanday 
o ‘zgarishsiz qolib ketgan edi.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish