Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


 M oddiy va m a’naviy madaniyati



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

8.3. M oddiy va m a’naviy madaniyati
Turar-joylarL
Qirg* izlar qadimdan alohida, bir-biridan ancha 
olisda, 2 -3 ta oila bo‘lib yashagan. Chorva mollarini yaylovlarga olib 
chiqib ketib, har bir xo‘jalik ajralgan holda kun kechirgan. Sovuq 
tushib, 
yog‘ingarchilik 
boshlanadigan vaqtlarga kelib qishloq 
joylariga qaytilgan. Qarindosh-urug‘lar bir ovul bo‘lib yashagan, 
ushbu ovullam ing orasi bir chaqirimgacha borgan.
Q irg‘izlam ing hammasi o ‘tovlarda yashashni ma'qul ko‘rgan. 
0 ‘tovni qirg‘izlar bo‘z uy, qora uy yoki qirg‘iz uy deb atar edi. Biy va 
m anaplaming o ‘tovlari bilan kam bag‘al aholining o ‘tovlari orasida 
juda katta farq boMgan. Biylar, manaplar va o ‘ziga to ‘q, badavlat 
qirg‘izlar xonadonlarining o ‘tovlari ancha katta, baland hamda 
chiroyli bo ‘lib, usti va atrofi qalin hamda sifatli kigizlar bilan 
yopilgan, shuningdek, bezaklari ko ‘p bo‘lgan.
Q irg‘iziston hududidagi o ‘tovlar hamma joyda bir xil ko‘rinishga 
ega bo‘lmagan. Aftidan, o ‘tovlar tabiiy, iqlim sharoitlari, urf-odat va 
an'analarga qarab xilma-xil ko‘rinishda qurilgan. 0 ‘tovlar asosan, usti 
va gumbazi bilan farqlangan. Q irg‘izistonning shimolida o ‘tovning 
gumbazi qonussimon ko‘rinishda bo‘lsa, Talas hamda Chotqol 
vodiylarida sal yalpoqroq, bir muncha tekis qilib qurilgan.
0 ‘tovlar, qanday va qancha qavat kigiz bilan yopilganligi bilan 
ham bir-biridan farqlangan. K o‘p hollarda o ‘tovning ustiga ikki qavat 
kigiz yopilgan. Birinchi qavat o ‘tovlaming atrofini yopsa, ikkinchi 
qavat uning ustiga yopilgan. Nihoyat, o ‘tovlar nafaqat tashqi, shu 
bilan birga ichki bezaklari bilan ham farqlangan.’ 0 ‘tovning ichi bir 
necha bo ‘laklarga bo‘lingan. 0 ‘tovga o ‘choq joylashgan qismi 
(kolomta) markazi hisoblangan. 0 ‘choq orti, eshikdan kiraverishda 
ro ‘paraga yog‘och tosh yoki egalar ustiga sandiq, ko ‘rpa-yostiq, 
gilam, namat, kigiz kabi uy-ro‘zg‘or buyumlari, xaltalar, va kiyimlar 
joylangan. Bu yerda idish-tovoq, ro‘zg‘or anjomlari, oziq-ovqat 
mahsulotlari solingan qop va xaltalar turgan. Erjakda egar-jabduq, 
arqon, miltiq va boshqa buyumlar saqlangan.


Q irg‘izlar o'tovdan tashqari chayla va alachiq uylarda ham 
yashagan. Chaylada y o g ‘ochlam ing uchlari yuqoridan bitta qilib 
bog‘lab qo‘yilgan va xoda, ya'ni yog‘ochlarining ustiga kigiz 
yopilgan. Sharqiy Pomir qirg‘izlarida chayla xodalam i hay von terilari 
bilan yopilgan. 0 ‘tovlarda qishlash uchun atrofida baland qor uyumi 
hosil qilinib, o ‘tovning usti poxol, ba'zan qamish bilan yopilgan.
Q irg‘izlar keyinchalik sinch va paxsa devorli uylar qura 
boshlagan. K o‘pgina qirg‘iz oilalari devorlari xom g ‘ishtdan 
ko ‘tarilgan, tom i tekis, bir necha xonali uylarda yashagan. Bunday 
uylam ing hovlisida yonm a-yon yordamchi xo ‘jalik binolari (molxona, 
otxona, qo ‘yxona, som onxona va boshqalar) joylashgan.
0 ‘rta 
asrlam ing 
rivojlangan 
davridagi 
qurilgan 
uylar 
tadqiqotchilar tom onidan batafsii o ‘rganilgan. X -X II asrlarga oid 
hunarm andning uyi Krasnorechensk shaharchasidan topilgan. Bu 
yerdagi turar-joylar devor bilan o‘ralgan, 15x17 m etr hajmli to ‘g ‘ri 
burchakli hovlida barpo etilgan. Hovli xom g‘ishtli devor bilan ikkiga 
b o ‘lingan: sharq tom onida x o ‘jalik inshootlari joylashgan, g ‘arb 
tom onida esa turar-joy imoratlari qurilgan. Turar-joy kom pleksi oltita 
xonadan iborat bo‘lgan. Barcha xonalardagi 50x20x10 sm. hajm li xom
g‘ishtdan, devorlaming qalinligi 25 sm. xonalam ing hajmi katta emas
- 4,5 dan 8,5 m2 gacha bo ‘lgan. Ulardan birida M arkaziy O siyoga xos 
boMgan oddiy bir pech (tandir) bo £lgan. Boshqa uchta xonani sharob 
tayyorlash 
ustaxonasi 
egallagan: 
ikkitasida 
ishlab 
chiqarish 
moslamalari, uchinchisida esa om borxona joylashgan.
Х -Х П asrda shahar zodagonlari o ‘z uylarini eski arxitektura 
an'analari bo‘yicha qal'a ko‘rinishida Ьаф о etganlar. Shunday 
uylardan biri, Talas vodiysidagi Oqtepa shaharchasida qazilm a paytida 
topilgan 40x60 metr hajmida to ‘gcri burchakli qo‘rg ‘onda joylashgan 
bo ‘lib, u 6 ta 2,4x10 metrli uzun xonalardan tashkil topgan. Devorlari 
xom g‘isht va paxsadan ishlangan va eshikning o ‘mi xom g‘ishtdan 
ark shaklida qurilgan. Imoratdan qocrg‘on hovlisiga chiqilgan.
Tom ning to ‘sim xom g ‘ishtdan gumbazli ko‘rinishda bo ‘lgan. 
Qurilish uyumining ko‘pligidan qurilma bir qavatli bo‘lganligini bilish 
mumkin. Imorat boy manzarali jihozlar bilan bezatilgan va hovli 
tomondan tashqi devoming yuqori qismigacha xom suvoqqa 
naqqoshlik bezaklari tushirilgan friz saqlanib qolgan. U slubga 
solingan uzun novdalar va to ‘qima usulidagi geometrik naqshlar bilan 
to‘ldirilgan to‘g‘ri burchaklaming o‘zaro bir-biriga tutashib ketgan
166


bezaklar motivi bo'lgan. Ichki devorlarga aftidan, suvoq paytida 
naqshlar ishlangan, buni vayronalar ichidan topilgan devor parchajari 
ham isbotlab turibdi. Ammo, Х -Х П asrlarda qal'a inshootlari o ‘mida 
to ‘la jihozlangan shahar uylari vujudga kelgan. Ulaming atrofida turli 
hajmda 8 -9 ta xona joylashgan keng markaziy zal joylashgan edi. 
Bunday uylam ing umumiy maydoni 200 m kvga yaqin bo‘lgan. 
Binoning ichi yuksak mahorat bilan ishlangan ganchli o ‘yma naqshlar 
bilan bezatilgan. 0 ‘simlik nihollari, geometrik to‘qimalar va 
hayvonlar tasviri ham uning mazmunini tashkil etgan. Devorlariga 
o ‘ym a naqshlar ishlangan.
Janubiy Qirg‘izistonda kattaligi jihatidan ikkinchi o ‘rinda 
turadigan shahar 0 ‘zgan bo ‘lib, o‘z vaqtida ushbu shahar joy 
Movarounnahr o ‘lkasining poytaxti bo‘lgan. Unda ham qo‘rg‘on 
bo‘lib, shahriston va bir qancha rabotiar joylashgan to ‘rtta darvozaga 
ega edi. 0 ‘zgan katta savdo-sotiq markazi hisoblanib, u yerdan 
chiqqan karvonlar Yassi dovoni orqali Markaziy Tangritog‘ va undan 
keyin yettisuv hamda G ‘arbiy Turkistonga yo‘l olgan.
Qadimgi 0 ‘zgan shahrining qoldiqlarini bugungi kunda ham 
uchratish mumkin. Xarobalar Qoradaryoning o ‘ng qirg‘o g‘ida 
joylashgan bo‘lib, har biri alohida mudofaa qudratiga ega, uch 
qismdan iborat xandaqlar mavjud. Daryo qirg‘oqlari va xandaqlar 
beqiyos 
mohirlik bilan tarashlanganki, 
ushbu holat shahami 
dushmandan himoya qilishda ayniqsa, qo‘l kelgan. Xarobaga aylangan 
shaharda uylaming qoldiqlari saqlanib qolgan. Shahaming o ‘rtasida 
bir vaqtlar saroylar bo‘lganligini anglatuvchi vayronaliklar uchraydi 
va uning ayrim joylarida kulolcliilik qoldiqlarini k o ‘rish mumkin. 
Qator paxsa va katta g‘ishtdan qurilgan devor va xalqa minoralar 
qoldiqlarini ham kuzatish mumkin. Bu yerda pishirilgan g ‘ishtdan 
qurilgan devorlar к am uchraydi. Bugungi zamonaviy 0 ‘zgan 
shahrining 
chekkasida 
o‘rta 
asrlaming 
ajoyib 
me'morchilik 
yodgorliklari bo‘lgan, Х1-ХИ asrlarga oid minora va uchta maqbara 
saqlanib qolgan.
0 ‘shdan uncha uzoqda bo‘lmagan Medva ham o‘z mavqyeiga 
ko ‘ra Janubiy Qirg‘izistondagi uchinchi shahar bo‘lgan. Bugungi 
kunda u yerda shahar qal'asining bir qancha mustaxkam himoya 
qoldiqlari saqlanib qolgan. Uning qolgan qismida zamonaviy uy- 
joylar qurilgan. Pomirga olib boradigan yo ‘l bo‘ylab borilganda, bir
167


kilom etrcha m asofada ko ‘hna shahar markazi xarobalari k o ‘zga 
tashlanadi. X aroba qirralarining balandligi 12 m etrgacha yetadi.
Q irg‘iz xalqining an'anaviy turar-joylari deganda, avvalo, o ‘tov 
tushuniladi. 0 ‘tov - qirg‘iz xalqi milliy m adaniyatining muhim 
tarkibiy qism ini tashkil etadi. Q irg‘izlarda o ‘tov oila, yurt, vatan va 
insonning tu g ‘Ugandan tortib vafotigacha bo ‘lgan hayoti ramzi 
hisoblangan. A ynan o ‘tov orqali qirg‘iz xalqining eng muhim 
an'anaviy m arosim laridan tortib m oddiy madaniyatigacha bo‘lgan 
ko ‘rinishlari nam oyon b o ‘ladi. Shu bois Q irg‘izistonning davlat 
bayrog‘ida ham o ‘tov aks etgan.
Jum ladan, o ‘tov m arkazidagi tunduk oila va koinot ramzi 
bo‘lganligi bois ham m illiy bayroqda aks etgan. Aynan o ‘tov turkiy 
xalqlar orasida ham keng tarqalgangan bo ‘lib, qurilishining qulayligi 
va m ustahkamligi bilan ajralib turgan. 0 ‘tovdagi har bir ashyo o ‘ziga 
xosligi, naqshlari va qo ‘llanishilish bilan ajralib turgan. An'anaga 
ko‘ra, o ‘tovning o‘ng tomoni ayollar tomon “epchi-jak” deb atalib, u 
yerda idish-tavoqlardan iborat oshxona anjomlari, turli kiyim lar va 
oziq-ovqatlar solingan sandiq joylashgan. Chap tom on erkaklar bilan 
bog‘lanib, “er-jak” deb atalib, ushbu tomonda asosan, otning egar va 
boshqa anjomlari bilan birga ov uchun zarur bo‘lgan qurollar ham da 
pichoq bo ‘lgan. 0 ‘tovning markazida o ‘choq bo ‘lgan. M ehm onlar 
uchun alohida jo y ajratilgan b o iib , o ‘tovning ushbu qismi to ‘ri, 
o ‘tovga kiraverishdagi eshik oldi esa bo ‘sag‘a deb yuritilgan.
Oldinlari badavlat qirg ‘izlar katta va kichik bo‘lgan bir qancha 
o ‘tovlar sohiblari bo ‘lgan. Ulam ing kichiklari “ashkana-uy (oshxona 
va ombor)”, Umeym an-uyu (mehmonxona)”, “yerge (to‘y o ‘tovi)” va 
uyiangan o ‘g‘illarining alohida o ‘tovlari bo ‘lgan. 0 ‘tovning oldi 
belgili bo ‘lganligi bois doimiy ravishda yangi oila qurilganda yangi 
o ‘tov tiklangan. O ltroq turmush tarziga o ‘tilishi bilan birga tom uylar, 
ya'ni yog‘och va loysuvoqdan qurilgan xonadonlar ko ‘paygan. Uylarni 
o ‘tovga o ‘xshatib qurilgan holatlari bo‘lsa-da, qo‘shni b o ‘lgan 
o ‘zbeklam ing ta'siri kuchli edi. Zamonaviy qirg‘izlam ing turar-joylari 
birmuncha takomillashgan bo‘lib, hozirda ko‘p hollarda pishgan 
g‘ishtdan 
ko‘p 
xonali 
uylar 
qurilmoqda. 
Uylarda 
oshxona, 
mehmonxona va yotoqxonalar mavjud.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish