Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

M as'ul muharrir:
U. S. Abdullayev - 
tarix fanlari doktori, professor
Taqrizchiiar:
R* Balliyeva - 
tarix fanlari doktori, professor 
B. Odilov - 
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
O'zbekiston Respublikasi Oliy va о
 
‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil
14-avgustdagi 418-sonli buyrug'iga asosan, 5120300
 — 
Tarix (Markaziy Osiyo
mamlakatlari bo'yicha) ta ’lim yo 'n a lish i talabalari uchun darsliksifatida
tavsiya etilgan. (Ro 'yxat raqami 418-042)
ISBN 978-9943-7011-8-2
© A. X. Doniyorov va boshq. 2020
© WNIF MSH”. 2020


MUQADDIMA
Jahon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti mislsiz darajada 
rivojlanib, globallashuv jarayonlari tobora kengayib borayotgan 
hozirgi 
davrda 
insoniyatni 
kelgusi 
hayoti, 
ayniqsa, 
jahon 
sivilizatsiyasining 
taqdiri 
va 
barqarorligi 
ulug‘ 
ajdodlarimiz 
tomonidan yaratilgan bebaho tarixiy qadriyatlaming keng ko‘Iamda 
o ‘rganish va targ‘ib qilish bilan bevosita bog‘liqdir.
Ma'lumki, hozirda sayyoramizda yashovchi 7 milliard 800 ming 
oshiq aholi (2020-yil iyun) 200 dan ortiq katta va kichik 
mamlakatlarda yashaydi. Germaniyaning Stiftung Weltbevolkerung 
(DSW) - “yer aholisi” jam g‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, agar 
bugungi kunda dunyo 100 kishidan iborat qishloq deb olinsa, shundan
59 kishi Osiyo, 17 kishi Afrika, 10 kishi Yevropa, 8 kishi Lotin 
Amerikasi, 5 kishi esa Shimoliy Amerika va bir kishi Okeaniya vakili 
bo‘lar edi.
Dunyo mamlakatlari orasida o‘zining katta hududi va ko‘p 
millionli nufozga ega mamlakatlar (Xitoy, Hindiston, Braziliya va 
boshq.) bilan birga kichik davlatlar (Afrikada - Jibuti, Ispaniya hamda 
Fransiya chegarasida - Andorra, Venesuela yaqinida - Trinidad va 
Tobago) mavjud. Aynan mazkur mamlakatlarda turli etnos va 
etnografik guruhlar istiqomat qiladi. Shubhasiz, yer yuzida yashovchi 
barcha xalq va millatlami o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qiluvchi fan 
tarmog‘i ijtimoiy fanlar tizimida etnologiya fani tarzida ma'lum hamda 
mashhurdir.
0 ‘z navbatida shuni ham ta'kidlash joizki, etnologiyaning fan 
sifatida shakllanishidan to bugungi kungacha uning asosiy tadqiqot 
obekti bilan bog‘liq muammolar yechimi borasida dunyo olimlari 
orasida umumiy yakdil fikrlar mavjud emas. Chunonchi, inglizzabon 
mamlakatlarda “Etnologiya” atamasi o‘miga “ijtimoiy yoki madaniy 
antropologiya” terminini qoMlash keng tarqalgan. To‘g‘ri, etnologiya 
fani turli xalqlar va millatlar hayot tarzini tavsiflash bilangina 
cheklanmaydi, balki uning tadqiqot obekti va predmeti hisoblangan 
xalq hayoti bilan bog‘liq kengroq sohalar va yo‘nalishlami qamrab 
oladi.
Chunonchi, bu borada XX asming so‘nggi choragidan boshlab 
fanning tadqiqot obekti va metodlarida ham ayrim jiddiy o‘zgarishlar 
sodir boMdi. Endilikda etnologik yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib


borayotgan tadqiqotchilar nafaqat arxaik turmush tarziga ega, shu 
bilan birga zamonaviy industrlashgan xalqlar va madaniyatlami ham 
tadqiqot obekti sifatida o ‘rganishga jiddiy e'tibor qaratmoqda. 
Shuningdek, hozirda mahalliy madaniyatlar ham tadqiqotchilar 
diqqatini ko4proq o‘ziga rom qilmoqda.
So‘nggi yillarda Respublikamizda ham etnologlar tomonidan 
tarix, arxeologiya, sotsiologiya, folklorshunoslik, madaniyatshunoslik 
va boshqa ko‘plab ijtimoiy fanlar yutuqlari asosida tadqiqotlar 
yaratish borasida e'tiborga sazovor ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda. 
Mazkur tadqiqotchilar tomonidan Respublikaning turli tarixiy- 
etnografik mintaqalari etnologiyasi, o ‘zbek xalqi etnogenezi va etnik 
tarixi, xalqimizga xos bo‘lgan etnomilliy an'analar va zamonaviy 
etnomadaniy jarayonlami o ‘rganishga e'tibor qaratilmoqda.
Lekin, afsuski, an'anaviy va zamonaviy jamiyatning o ‘ziga xos 
xususiyatlari, zamonaviy etnologiya fanining dolzarb muammolari, 
yangi maktab va nazariyalar tahlili, dunyo madaniyati evolyusiyasida 
etnik 
omilning 
o‘mi, 
madaniyatlaming 
tarixiy 
xilma-xilligi, 
antropogenez va etnogenez jarayonlari, milliy-etnik madaniyatni 
sivilizatsion 
jarayonlardagi 
o‘mi 
hamda 
ahamiyatiga 
doir 
muammolami o ‘zida aks ettirgan, shuningdek, ulami yosh avlod 
tafakkuriga singdiruvchi darsliklar hali-hanuz yetishmaydi. Shu 
boisdan ham mazkur kitobda Markaziy Osiyo xalqlari misolida 
yuqorida bayon etilgan muammolami yaxlit bir tizimli tarzda 
umumlashtirilgan holda talabalarga yetkazishga harakat qilindi.
Ma'lumki, oliy o ‘quv yurtlari “Tarix” yo‘nalishi bo‘yicha 
bakalavriat va magistratura bosqichlarining namunaviy o ‘quv rejasida 
etnologiya faniga alohida o‘rin ajratilib, zamonaviy pedagogik hamda 
axborot texnologiyalari asosida o‘qitish tashkil etilgan. Shuningdek, 
mazkur rejada “Markaziy Osiyo etnologiyasi” fani ham muhim 
o‘rinda turadi.
Shubhasiz, bu borada Markaziy Osiyo mintaqasi etnologiyasini 
o‘rganish ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, asrlar davomida 
ushbu bepoyon mintaqada yashayotgan xalqlaming o ‘ziga xos tarixi, 
an'analari va milliy qadriyatlari mushtarakligi asosida qurilgan 
do‘stlik hamda o‘zaro hamkorlikda hayot kechirib kelmoqda.
Tarixdan ayonki, o ‘zbek, tojik, turkman, qozoq, qirg‘iz, 
qoraqalpoq va uyg‘ur kabi xalqlaming ajdodlari Markaziy Osiyo


hududida asrlar davomida yonma-yon, ko‘p hollarda aralash yashab 
kelgan.
Markaziy Osiyo mintaqasida yashayotgan etnoslarning o‘zaro 
do4stlik rishlalarining azaliyligi va har qanday xalqning tarixi hamda 
madaniyati qo‘shni qardosh xalq tarixi hamda madaniyati bilan uzviy 
bog‘liq ekanligini aniq dalillar asosida yoritib berish dolzarb 
masalalardan biriga aylandi. Shu bois ham mazkur darslikda Markaziy 
Osiyo xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi, an'anaviy xo4jaligi, 
moddiy va ma'naviy madaniyatining eng muhim xususiyatlari aks 
etgan. Shuningdek, qo‘llanmadan o‘quv reja bo‘yicha ma'ruza 
matnlari, mustaqil ishlar (TMI), referat, kurs ishi mavzulari
namunaviy test savollari, talaba lug‘ati, tavsiya etiladigan eng asosiy 
manba hamda adabiyotlar rolyxati ham o‘rin olgan.
Ushbu darslikni tayyorlashda, akademik A. A. Asqarovning 
“Узбек халкининг этногенези ва этник тарихи” (Toshkent, 2007) 
va “Узбек халкининг келиб чикиш тарихи” (Toshkent, 2015), 
akademik К. Sh. Shoniyozovning “Узбек халкининг шаклланиш 
жараёни” (Toshkent, 2001), elshunos va faylasuf I. M. Jabborovning 
“Жахон халклари этнографияси” (Toshkent, 1985) va “Узбек халки 
этнографияси” (Toshkent, 1994), jahon xalqlari hamda o‘zbek 
etnologiyasiga oid nashr etilgan darslik va o‘quv qoMlanmalari, 
professor 
A. 
X. 
Doniyorovning 
“My стаки л 
Узбекистон 
этнографияси тарихшунослигининг айрим масалалари” (Toshkent, 
2003), “Марказий Осиё халклари этнографияси, этногенези ва 
этник тарихи” (Toshkent, 2003), “Марказий Осиё халклари 
этнографияси, этногенези ва этник тарихи фанидан таълим 
технологияси” (Toshkent, 2010), 
professor О. 
Bo‘riyevning 
“Узбекистон тарихини урганишда этнография маълумотларидан 
фойдаланиш” (Toshkent, 1996), “Этнография буйича укув- 
услубий кулланма” (Qarshi, 1996), “Марказий Осиё халклари 
этнографияси” (Qarshi, 1997), “Этнология буйича укув-методик 
кулланма” (Toshkent, 2000), “Этнология атамаларининг кискача 
изохли лугати” (Qarshi, 2004), “Этнология” (2020) hamda ushbu 
muallif tomonidan etnologiya fanini o‘rganish va o‘qitish bo‘yicha 
e'lon qilingan ko‘plab ilmiy-uslubiy maqolalar, professor A. 
Ashirovning “Этнология” (Toshkent, 2014) hamda A. X. Doniyorov,
O. Bo‘riyev va A. A. Ashirovlaming “Марказий Осиё халклари
5


этнографияси, этногенези ва этник тарихи” (Toshkent, 2011; 2014) 
kabi o‘quv qo‘llanmalarga tayanildi.
Ushbu darslik talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar va 
professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan boMib, ba'zi juz'iy 
kamchiliklardan holi bo'lmasligi tabiiy. Ilmsevar o‘quvchilardan 
mazkur kitob haqida bildirilgan amaliy taklif va mulohazalarini kutib 
qolamiz.
6



Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish